Kurs ishi mavzu: mustaqillik davrida sozandalik san’ati bajardi


MUSTAQILLIK YILLARIDA O`ZBEKISTON SAN’AT



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə4/8
tarix17.05.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#115266
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi yuzi rano ustoz tayyor

2.MUSTAQILLIK YILLARIDA O`ZBEKISTON SAN’AT
2.1.Tasviriy san’atda yuzaga kelgan yangi ijodiy imkoniyatlar. O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojlanishiga turtki bo‘lgan omillar
.Tasviriy san’atda yuzaga kelgan yangi ijodiy imkoniyatlar. O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojlanishiga turtki bo‘lgan omillar Ma’lumki, inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlar bilan tirik.Istiqlolga erishganimizdan keyin birinchi Prezidentimiz Islom Karimov inson hayotida moddiy boyliklar ham, ma’naviy boyliklar ham katta ahamiyatga ega ekanligini, ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yib bo‘lmasligini asoslab berdi va jamiyatimizda ham ana shu mezonga amal qilish lozimligiga e’tiborni qaratdi. Darhaqiqat, agar dunyo tarixiga nazar solsak, aynan mana shunday yo‘l – moddiy va ma’naviy boyliklardan taraqqiyot yo‘lida imkon qadar keng foydalanish yaxshi natijalar berganini ko‘ramiz. Bularning barchasi sho‘ro davrida shakllangan «moddiy boylik odamni buzadi» degan qarashning nechog‘li noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi. Agar moddiy boylik halol mehnat bilan topilgan bo‘lsa va yuksak ma’naviyat asosida ishlatilsa, ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz. Jahon tarixida o‘zining shaxsiy boyligini ma’naviyatga, o‘z xalqining ma’rifiy taraqqiyotiga sarflagan insonlar ko‘p bo‘lgan. Masalan, Rossiyada asli savdogar bo‘lgan, rus ko‘chmanchi rassomlar homiysi Pavel Tretyakov ismli kishi yoshlikdan o‘ziga xos muzey va rasmlar galereyasi tashkil etishni orzu qilgan. Shu niyatda ko‘plab badiiy asarlarni, mashhur rassom va ijodkor musavvirlarning tasviriy san’at asarlarini sotib olgan. Umrining oxirrog‘ida esa bu boylikning barchasini Moskva shahriga tortiq qilgan, Rossiyadagi mashhur Tretyakov galereyasi shu tariqa vujudga kelgan. Bugungi kunda har qanday madaniyatli odam eng noyob tasviriy san’at asarlarini to‘plagan bu muzeyni ko‘rishni orzu qiladi.
Sobiq ittifoq davrida xalqimizning ma’naviy, madaniy hayoti kommunistik mafkura iskanjasiga solindi. O‘zbek xalqining milliy, ma’naviy qadriyatlari, urf-odatlari oyoqosti qilindi, o‘zbek milliy san’ati tur va yo‘nalishlari qadrsizlandi. Millatning eng ilg‘or namoyondalari, ziyolilar qatog‘on qilinib, ijodkorlar, olimlarning erkin ijodiy faoliyatlari qattiq cheklandi. Chunki, ularning maqsadlari bizning xalqimizni mustamlaka davlatga aylantirib, Vatanimiz hududidagi barcha boyliklarga ega bo‘lish edi. Buning uchun esa, avvalo, shu yerdagi xalqning ma’naviyatidan, madaniyatidan, tilidan, dinidan, qadriyatlaridan mahrum qilish kerak edi. Ana shundagina matonatli o‘zbek xalqini va vatanini qaram bo‘lgan bir davlatga aylantirish, yoki bu millatni butunlay yo‘q qilish oson bo‘lar edi. Shu o‘rinda yurtimiz tuprog‘ini qonga belagan Rossiya imperiyasi generali Skobelovning : «Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi», deb aytgan so‘zlari bekor aytilmagan, albatta. Ildizlari olis moziyga borib taqaladigan, navqiron navdalari esa mamlakatimizning bugungi kuni va buyuk kelajagini ifodalaydigan azim daraxtni eslatuvchi O‘zbekiston san’ati davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng rivojlanish uchun sezilarli qo‘llab-quvvatlashga va bu yo‘ldagi rag‘batlantiruvchi omillarga ega bo‘ldi.
1991-yilda e’lon qilingan Mustaqillik O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi.Qisqa tarixiy davr ichida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining mutlaqo yangi siyosiy asoslari yaratilishi bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Buyuk vatandoshlarimiz –ajdodlarimiz nomlari qayta tiklandi.
