Kurs ishi mavzu: “Me’yor va institutlarning o’zaro harakati” Bajardi: Qabul qildi: toshkent 2023


Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi



Yüklə 218,37 Kb.
səhifə3/8
tarix09.04.2023
ölçüsü218,37 Kb.
#95263
1   2   3   4   5   6   7   8
institut va norma

2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi
Institutsionalizmning asoschilaridan biri D.Nort [46] institutlar tarkibida ularni uchta asosiy qismga ajratadi:
- rasmiy qoidalar (konstitutsiyalar, qonunlar, sud qarorlari, ma’muriy hujjatlar va b.);
- norasmiy normalar (an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy shartlilik);
- qoidalarga amal qilinishini ta’minlovchi (sudlar, politsiya va h.k.) majburlash mexanizmlari (masalan, jazolash tizimi).
“Institut”ning yuqorida keltirilgan ta’rifi (2.1)dan kelib chiqib, institutlar inson tomonidan ongli ravishda yaratilgan turli hujjatlar (konstitutsiyalar, qonunlar va h.k.) ko`rinishidagi rasmiy, “yozilgan” qoidalarda ifodalanishi mumkin. Shu bilan birga ular umumiy qabul qilingan shartlilik, xatti-harakat kodekslarida, ya’ni norasmiy, “yozilmagan” normalarda namoyon bo`ladigan, jamiyatning barcha sohalariga kirib borib, an’analar, urf-odatlar ko`rinishida yoki boshqa shaklda amal qilinadigan inson ongining mahsulini o`zida namoyon etishi mumkin.
Agar rasmiy qoidalar tizimi insonlar (davlat)ning qonun ijodkorligi faoliyatini o`zida aks ettirsa, u holda norasmiy normalar tizimi qay tarzda shakllanadi, degan savol tug`iladi.
T.Veblen [32]ning konsepsiyasiga ko`ra, institutlarning o`zgarishi tabiiy tanlab olish qonuniga muvofiq ravishda kechadi. Insonning jamiyatdagi hayoti, huddi boshqa turdagi hayot kabi – bu yashash uchun kurashish va, o`z navbatida, tanlab olish va moslashish. Uning fikriga ko`ra, ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi ijtimoiy institutlarni tabiiy tanlab olish jarayoni bo`ldi. Institutlar – inson jamiyati va inson tabiatining rivojlanishda davom etishi va shu nuqtai nazarda erishilgan taraqqiyotni umumiy ko`rinishda eng ko`p moslashgan tafakkur tarzini tabiiy ravishda tanlash va individlarni jamiyat rivojlanishi bilan izchil o`zgarib turadigan yangi sharoitlarga majburiy moslashtirish jarayoni, deyish mumkin. Shunday qilib, T.Veblenning talqinida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (“ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi”) turli xildagi institutlarni “tabiiy tanlash” jarayonini amalga oshirish sifatida namoyon bo`ladi.
T.Veblenning nuqtai nazari F.Xayek1ning nuqtai nazariga ham yaqin. Xayekning fikriga ko`ra, jamiyatda qaror topgan ahloq qoidalari va normalarini tanlashni biologik tanlovga qiyoslash mumkin. Uning hisoblashicha, rasmiy qoidalar bilan bir qatorda (an’analar va urf-odatlar ko`rinishida) norasmiy normalarning mavjud bo`lishi shu bilan shartlanganki, “tanlab olish jarayonida, shakllangan urf-odatlar va ahloqda haqiqiy holatlar soni hisobga olinishi mumkin – individlar qabul qilishi mumkin bo`lgan narsalardan ko`proq; buning oqibatida, an’ana ma’lum jihatlarda inson ongidan ustun turadi”. Jamiyat qanchalik ko`p xilma-xillikka yo`l qo`ysa, ijtimoiy maqsadga muvofiq institutlarni tanlab olish shunchalik samarali kechadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shu narsa kelib chiqadiki, agar rasmiy qoidalar sun’iy tarzda o`ylab topilishi va majburan joriy etilishi mumkin bo`lsa, F.Xayekning ta’kidlashicha, norasmiy normalar “qandaydir o`tmishdagi voqealar bilan belgilanadi, lekin qandaydir tuzilma yoki model (institutsional matritsa)ning ongsiz tarzda o`zini o`zi tashkil etishi jarayonining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi”2. Boshqacha aytganda, norasmiy institutlar – bu shartlilik, o`zini o`zi qo`llab-quvvatlovchi, uchinchi tomon (davlat)ning aralashuvisiz, o`z o`zidan bajariladigan qoidalardir. Ta’kidlash lozimki, “evolyutsiya” atamasidan foydalanilsa-da, tabiiy tanlash nazariyasi izchil institutsional o`zgarishlarga nisbatan hamma vaqt ham qo`llanilmaydi. Chunki eng “yaxshi” institut hamma vaqt ham yashovchan bo`lmaydi. Ikkinchi tomondan, institutlarning bir holatdan ikkinchi holatga doimiy ravishda o`tishi hamma vaqt ham tashqi omillar ta’siri ostida kechmaydi. Ba’zi bir institutlar normativ tarzda mustahkamlanib norasmiy turdan rasmiy institutlarga aylanadi, boshqalari esa, rasmiy institutlar sifatidagi avvalgi ahamiyatini yo`qotib va huquqiy tizimdan chiqarilgan holda norasmiy ko`rinishga ega bo`lishi mumkin.
3

Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, ko`p holatlarda norasmiy normalar jamiyatda “tartibni” ta’minlashda rasmiy qoidalarga qaraganda g`oyat katta rol o`ynaydi. Bunga qator omillar xizmat qiladi:


1. Har qanday jamiyatda faoliyatning alohida sohalari rasmiy qoidalar mavjud bo`lmaganda faqat norasmiy normalar bilan tartibga solinadigan vaziyatni kuzatish mumkin. Xo`jalik yuritishning jamoa shakli paydo bo`lishi davrida urug`doshlik va ular a’zolari o`rtasidagi munosabatlar yoki mafiya (kriminal) guruhlar o`rtasidagi munosabatlar, O`zbekistonda mahallada yashovchi aholi orasida keng tarqalgan odatlar va qoidalar bunga misol bo`lib xizmat qiladi.
Qoidalarga zarurat hamma vaqt, bittadan ko`p sub’ekt mavjud bo`lib, ular o`rtasida qandaydir munosabatlar yuzaga kelgan taqdirda, tug`iladi. Bunda sub’ektlarning turli guruhlaridagi qoidalar bir xil bo`lishi ham, bir-biridan yaqqol farq qilishi ham mumkin. Alohida oila yoki alohida jamoa doirasidagi munosabatlar ana shunday qoidalarga eng oddiy misol bo`lib xizmat qiladi. Oila doirasidagi munosabatlar norasmiyligicha qoladi, jamoaning qarindoshlar bo`lmagan a’zolari o`rtasidagi munosabatlar esa, aksariyat hollarda shartnoma yoki boshqa hujjat ko`rinishida (fuqarolik kodeksida davlat doirasida) rasmiy tarzda mustahkamlandi.
2. Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga qaraganda ancha oldin paydo bo`lib, ko`p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan mustahkamlangan normalar uchun asos bo`lib xizmat qildi. Norasmiy normalarning rasmiy qoidalar sifatida mustahkamlanishiga istalgan mamlakatning tarixida ko`plab misollarni uchratish mumkin.
Institutsional nazariyaning kelib chiqishini ―qadimgi‖ va o`rta asr qarashlarida topish mumkin. Agar kapitalizm davrini ko`rib chiqsak, iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishda fanlararo yondashuvning dastlabki qo`llanilishini ―tarixiy‖ maktabda va faqat keyinroq institutsionalizm maktabida ko`ramiz. Ikkinchisining paydo bo`lishining sababi kapitalning kontsentratsiyasi va markazlashuvining kuchayishi va kapitalizmning o`z rivojlanishining imperialistik bosqichida o`tish munosabati bilan jamiyatdagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi deb hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiy fikrning institutsional oqimning rivojlanishida to`rt bosqichini ajratib ko`rsatish mumkin. Birinchi bosqich (1920-1930 yillar) – institutsionalizmning ―eski‖ maktabi. Uning asoschilari T.Veblen, J.Kommons, V.Mitchell, U. Gamil`tonlardir. Bu davrda institutsionalizmning nazariy va metodologik asoslari shakllandi. Ikkinchi bosqich – 70-yillarning o`rtalarigacha bo`lgan urushdan keyingi davr. XX asr – ―yangilangan‖ institutsionalizm. Bu davrning asosiy vakillari J.M. Klark, A.Berli, G. Means, O. Gelbreyt va boshqalardir. Uchinchi bosqich – 90-yillarga qadar XX asr – ―yangi‖ institutsional iqtisodiyot. Uning vakillari G.Mirdal, R.Kouz, R.Pozner, J.B`yukenan va boshqalar. To`rtinchi bosqich - 90-yillardan boshlab, XX asr hozirgi kungacha – ―eng yangi‖ institutsional yondashuv. Uning vakillari: D.Nort, J.M. Xodjson va boshqalar. Institutsionalizm hech qachon tashkiliy markazga ega bo`lmagan va bu tendentsiyaning geterogenligi ko`pincha uning ilmiy maktab sifatida mavjudligini shubha ostiga qo`yadi. shu bilan birga, uchta amerikalik iqtisodchi – T.Veblen, V.S.Mitchell va J.R.Kommons – ―eski‖ institutsionalizmning asosiy vakillari sifatida. Institutsionalizm tushunchasining o`zi birinchi marta 1918 yilda amerikalik iqtisodchi V.Gemil`ton tomonidan qo`llanilgan bo`lib, u institut toifasini ijtimoiy odatlar to`plamini tavsiflovchi og`zaki belgi sifatida belgilangan. Bu guruhlarning odatlarida yoki odamlarning odatlarida etarlicha keng tarqalgan va qat`iy bo`lgan fikrlash yoki harakat qilish usulini anglatadi. Ilmiy iqtisodiy nazariyalar shakllanishi XVII asrda Yevropada dastlab V. Petti, Buagilber, keyinroq esa, A. Smit va D. Rikardolarning klassik iqtisodiy ta’limotlari bilan tavsiflanadi. XIX asrning yetmishinchi yillariga kelib, klassik nazariyaning K. Menger, M. Jevons, L. Valras va boshqa tadqiqotchilarning faoliyati zamiridagi marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik nazariya sifatida A.Marshallning “Iqtisodiyot prinsiplari” asarida o‘z ifodasini topdi. Keyinchalik, A. Marshallning qarashlari J.B. Klark izlanishlarida takomillashdi.
Neoklassik nazariyaning asosiy tamoyillari ikki qismdan iborat. Asosiy tamoyillarning birinchi qismini klassikaning “eski” tamoyillari, ikkinchi qismni esa neoklassikaning “yangi” tamoyillari tashkil etadi.
Yuqoridagilarning hammasi iqtisodiy o’sish uchun omil bo’lib hisoblanadi. Shu o’rinda iqtisodiy o’sish deganda nimani tushunmoq kerakligi haqida bir oz fikr yuritaylik, iqtisodiy o’sish deganda ijtimoiy mahsulotni ma’lum vaqt davrida sifat va miqdor jihatidan takomillashuvi va o’sishi, buning natijasida, resurslar cheklanganligi bilan bog’liq bo’lgan muammolar hal bo’lishi tushuniladi. Masalan: Hindistonda yalpi milliy mahsulot Shveysariyaga nisbatan 70% ga ko’p, ammo aholisining turmush darajasi Shvesariyaga nisbatan 60 martacha past (aholisining soni ko’p bo’lgani uchun). Bundan, fan-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga joriy qilishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ahamiyati nihoyatda katta ekanligini korish mumkin.
Klassik nazariyaning rivojlanishida kuzatiladigan istalgan qoida tuzatishlar va aniqlashtirishlar jarayonida «Eski tamoyillar»ni tashkil qiluvchi fikrlar o‘zgarishsiz qolishini nazarda tutadi. Ular tadqiqot paradigmasi, nazariyani izchil qabul qiluvchi har qanday tadqiqotchining tanqidi qanchalik keskin bo‘lmasin, “eski” tamoyillardan voz kechilmaydi. Aksincha, nazariyaning rivojlanishiga qarab uning tadqiqot predmetiga «yangi tamoyil»ni tashkil qiluvchi qarashlarga doimiy tuzatishlar, yangi unsurlar kiritiladi.
«Eski» institutsionalizm nazariyasining mohiyatini yanada to‘liqroq ko‘rib chiqish uchun ushbu ilmiy yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari T. Veblen, K. Polani va J.K. Gelbreyt qarashlariga murojaat etish mumkin. Mashinali ishlab chiqarishning paydo bo‘lishini tahlil qilishda kapitalist bilan yollanma ishchi o‘rtasidagi munosabatlar tizimi mehnat taqsimoti qabul qiladigan quyidagi tashkiliy shakllar orqali ularning o‘zaro ta’siriga e’tibor qaratildi: tabiiy mehnat taqsimoti → kooperatsiya → manufaktura va mutlaq qo‘shimcha qiymatni shakllantirish → xususiy ishchining paydo bo‘lishi → mashinalarning paydo bo‘lishi → fabrika → nisbiy qo‘shimcha qiymatni shakllantirish.
Oddiy nutqda bu ―tartib‖, ―umumiy kelishuv‖ yoki ―kelishuv‖ uchun boshqa so`z; kitob tili bilan aytganda, odob-axloq, xalq urfodatlari, shuningdek pul xo`jaligi, klassik ta`lim, fundamentalizm va demokratiya institutidir. Moxiyatan eski institutsionalizm xo`jalik faoliyatining pravoslav ta`limoti tomonidan tarixiy va mexanik talqiniga munosabat sifatida vujudga kelgan. Agar neoklassitsizmda tahlil metodologiyasining asosini metodologik individualizm tashkil qilsa, ―eski‖ institutsionalizm xolizm metodologiyasidan foydalanadi, bunda tahlilning boshlang`ich nuqtasi individlar emas, institutlar hisoblanadi. YA`ni, shaxslarning xususiyatlari institutlarning xsusiyatlaridan kelib chiqadi va aksincha emas. Institutlarning o`zi makrodarajadagi munosabatlar tizimini takror ishlab chiqarishda bajaradigan funktsiyalari orqali tushuntiriladi. Endi fuqarolar o`z hukumatiga ―loyiq‖ emas, balki hukumat ma`lum bir turdagi fuqarlarni shakllantirishga hissa qo`shadi. Bundan tashqari, o`z-o`zidan evolyutsiya kontseptsiyasiga institutsional determinizm tezislari qarshi turadi: institutlar o`z-o`zidan rivojlanish yo`lidagi asosiy to`siq sifatida ko`riladi, ―eski‖ institutsionalistlar ularni muhim barqarorlashtiruvchi omil sifatida ko`rishadi. Institutlar o`tmishda sodir bo`lgan jarayonlarning natijasi bo`lib, ular o`tmish sharoitlariga moslashgan va shuning uchun ijtimoiy inertsiya, psixologik inertsiya omili hisoblanadi. Binobarin, institutlar barcha keyingi rivojlanish uchun asos yaratadilar. Bunda ―eski‖ institutsionalizm quyidagi mantiqiy konstruktsiyalarga asoslangan edi. Agar urf-odatlar guruh yoki ijtimoiy madaniyat uchun umumiy bo`lib qolsa, ular odatiy yoki urf odatlarga aylanadi. Odatda, urf-odatlar boshqa shaxslarga ijtimoiy urf-odatlar yoki tartiblarni takroran taqlid qilish orqali singdiriladi. Bu o`z – o`zini mustahkamlovchi sxemani yopadi: xususiy odatlar jamiyat bo`ylab tarqaladi, bu esa institutlarning paydo bo`lishiga va mustahkamlanishiga olib keladi; muassasalar xususiy amaliyotlarni oziqlantiradi va kuchaytiradi va ularni guruhning yangi a`zolariga o`tkazadi.
T. Veblen «Bekorchi sinf nazariyasi» (1899) asaridagi odatlar to‘g‘risidagi tahlilda xolizm metodologiyasini qo‘llaydi1.Odatlar individlarning bozordagi, siyosiy sohadagi, oiladagi xatti-harakatlari doiralarini belgilab beruvchi institutlardan biri hisoblanadi. Insonlar xatti-harakati Veblen tomonidan ikkita juda qadimiy odatdan kelib chiqib, ta’riflanadi. Bu odatlarni u raqiblik hissiyoti (boshqalardan birinchi bo‘lish, umumiylikdan ajralib turish istagi) va mahorat hissiyoti (halol va samarali mehnat qilishga moslashish) deb nomlaydi. T. Veblenning fikriga ko‘ra, raqiblik hissiyoti mulkchilik va bozordagi raqobatning asosida yotadi. Ushbu hissiyotning o‘zi individ tanlovni amalga oshirishda o‘zining foydaliligini ko‘paytirishni emas, balki boshqalarning ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirishni ko‘zlovchi «oshkora iste’mol»ni izohlaydi. Masalan, sotib olmoqchi bo‘lgan avtomobilni tanlashda iste’molchi uning narxiga va texnik xususiyatlariga emas, balki muayyan rusumdagi mashinaga egalik qilish orqali ta’minlanadigan nufuzga e’tiborni qaratadi.
Va nihoyat, “eski” institutsionalizm namoyondasi J.K. Gelbreyt o‘z tahlilini axborot va axborot almashuvining ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi masalalaridan boshlaydi. Uning asosiy fikri – hozirgi bozorda hech kim to‘liq axborotga ega emas. Har bir shaxsning bilimlari ixtisoslashgan va xususiy ahamiyatga ega, axborot to‘liqligiga faqat ushbu to‘liq bo‘lmagan bilimlarni birlashtiruvchi tashkilot doirasida erishish mumkin, deb ta’kidlaydi. Bunda hokimiyat alohida shaxsdan guruhga birlashgan, individuallikka ega bo‘lgan tashkilotlar qo‘liga o‘tadi. So‘ngra mazkur tashkilot individlarning xatti-harakatiga ko‘rsatadigan ta’sirni tahlil qilib, individlar tavsiflarini institutsional muhit funksiyasi sifatida ko‘rib chiqadi. Masalan, uning ta’kidlashicha, iste’mol talabining o‘sishi iste’molchilarning o‘z ichki tuyg‘ulari yuqori bo‘lishidan emas, balki ularni ishontirish uchun reklamadan faol foydalanuvchi korporatsiyalar manfaatlarining o‘sishidan kelib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy tadqiqotlar ko‘lami yanada kengaydi va chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining yirik yo‘nalishlari shakllandi.
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarini o‘rganishning keng tarqalgan yondashuvlariga ko‘ra, ular uchta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: neoklassika, institutsionalizm va keynschilik. Biroq, mamlakatimizda mazkur yo‘nalishlar – ayniqsa, institutsionalizm yo‘nalishi sohasidagi ilmiy-nazariy, o‘quv-uslubiy jabhalar yaxlit bayon etilgan adabiyotlarni yetarli, deb bo‘lmaydi.
Institutsionalizmning nazariy yo‘nalish sifatida shakllanishi bevosita klassik va neoklassik nazariyalar bilan bog‘liq. Binobarin, neoklassika tamoyillaridagi yuqorida ko‘rsatilgan cheklovlarni hisobga olgan holda, bozor modelini tuzishga yo‘naltirilgan nazariya – institutsionalizm hisoblanadi. Ushbu nazariyaning tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan barpo etiladigan va o‘zaro hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy me’yorlar va qoidalar turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik yondashuvga nisbatan yangi nazariya bo‘lib, bozor munosabatlarini tahlil qilishning yangi sohasidir.

Yüklə 218,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin