Institut – bu jamiyat a’zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil etadi.
Norma – institutsional muhitda individlarning o`z tanlovini amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash funksiyasiga ega; o`zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi; shaxslar xatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanksiyaga tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli vaziyatlarda o`zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi. Norma amal qilishi uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat:
individlarning guruhlanish belgilari;
muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas);
maqsad;
norma harakatda bo`lgan shart-sharoitlar;
sanksiyalar.
Ajratilgan ushbu 5 ta unsur normalarning turli xillarini cheklash imkonini beradi, ya’ni g`amkorlik strategiyasini, xususan, normaning o`zini (tor ma’noda) va qoidalarni. Norma xillari quyidagilarga bo`linadi:
Hamkorlik strategiyasi q belgi Q maqsad Q shart-sharoit;
Norma q belgi Q muqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit;
Qoida q belgi Q muqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit Q sanksiya.
Shaharda yoki supermarketda bir-birlarini yo`qotgan odamlarni qidirish hamkorlik strategiyasiga misol bo`ladi. Bunda: individlarning guruhlanish belgisi – bir-birini yo`qotganlik fakti; maqsad - bir-birini topish; shart-sharoit – uchrashish ehtimoli yaqin bo`lgan ko`zga tashlanuvchi narsa yoki buyumning mavjudligi bo`ladi.
Torroq ma’noda norma kelishuv tushunchasiga mos keladi. Chunki kelishuv ko`rsatmasini bajarish o`ta ixtiyoriy xususiyatga ega. Qoidaga o`tishda ko`rsatmalarni bajarishning ixtiyoriy xususiyati yo`qoladi, ya’ni bunda sanksiya ishga tushadi.
Normaning inson xatti-harakatiga ta’siri haqidagi munozara sotsiologiya va iqtisodiy nazariya o`rtasidagi chuqur tarixiy ildizga ega bo`lgan qarama-qarshilik bilan bog`liq. Sotsiologlar normada insonlar xatti-harakatining ularga tashqaridan berilgan va ekzogen xususiyatga ega bo`lgan mutlaq naimjasini ko`radilar. Homo sociologicus xatti-harakati umuman olganda jamiyatning normativ tarkibi bilan aniqlanadi. Normalarning o`zlari esa, sotsiologlarning fikriga ko`ra, jamiyat xususiyatlaridan hosil bo`lgan va uni takror ishlab chiqarish vazifasini ko`zlaydi.
Iqtisodchilar esa klassik siyosiy iqtisod davridan buyon normalarning bunday talqin etilishiga qo`shilmaydilar. Chunki norma tanlash erkinligini istisno etadi. Homo economicus o`z tanlovida, shu jumladan norma tomonidan qo`yiladigan cheklovlardan holi. Iqtisodchilar shaxs tanlovining institutsional cheklovchisi sifatida normalarning mavjud bo`lishini umuman inkor etadi. Yoki normalarga oqilona izoh berishga, aniqrog`i, ularda tashqaridan berilgan xatti-harakat natijasini emas, balki anglab yetilgan tanlov natijasini ko`rishga intiladi.
Umuman olganda, ijtimoiy tanlash nazariyasida normalar: oqilona tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti-harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.
Ijtimoiy tanlash nazariyasi (D.Byukenen) birinchi galda siyosiy tanlov natijasini aks ettiruvchi va huquqda qayd etiladigan yuridik normani o`rganadi. Yuridik normalarni izohlash uchun oqilona tanlashning neoklassik modelidan foydalaniladi. Xususan, shu narsa nazarda tutiladiki, Byukenen uchun siyosat - bu huddi insonlar bozorda faqat o`z afzal bilishlariga amal qilgan holda tovarni xarid qilgani kabi, uning asosida ular turli xil muqobil variantlarni, ularni o`z qadr-qimmati bilan qiyoslagan holda, tanlaydigan murakkab institutsional jarayon hisoblanadi. Boshqa so`z bilan aytganda, norma va qoidalar siyosat bozorida shaxslar o`rtasidagi o`zaro hamkorlik natijasida paydo bo`ladi. Bundan normalarni baholashning navbatdagi mezoni – ularning samaradorligi kelib chiqadi. Normalar faqat ular o`ziga xos qadr-qimmatga asoslanganda samarali bo`lib, yakka manfaatlarni o`zaro foydali tarzda amalga oshirishga ko`maklashadi [47].
Ijtimoiy tanlash nazariyasiga xos bo`lgan oqilona tanlov modeli yordamida normalarni talqin qilishdan farqli ravishda, kelishuvlar iqtisodi normalarga amal qilishda (bunda normalar tashqaridan berilgan) ekzogen hisoblanishiga qaramasdan, oqilona xatti-harakatning omilini ko`rishni taklif etadi. Bunday bir qarashda o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan oqilona tanlash natijasi hisoblanmagan normalarni bajarish, oqilona xatti-harakatning shartiga aylanadi. Ammo bozordagi bitimlar ishtirokchilarining oqilonalik talabi ushbu o`ziga xoslikni izohlash imkonini beradi.
Kelishuvlar iqtisodi normani bozorda ishtirokchilar tomonidan istaklar va afzalliklarning o`zaro talqin etilishi uchun zamin sifatida ko`rib chiqishni taklif etadi (2.1-jadval). Shu nuqtai nazardan normaga amal qilish shaxs uchun o`z maqsadlari (signaling) haqidagi xabarlarni kontragentgacha yetkazish usuliga aylanadi. Shaxslar o`z xatti-harakatiga nisbatan bir-birini istisno etuvchi talablarni muvofiqlashtirishga va o`z tomonlarining harakatlariga nisbatan ishonchli fikrlarni bildirishga qodir bo`lmay qoladi. Ko`rib chiqilayotgan yondashuv doirasida kelishuvlar nisbatining quyidagi variantlari tahlil qilinadi.
1. Ekspansiya – unda o`zaro hamkorlikni tashkil qilish ilgari boshqa kelishuvlar ustuvorlik qilgan sohalardagi kelishuvlardan birining normalari asosida amalga oshadigan kelishuvlar nisbati. Masalan, siyosiy soha siyosiy bozorga aylanishi mumkin, bunda fuqarolik kelishuvining normalari bozor kelishuvi normalari tomonidan siqib chiqariladi.
Bozor kelishuvining ekspansiyasi o`ta xavfli, u boylikning o`ta nomutanosib taqsimlanishiga va undan siyosiy hokimiyat omili sifatida foydalanishga olib kelgan holda jamiyat rivojlanishini barqarorlikdan mahrum etadi.
2. Urinish – unda bir o`zaro hamkorlikning o`zi bir-birini istisno etuvchi normalar asosida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan kelishuvlar nisbati. Shu nuqtai nazardan birinchi bo`lib K.Errou tomonidan tadqiq etilgan qon topshirish bunga aynan mos misol bo`ladi. Gap shundaki, qon odatda pulga (bozor kelishuvi) yoki birdamlik nuqtai nazardan bepul (fuqarolik kelishuvi) topshiriladi. Ushbu noo`xshatishlik shaxslarning qon topshirish yuzasidan o`zaro hamkorligida noaniqlikning yuqori darajasini belgilab beradi.
3. Murosa – unda turli kelishuvlar talablari o`rtasidagi ziddiyatga barham beruvchi egiluvchan normalar namoyon bo`ladigan kelishuvlar nisbati. Masalan, har qanday reklama kampaniyasi bozor kelishuvi va ijtimoiy fikr talablari o`rtasidagi murosani topishni nazarda tutadi. Ushbu ikki kelishuv o`rtasidagi murosaga boshqa misol – ko`r-ko`rona iste’mol, bunda shaxs o`z iste’mol tanlovida tovar yoki xizmatni iste’mol qilishdan foydalilikni oshirishni emas, balki u iste’mol qilish tufayli qo`lga kiritadigan hurmatga erishishni ko`zlaydi.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmetini tashkil etadi, qanday sharoitlar va qanday qilib insonlar yuqoriroq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asarning asosiy g`oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o`sishning pul shakli inkor etiladi va moddiy ne`matlar yaratish asosiy deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi va shu sababli ustivor deb hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo`jaligi) soha afzalligi aniq aytilmaydi. Asarning 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo`yish yaxshiroq samara beradi deb o`qitiladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlari narxi pasayish, qishloq xo`jaligi maxsulotlari narxi esa o`sish tendentsiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu xato). Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasiga, ya`ni yiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadi. Olim o`z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba`zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tizimga bog`liq emas, degan xulosaga asoslanadi. Ana shunday xususiyatlardan biri – egoizm (xudbinlik) bo`lib, odamlar o`z xo`jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam o`z shaxsiy manfaatini ko`zda tutadi, ammo bu holatda ko`p boshqa holatlardagi kabi, u ―ko`rinmas qo`l‖ tomonidan uning niyatida ham bo`lmagan maqsad sari yo`naltiriladi. Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilganidan ko`ra ko`proq haqqoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. ―Ko`rinmas qo`l‖ – bu ob`ektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Bu qonunlar odamlarning hohish – irodasidan qat`iy nazar, odatda unga qarama-qarshi harakat qiladi. Har-bir odam ko`proq foyda olish uchun kapitalni imkoni boricha qulay ishga doylashtirishga urinadi, chunki u jamiyatning emas, balki avvalo o`zining shaxsiy manfaatini ko`zlaydi. Ammo, inson o`z shaxsiy manfaatini o`ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog`i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun ko`proq naf keltiruvchi mashg`ulotni tianlaydi va shu ish bilan shug`ullanadi. SHunday qilib, Smitning ta`rifi bo`yicha, foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi. Hozirgi davrga barchaga yaxshi ma`lum bo`lgan ―ko`rinmas qo`l‖ iborasi bilan birga ―iqtisodiy odam‖ tushunchasi ham kiritildi. Unga ko`ra, shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashinuv jarayoni amalga oshadi. ―Menga kerak bo`lgan narsani bersang, men senga kerak bo`lgan narsani beraman‖, qabilida, ya`ni shaxsiy manfaatlarning talabini qondirish yo`li tutiladi, ya`ni gap kimningdir saxiyligiga emas. Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o`zaro nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit ―tabiiy tartib‖ deb atagan. A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi bo`lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o`rganish uchun nazariy konstruktsiya yoki modeldir. Demak jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak degan xulosa chiqariladi. Bu tamoyilga ko`ra quyidagilar taklif etiladi: Ishchi kuchining erkin harakati; Savdoda (er savdosida ham) to`la erkinlik; Sanoat va ishchi savdoni hukumat tomonidan reglamentatsiya qilishga qat`iy qarshilik; Erkin tashqi savdo (protektsionizmga qarshi). 15.2. J.M.Klarkning iqtisodiy nazariyasiga qo`shgan hissasi. Asosiy asarlari: ―Biznesni tezlashtirish va talab qonuni‖, ―iqtisodiy tsikllarning texnik omili‖ (1917); ―Qo`shimcha xarajatlar iqtisodiyoti‖ (1923), ―Iqtisodiy nazariya turlari to`g`risida ma`ruzalar.
J.M.Klark ham T.Veblen va V.K.Mitchell kabi inson hattiharakatlarini foyda va xarajatlarni, zavq va dardni bir lahzalik hisobkitoblarda emas, balki odatlarga asoslangan deb talqin qilgan. Ammo u bu sohani tahlil qilishda boshqa eski instituttsionalistlarga qaraganda uzoqroqga bordi. Gap shundaki, optimal qaror qabul qilish uchun axborotni yig`ish va qayta ishlash bilan bog`liq xarajatlarni o`z zimmasiga olishi kerak. Biroq, bu ma`lumotlarning foydalari oldindan ma`lum emas. Bundan tashqari, to`g`ridan-to`g`ri qaror qabul qilish ham muhim (psixologik) xarajatlarni talab qiladi (qaror qabul qilish harakatlarining afzalliklari ham oldindan ma`lum emas). Bu xarajatlar xulq-atvorni optimallashtirish uchun engib bo`lmaydigan to`siqlarni keltirib chiqaradi va odamlarda odatlarni shakllantirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Albatta bunday odatlar qandaydir maksimal darajada tanlash yoki optimallashtirish natijasi emas. SHunday qilib, J.M.Klark, X.Simonning chegaralngan ratsionallik nazariyasini ham, J.Stiglerning axborotni izlash nazariyasini ham (ikkinchisi J.M.Klark yondashuviga nisbatan realistik jihatdan kamroq bo`lishiga qaramay) oldindan ko`ra oldi. J.M.Klarkning yana bir ilmiy xizmati uning mikroiqtisodiyot sohasida -xarajatlar va raqobat nazariyasidagi rivojlanishidir. U birinchi bo`lib qo`shimcha xarajatlar kontseptsiyasini kiritdi. Bu korxonaning biror-bir alohida bo`linmasiga tegishli bo`lmagan xarajatlardir, ya`ni ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog`liq emas. J.M.Klark bu asosiy kapitalga katta investitsiyalar oqibati deb hisobladi. Qo`shimcha xarajatlar narxlar bilan qoplanadi, bu uning fikricha narx belgilash va marjinal xarajatlar va daromadlarni tenglashtirish printsipi o`rtasida hech qanday bog`liqlik yo`qligini anglatadi. J.M.Klark ham mukammal raqobat tushunchasini tanqid qildi va nazariyaga asos soldi. Samarali musobaqa, bu bozor tuzilmasi elementlarini shunday o`ziga xos tarzda amalga oshirish, bu jamoatchilik farovonligi nuqtai-nazaridan maqbuldir. Samarali raqobat nazariyasi muhim ahamiyatga ega, chunki u mukammal raqobatdan farqli o`laroq, raqobatni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati uchun real ko`rsatmalar beradi.
Shu bilan birga J.M.Klark raqobat nazariyasiga dinamik tavsif berishga harakat qildi; uning uchun raqobat samaradorligi darajasi turli sohalarda turli hajmdagi foydani yaratish, yo`q qilish va qayta tiklash jarayonlari qanchalik tez va qay darajada sodir bo`lishi bilan belgilanadi. Afsuski, u bu farqlarning sabablarini tushuntirmadi. Nihoyat, J.M.Klark makroiqtisodiyot sohasida o`z izini qoldirdi. U V.S.Mitchell singari biznes tsiklini o`rganish bilan shug`ullangan. U ularni ko`p omili jarayon sifatida talqin qilib, tsikllarning ko`plab sabablarini ta`kidladi – urushlar va tabiiy ofatlardan tortib, investitsiyalar dinamikasigacha, va bu erda J.M.Klark birinchilardan bo`lib g`oyani kashf etgan tezlatkich iqtisodiy faoliyatdagi tsiklik tebranishlarni kuchaytiruvchi hodisa sifatida, J.M.Klark zarurat g`oyasini ilgari surdi.