O‘tmishning buyuk mutafakkirlari, shoirlari va musavvirlari – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Ulug‘ sohibqiron Amir Temurning tariximizda tutgan o‘rni va ahamiyati ham nihoyat haqqoniy talqiniga erishdi.1»Bu kabi katta-katta ezgu ishlar, ulkan bunyodkorliklar, yangi imkoniyatlar albatta, mustaqillik sharof. Mustaqilligimiz imkoniyatlari tufayli ulkan bunyodkorlik ishlari olib borildi, ko‘plab san’at saroylari, tasviriy san’at bo‘yicha ham o‘quv maskanlari qurildi. Masalan, Respublika bolalar ijodiyoti markazi barpo etilib, faoliyat ko‘rsata boshladi. Toshkentda va barcha viloyatlarda rassomlik kollejlari, tasviriy san’at litseylari tashkil etildi. Iqtidorli yoshlarga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institute o‘z eshiklarini ochdi. Ko‘plab talabalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umid» jamg‘armasi ko‘magida Italiya, Yaponiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda badiiy ta’lim olib qaytdilar. Rassomlar ijodini yuksak saviyada namoyish qilish uchun poytaxtdagi Markaziy Ko‘rgazmalar zali to‘la ta’mirlandi. Bu yerda har yili 100 dan ortiq turli badiiy, xalqaro, respublika va shaxsiy ko‘rgazmalar o‘tkazilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga estetik tarbiya maskani bo‘lib xizmat qilmoqda.Ikuo Xiroyama Madaniyat karvonsaroyi esa yosh ijodkorlar uchun sevimli maskanga aylangan. Bu yerda Buyuk Ipak Yo‘li mamlakatlari rassomlarining ko‘plab ko‘rgazmalarini muntazam o‘tkazish an’anaga aylandi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan barpo etilgan zamonaviy xalqaro andozalarga mos O‘zbekiston Tasviriy san’at galeriyasi hamda O‘zbekiston Madaniyat va san’at ko‘rgazma zallarida respublika va xorijiy yosh rassomlar asarlari keng namoyish
San’atda milliy tarix bilan bog‘liq portret va kompozitsiyalar paydo bo‘ldi.Tarixiy shaxslar sohibqiron Amir Temur, ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdilarning ikonagrafik portretlari uchun tanlovlar e’lon qilindi. Tanlovda Amir Temurning etalon portreti sifatida O‘zbekiston xalq rassomi professor Malik Nabiyevning «Amir Temur portreti» asari qabul qilindi. Malik Nabiyev tarixiy janrda samarali mehnat qilib kelayotgan rangtasvirchilardan. U Abu Rayhon Beruniyning ikonagrafik portreti uchun o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, uning asari etalon uchun qabul qilingan edi. Deyarli 50 yildan keyin rassomning yana-yangi tanlovda g‘olib bo‘lishi uning shu soha bilimdoni ekanligini ko‘rsatadi. Bu portret ustida rassom uzoq izlanishlar olib borgan va asari uchun tarixchi Ali Yazdiyning Temur haqidagi tavsifi, Temurning vatani Shahrisabzda mahalliy tiplarni kuzatish va o‘rganish hamda antropolog olim Sergey Gerasimovning Temurning boshjjuyagi asosida yaratgan haykal portreti asos bo‘lganligini bilamiz. Portretda rassom Temurga xos shijoat, g‘ayrat, doim atrofga sinchkovlik bilan boquvchi zabardast, qoshlari katta (Ali Yazdiy uni shunday ta’riflagan), yoshi o‘ta boshlaganiga qaramay tetik bo‘lgan shaxs qiyofasini gavdalantirgan. Sohibqironning ustidagi bezakdor kiyimi, qo‘lidagi qilichi uning oliy hukmdorligidan darak beradi. ». Ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek portreti uchun o‘tkazilgan tanlov g‘olibi Akmal Ikromjonov, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdining To‘ra Kuryazov tomonidan yaratilgan ikonagrafik portretlari ham tarixiy materiallarni chuqu o‘rganish, qiyosiy taqqoslash asosida yuzaga kelgan. Bu portretlarning har biri o‘zining g‘oyaviy plastik yechimiga ega. Lekin ularda mualliflarning tasvirlanuvchi shaxsga bo‘lgan zo‘r e’tibori va faxr tuyg‘ulari yotadi. Bu portretlar keyingi milliy tarixiy-tasviriy asarlar uchun asos qilib olindi. Tasviriy san’atda rangtasvir avvalgi yillardagidek yetakchi o‘rinni egallab, ayni shu san’atda izlanishlar olib borildi. Tarixiy mavzudagi asarlar asosan realistik talqin etilishi bilan xarakterlanadi. Mustaqillik yillarida xalq qahramonlari Alpomish, Spitamen, Go‘ro‘gli siymolari birinchi bor rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika san’atida yaratildi. Temur davri malikalari qiyofasi ochildi. Bu yillarda milliy mavzuga e’tiborning ortishi tarixiy janr rivojiga katta turtki berdi. Temur va temuriylar davriga atab shu yillarda qator janrli kompozitsiyalar paydo bo‘ldi. Malik Nabiyev, Chingiz Axmarov, Ne’mat Qo‘ziboyev, Qutlug‘ Basharov, Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov, Sa’dulla Abdullayev, Erkaboy Masharipov, Alisher Aliqulov va boshqalar shu mavzuda yirik asarlar yaratishdi. Har bir zamon o‘z zamondoshlarining qiyofasini ko‘rishni istaydi. Bu tabiiy. Chunki davr kishilarining ruhiy olami, ularning xarakteri, tabiatga bo‘lgan qiziqishlari shu san’atda o‘z ifodasini topadi. Sobir Rahmetov, Muhammad Nuriddinov, Yigitali Tursunnazarov, Chori Bekmirov, O.Bakirov, Bahodir Salomov va boshqa rassomlar ijodida shu san’atning yangi qirralarini ko‘rish mumkin. Manzara va natyurmort janrida ham shakl, nur va rangga boy salmoqli asarlar yaratildi. Rahim Ahmedov, Ne’mat Qo‘ziboyev, Akmal Ikromjonov, Anvar Mirsoatov, Yunusovlarning manzara va natyurmortlari o‘zining his-tuyg‘ularga boyligi kabi xislatlari bilan yangi davr ruhini ifodalaydi.


Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin