Xodimlar soni 250 nafargacha boʻlganda (KK) soliqlarning soddalashtirilgan tizimi
Aylanma 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlganda soliqlar tizimi
Aylanma 1 mlrd soʻmgacha boʻlganda soliqlar tizimi
1.
Yalpi tushum (realizatsiya qilinayotgan mahsulot qiymati)
120 000
120 000
120 000
120 000
2.
Sof tushum (QQS yoki YaSTni ayirgan holda)
100 000
114 300
105 000
115 400
3.
Tannarхi (shu jumladan MHF – 30 ming soʻm)
80 000
80 000
80 000
80 000
4.
Foyda
20 000
34 300
25 000
35 400
5.
Soliqlar:
5.1.
QQS (hisobga olishsiz)(stavka 2018 yilda – 20%, 2022 yilda – 15%)
20 000
-
15 000
-
5.2.
Yagona ijtimoiy toʻlov (2020 yildan – ijtimoiy soliq) (stavka 2018 yilda – 25%, KK uchun –15%; 2022 yilda – 12%)
7 500
4 500
3 600
3 600
5.3.
Mol-mulk soligʻi (stavka 2018 yilda – 5%, 2022 yilda – 1,5%)
3 300
-
1000
1 000
5.4.
Yer soligʻi (stavkalar har yili indeksatsiya qilinadi)
1 200
-
1 700
1 700
5.5.
Foyda soligʻi (stavka 2018 yilda – 14%; 2022 yilda – 15%)
1 120
-
2 805
-
5.6.
Yagona soliq toʻlovi (2019 yildan – aylanmadan olinadigan soliq) (soliq stavkasi 2018 yilda – 5%; 2022 yilda – 4%)
-
5 700
-
4 600
6.
Barcha soliqlar summasi
33 120
10 200
24 105
10 900
7.
Yalpi tushumda barcha soliqlarning ulushi
27,6%
8,5%
20,1%
9.1%
Shu tariqa, soliq islohotining birinchi yoʻnalishini bajarishni ta’minlash boʻyicha yuqoridagi tahlillar quyidagilarni koʻrsatadi:
1) soliq islohoti boshlangan 2018 yilga nisbatan umuman iqtisodiyotga soliq yuki darajasining pasayishi unchalik yuqori emas. 2021 yildan boshlab soliq yukining YaIMga nisbatan 26,7%gacha oshishi roʻy berdi, 2022 yil uchun soliq yuki YaIMga nisbatan 30,3% darajasida prognoz qilinmoqda. Asosiy sabablar:
- soliq yukining asosiy massasi yirik korхonalar (aksiz soligʻi toʻlovchilar va “NKMK” AJ va “OKMK” AJ) zimmasiga tushadi. Bu esa boshqa korхonalarga soliq yukini kamaytirish imkonini beradi. Davlat byudjetining daromadlar qismi doim oʻsib boruvchi хarajatlar qismini ta’minlashi kerak. Soliq yukining kamayishida davlat oʻz хarajatlarini qoplash uchun olinmay qolinadigan daromadlarni topishi kerak;
- soliq islohotlari amalda pandemiya davrida amalga oshirildi, bu bir tomondan, yangi soliq imtiyozlarini joriy etishni, ikkinchi tomondan, byudjet хarajatlarini sezilarli darajada oshirishni talab qildi;
- umuman jahonda va mintaqamizdagi beqaror siyosiy va iqtisodiy vaziyat barqaror davlat byudjetini talab qiladi;
2) soddalashtirilgan va umumbelgilangan soliq solish tizimi boʻyicha soliq toʻlaydigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarning muayyan darajada kamayishi roʻy berdi:
- infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, davlat jamgʻarmalariga ajratmalar kabi soliqlarni bekor qilish;
- soliq stavkalarini pasaytirish (QQS - 20%dan 15%gacha, ijtimoiy soliq - 25%dan 12%gacha, JShDS - 22%dan 12%gacha, mol-mulk soligʻi - 5%dan 1,5%gacha, aylanmadan olinadigan soliq - 5%dan 4%gacha va boshqalar),
- soliq bazasini qisqartirish;
- ayrim imtiyozlarni bekor qilish.
Bu soliq yuki:
- yirik va oʻrta korхonalar uchun qisqarishiga;
- tovar aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan kichik korхonalar uchun deyarli oʻzgarmasligiga;
- tovar aylanmasi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalar uchun oshishiga olib keldi.
Soliq islohotining ikkinchi yoʻnalishi - soliqlarni birхillashtirish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, oʻхshash soliq solish bazasiga ega boʻlgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish.
Davlat qimmatli qog'ozlari bozori.
O'zbekiston respublika valyuta birjasida (O'zRVB) elektron savdo-depozitar platformasi joriy etilgan bo'lib, mazkur platforma orqali davlat qimmatli qog'ozlarining dastlabki joylashtirilishi va muomalasini tashkil etish va amalga oshirish, tuzilgan bitimlar bo'yicha operatsiyalar kliringini va hisob-kitobini o'tkazish, shuningdek, davlat qimmatli qog'ozlariga bo'lgan huquqlarni saqlash va hisobga olish amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog'ozlari (DQQ) tarkibiga quyidagilar kiradi:
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hujjatsiz shaklda chiqarilgan va tijorat banklari, shuningdek boshqa yuridik shahslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlari o'rtasida joylashtiriladigan kuponli va diskontli g'aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari;
hujjatsiz shaklda chiqarilgan va tijorat banklari o'rtasida joylashtiriladigan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari.
DQQni joylashtirish oddiy auksion shaklida o'tkaziladi.
DQQ muomalasi auksion savdolarida uzluksiz ikki tomonlama auksion uslubida amalga oshiriladi.
Davlat qimmatli qog'ozlari savdolarini tashkil etish va o'tkazish "O'zRVBda davlat qimmatli qog'ozlari bilan savdolar o'tkazish qoidalari" va "O'zRVBda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari bilan savdolar o'tkazish qoidalari" bilan tartibga solinadi.
DQQ muomalasi bo'yicha barcha operatsiyalar Markaziy bank va O'zRVB bilan tuzilgan bitimlar asosida operatsiyalarni o'tkazishga vakolatli dilerlar orqali amalga oshiriladi.
Davlat qimmatli qog'ozlari bozori ishtirokchilari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida O'zRVBda "O'zRVBda O'zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog'ozlari bilan REPO operatsiyalarini tuzish va amalga oshirish qoidalari"ga muvofiq amalga oshiriladigan to'g'ridan-to'g'ri va dilerlar o'rtasida REPO bitimlarni tuzish mehanizmlari joriy etilgan.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olija-nob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. - 488 b.
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, -2017. -104 b.
Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, -2017. -56 b.
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq faro-vonligining garovi. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. -48 b.
Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, - 2017. - 592 b.
Yuldashev Z.Yu., Malikov T.S. Moliya: uy xo’jaliklari moliyasi. / O‘quv qo’llanma. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2008. – 112 b.
Tkacheva Sinnovation Activities Infrastrue, turee as Multi Angent Sysem The 11th Annouol Meeting of the Japan Association for Evolutionary Economics. JAFEE 2000 Tokyo Japan 2000. 136-141.