Elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlardir. Shuning uchun shu bilan birga yorug’lik to’lqinlarida odatda tarqalish yo’nalishiga nisbatan asimmetriyalik bo’lmaydi. Bunga tabiiy yorug’lik tarkibida nurga perpendikulyar bo’lgan hamma yo’nalishlar bo’yicha bo’layotgan tebranishlar mavjudligi sabab bo’ladi. tabiiy yorug’likda yo’nalishdagi tebranishlar bir-birini juda tez va tartibsiz almashtirib turadi. Tebranishlarning yo’nalishlari biror tarzda tartiblangan bo'lsa yorug’lik qutblangan yorug’lik deb ataladi.Agar yorug’lik vektorining tebranishlari faqat bitta tekislikda yuz berayotgan bo’lsa (1-rasm), bunday yorug’likni yassi qutblangan deb yuritiladi.
Malyus qonuni. A amplitudaning polyarizator tekisligi bilan φ burchak hosil qiluvchi tekislikda yuz berayotgan tebranishini ikkita A2 = A cosφ va A1 = A sinφ tebranishlarga ajratish mumkin. O’tgan to’lqinning intensivligi A12= A2cos2φ va A12= A1sin2φ miqdorga proporsional, ya’ni cos φ ga teng. bu erda L amplitudasi A bo’lgan tebranishning intensivligi (2-rasm). Polyarizatorga amplitudasi A0 va intensivligi 10 bo’lgan yassi qutblangan yorug’lik tushayotgan bo’lsin. Asbob orqali tebranishning AA0 amplitudali eltuvchisi o’tadi. Bunda φ – tushayotgan yorug’likning tebranish tekisligi orasidagi burchak. Demak, o’tgan yorug’likning I intensivligi I=I0cos2φ (1) Ifoda bilan aniqlanadi. Bu munosabat Malyus qonuni deb yuritiladi. Malyus qonuniga ko’ra ikkinchi polyarizatordan intensivligi quyidagiga teng: I=(1/2)Iteb·cos2φ (2)