Kurs ishi mavzu: mustaqillik davrida sozandalik san’ati bajardi



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə1/8
tarix17.05.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#115266
  1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi yuzi rano ustoz tayyor


Termiz davlat universiteti
Milliy libos va san’at fakulteti
Musiqa ta’lim kafedrasi
Musiqa o’qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI

MAVZU: MUSTAQILLIK DAVRIDA SOZANDALIK SAN’ATI
Bajardi: musiqa ta’lim yo'nalishi
3-kurs talabasi O. To’xtayev
Ilmiy rahbar: R. Mardayeva

Termiz-2023


R e j a ( M u n d a r I j a )

Kirish......................................................... ............................................3
Birinchi bob: O’zbekiston san’ati............................................................5
1.1 .Mustaqillik yillarida O’zbekistonda madaniy hayo...............................5
1.2 Mustaqillik yillari amaliy san’at rivoji....................................................11
Ikkinchi bob:Mustaqillik yillarida o’zbekiston san'ati.................................19
2.1.Tasviriy san’atda yuzaga kelgan yangi ijodiy imkoniyatlar. O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojlanishiga turtki bo‘lgan omillar.....................................19
2.2.Tasviriy san’at rivojida O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etilishining ahamiyati.....................................................................................................24
3.1. San’at turlari va ularning o’zaro aloqadorligi. ....................................33
3.2. Badiiy ijod jarayonida g’oyaviy niyat, badiiy tasavvur va estetik idrok etish.
Xulosa..........................................................................................................39
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro'yxati………..............................40
Ilovalar (agar bo'lsa)……………………….......................................................41

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Yangilanayotgan O‘zbekistonimizda hozirgi kunda musiqa san’ati vositasida kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lmish 1o‘quvchilarni ma’naviy etuk, aqliy barkamol, jismonan sog‘lom, milliy madaniyat qadriyatlarga ongli munosabatda bo‘ladigan insonlar qilib q1tarbiyalash –Vatanimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, insonni bolalikdan musiqaga qiziqtirish ,musiqiy idrok ,tasavvurini o‘stirib borish har bir jamiyat uchun nihoyatda zarur bo‘lgan holatdir. SHu jarayonda musiqa insonga insonligini eslatib ,uning qalbida kelajakka iumid va ishonch uyg‘otadi. Bu haqda Prezidentimiz SH. M. Mirziyoev quyidagilarni ta’kidlaydilar: “Musiqa san’ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga etkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San’at bilan oshno bo‘lgan yoshlarning hayotga munosabati ,milliy urf odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo‘ladi. SHu ma’noda musiqa hech narsa bilan o‘lchab solishtirib bo‘lmaydigan ilohiy tasir kuchiga ega desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.” SHu boisdan ham o‘quvchilarni musiqiy saviyasini rivojlantirib borish,musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirib ,zaruriy bilim va amaliy ko‘nikmalar doirasini tarkib toptirish ,ayniqsa musiqaga iqtidori bor o‘quvchilarning malakaviy mahoratini oshirishda alohida e’tibor qaratish ,zaruriy shart –sharoitlar yaratish davlatimizning diqqat –e’tiborida bo‘lib turibdi.O‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qo‘shiq juda muhim rol o‘ynaydi.CHunki qo‘shiq o‘zida badiiy va musiqiy g‘oyalarning o‘zaro uyg‘unlashgan obrazlarini tarkib toptiradi.Bu borada ayniqsa, milliy, folklor qo‘shiqlarning mazmundorligi o‘zgachadir.Milliy qo‘shiqlarda xalqimizning milliy madaniyati,hissiy kechinmalari,inssoniy fazilatlari,ma’naviy dunyosi o‘z aksini topadi .Bugun mamlakatimizda milliy taraqqiyotimizning yangicha bosqichda ko‘tarilishi davrida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmokda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi ”Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi “ PQ -4320 son, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “Buyuk ipak yo‘li halqaro musiqa festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi” 371 sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 iyundagi “Nurli navolar va halqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish Musiqa san’atining qo‘shiq shakli darsning asosiy o‘quv materiali hisoblanadi. U kuydan shunisi bilan farq qiladiki ,qo‘shiqqa ham ohang ham badiiy so‘z uyg‘unlashuvi natijasida nazm va navoning umumlashuvidan badiiy g‘oyasi vujudga keladi. SHu boisdan qaraganda o‘quvchi qo‘shiqni kuylashi orqali musiqiy ohang va badiiy ma’nosini anglab olish natijasida badiiy g‘oyasi vujudga keladi. Musiqa ta’limining milliy meros, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, milliy madaniyat namunalarini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotining o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmat qilishga yo‘naltirilgan yangi tarbiya tizimining amalga oshirilishi ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash imkonini berdi. Barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmani muassalarning zimmasiga ham muayyan vazifalarni yuklamoqda. Ana shunday vazifalardan biri– musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish, o‘quvchilarga milliy musiqiy meros, xususan, milliy musiqiy an’analar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ularda ilgari surilgan g‘oyalar to‘g‘risida nazariy ma’lumotlar berish, xalq qo‘shiqlarini ijro etish layoqatini hosil qilish, ijrochilik malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni milliy ma’naviy tarbiyalash beqiyosdir. Xalq qo‘shiqlari mazmunida shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar mujassamlashgan bo‘lib muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. CHunonchi, xalq qo‘shiqlar mazmunida ota–onalarning hurmatlarini saqlash, qarindosh–urug‘ hamda qo‘ni-qo‘shnilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik, mehribonlik, mehr–oqibat ko‘rsatish, quvonchu tashvishlariga sherik bo‘lish, dillariga ozor etkazmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Kurs ishining obyekti va predmeti. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-7 B sinf o‘quvchilarida musiqiy istetika va musiqiy didni rivojlantirish. Kurs ishining maqsadi va vazifalari.: Shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish - bu insonning jismonan, aqlan mamaviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Bu jarayonning o’ziga xos obektiv va sub’ektiv tomonlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari shaxsiy kamolotida musiqiy ta’lim-tarbiyaning o‘rni. Kurs ishining vazifalari: 1. O‘quvchilarning musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishi va mehr muxabbatini oshirish. 2. musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlari, musiqiy uquvi, ovozi, diqqat e’tibori va ijodkorlik his-tuyg’ularini oshirish. 3. Musiqiy asarlarni badiiy-g’oyaviy mazmuni vositasida ahloqiy-estetik ruhda tarbiyalash. 4. Musiqa darslarda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnatga muxabbat, Vatanga muxabbat, kattalarga hurmat tuyg’ularini shakllantirish. Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikki bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati,



Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin