O‘rganilish darajasi : Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar masalaning mohiyatiga bo`lgan yondashuv tubdan o`zgarib,endi tarix haqqoniy ravishda ilmiylikka asoslangan holda yoritila boshlandi. Bu davrda yaratilgan ishlarga H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, V.Ishquvvatov, Sh.Mahmudovlarning Sh.H.Vohidov, Z.Ilhomov, 7ilmiy ishlarini ko`rsatib o`tish mumkin. H.Z.Ziyoyevning ―Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash‖ asari, ―Turkiston chor mustamlakasi davrida‖ kabi asarlar keyingi yillarda nashr etilgan ishlar orasida o`zining mukammalligi bilan alohida o`rin tutadi.
Maqsadi:Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning o‘rganish.
Vazifasi: -Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi
-Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari
- Mustaqillik yillarida Xiva xonligi tarixigabag‘ishlangan asarlar tahlili
-Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar
Davriy chegarasi.XX asr oxiri – XXI asr boshlari.
Tadqiqot obyekti.Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar.
I.Bob.Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi.
1.1 Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar xalqimizning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, yosh avlodda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ularini tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham istiqlol yillarida respublikamizda tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni tiklash va ulardan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklarni asrash va qayta tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi”67. Hozirgi kunda respublikada 7216 ta yodgorlik davlat muhofazasiga olingan bo’lib, shundan 2248 tasi me’morchilik, 1695 tasi arxeologik yodgorliklardir. Respublika hukumati ushbu yodgorliklarni saqlash, ularning ayrimlarini qayta tiklash, tarixiy obidalardan unumli foydalanishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni ishlab chiqib, uni qadam-baqadam amalga oshirib kelmoqda. Istiqlol yillarida respublika hukumati tarixiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash ishiga katta e’tibor berdi. Bu ishlar asosan davlat byudjeti hisobidan amalga oshirildi. Ayni vaqtda homiylar, xayriya jamg'armalari va “Oltin meros” jamg'armasining imkoniyatlari ishga solindi. Natijada mustaqillik yillarida bu sohaga sarf qilingan mablag'lar yildan-yilga oshib bordi, tarixiy va me’moriy yodgorliklar restavrastiya qilindi va qayta ta’mirlandi. Agar sobiq ittifoq davrida respublikadagi tarixiy va madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va tiklash ishlariga 1989 yilda 10,28 mln rubl ajratilgan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki, 1992 yilda respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hajmi 65,4 mln rublni, 1996 yilda esa 592 mln so’mni tashkil etdi.
“Buxoro haqiqati” va “Buxoronoma” gazetasi sahifalarida Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalarga oid maqolalar ham chop etilgan. Gazeta sahifalarida ma’muriy inshoot binolaridan Ark va Sitorai Moxi Xossaga bag’ishlangan O.Jo’rayev, N.Naimov, X.Ahmedov, N.Yo’ldoshev, A.Xalilovlarning69 maqolalari, shu bilan birga, Buxorodagi muqaddas qadamjoylar, masjid, madrasalar, qadimgi savdo inshootlari va karvonsaroylar xususidagi J.Mirzaahmedov, R.Almayev, A.Mo’minov K.Jumayev, N.Naimov, A.Xalilov, S.Buxoriy, A.Xalimov, Yo.Yusupov va S.Salimovlarning70 ilmiy maqolalari keng o’rin olgan. Ushbu maqolalarda vohadagi tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalariga bag’ishlangan. Jumladan, Buxorodagi ma’muriy inshoot binolaridan Ark tarixi to’g’risida N.Naimov, X.Ahmedov, A.Xalilovlovlar gazeta sahifalaridagi ilmiy maqolalarida yoritib berganlar.
Arkning asoschilari Siyovush va Afrosiyob tarixiy shaxslar bo’lganligi N.Yo’ldoshev maqolasida quyidagicha izohlab beriladi: “Siyovush otasi Kaykovus Ahamoniylar sulolasidan bo’lib VI asrda Eronda hukmronlik qilgan. Abu Rayhon Beruniy Siyovushnig o’g’li Kayxusrav Xorazmda hukmron bo’lganligini tarixiy faktlar asosida tasdiqlaydi. Buxoro majusiylari Afrosiyob va Siyovush qabrini muqaddas bilib sajda qilganlar. Buxoro, Samarqand, Xorazm xalqlari qadimgi an’analarni davom ettirib Buxorolik musulmonlar XX asr boshlariga qadar Siyovushni shahid bo’lganlar qatorida, qabrlarini ziyoratgohga aylantirib, Siyovushni vali (madadkor) deb bilganlar”. Yuqoridagi dalillardan tashqari Siyovush zamonida yashab kelayotgan mahalliy urf odatlar va an’analar borki uning tarixiy shaxs ekanligidan dalolat beradi. Birinchidan, Buxoro arkining sharqiy darvozasi Dari Kohfurushon (Somonfurushon) deb atalgan chunki, darvozaning pastidagi maydonchada Buxoro arki paydo bo’lgandan buyon dehqonlar somon, beda va boshqa mol ozuqalarini keltirib sotganlar. Ikkinchi dalil Siyovush shahid bo’lgandan keyin “Dari Kohfurushonda” ko’milgani uchun bu darvoza “Dari Go’riyon” deb atalgan. Qadimgi so’g’d va fors tilida “qabr”-go’r degan manoni bildiradi. Uchinchi dalil Siyovushning xotirasiga bag’ishlab aytiladigan Mug’lar yig’isi marsiyasi, o’zgargan holda vafot etgan kishining o’lgan kuni, “begoyi juma”, “qirq oqshomi” marosimida oymullalar tomonidan marsiya aytish odat tusiga kirib qolgan. To’rtinchi dalil Navro’z kuni ertalab erkakalar tomonidan xo’roz so’yilib, bu an’ana ham o’zgartirilgan holda saqlangan. Navro’zda xo’roz so’yish odat ga aylanib, buni buxoroliklar “Qozon to’ldi”deb ataydilar . Ushbu me’moriy majmuaning qadimiy inshootlardan bo’lishiga qaramay mustaqillik yillarigacha bo’lgan davrda binoning ta’mirlanishiga yetarli darajda e’tibor berilmagan. Sovet hokimiyati yillarida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tomonidan qabul qilingan dastlabki dekretlarning birida Respublika xalq maorif nozirligi huzurida “San’at va tarixiy yodgorliklarni muxofaza etish seksiyasi” tuzilgan. Seksiya ta’mirlash ishlarini qayta tiklashdan boshlab 19211922yillarda Arkning g’arbiy devori ta’mirlandi. Lekin keyinchalik ta’mirlash ishlari olib borilmagan edi. Ark devorlarini tiklashga 1 mln so’m kerakligi, ushbu mablag’ning yetarli emasligi va O’zbekiston SSR Madaniyat Minstirligining Restavratsiya ilmiy tadqiqot institutui tomonidan faqat uning g’arbiy devorini ta’mirlash bo’yicha loyiha ishlab chiqilib, devorning janubiy qismi ning ta’mirlanish rejasi ishlab chiqilmaganligi, Arkni ta’mirlash ishlariga partiya, sovet tashkilotlari va jamoatchilik birlashm alari diqqatini jalb qilish lozimligi N.Naimovning maqolasida aytib o’tilagan. XX asrning 80yillarida arkni tamirlash ishlari yetarli darajada e’tibor berilmagan. Ushbu davrda ark devorni ta’mirlash uchun bor yo’g’i 2 mingta g’isht ajratilgan edi .
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, mustaqillikning dastlabki yillarida Buxoro ilmiy ta’mirlash ustaxonasining bunyodkorlari A.Xo’jayev, M.Xo’jayev, S.Raxmatov, A.Pak, U.Troshuv, S.Rustamov, N.Fozilov, B.Xoldorov va X.Salomovlar Ark devorlarini qaytada n tiklash tadbirini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqqanlar. Sarmoya yetishmasligi sababli Arkni ta’mirlash tadbirlarini amalga oshirish uchun viloyat miqyosidagi korxonalar va tashkilotlar ushbu ta’mirlashni amalga oshirish uchun Sanoat qurilish bankining 002700050 hisob raqamiga mablag’ o’tkazishgan.3 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martda qabul qilgan “2020-yilgacha Buxoro shahri hududidagi madaniy meros obyektlarni ilmiy o’rganish, ta’mirlash va ularni zamonaviy foydalanishga moslashtirish bo’yicha davlat dasturi to’g’risidagi” qaroriga muvofiq Ark qal’asi qayta ta’mirlandi. Ta’mirlash ishlariga poytaxtdagi “Meros chashmasi” korxonasi loyihalovchilari jalb qilindi. Ular obyektni asl qiyofasini saqlagan holda qal’a devorini avvalgidan ham mustahkamlash tarxini tayyorlab berdilar. Buxoro azaldan sharqning yetti iqlimga tanilgan qadimiy shaharlardan biridir. Bunday shuhratning sabalaridan biri shahardagi ulug’vor masjid va madrasalardir. Buxoro shahrining markazidagi ulug’vor inshootlaridan biri Poyi Kalon ansambli o’zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Poyi Kalon ansambli tarkibidagi inshootlardan biri Masjidi Kalonning qayta-qayta yaratilish tarixiga nazar tashlab, Buxoroning rivojlanish va inqirozli bosqichlarini belgilash mumkin. Arslonxon qurdirgan mahobatli masjid Buxoroda barpo etilgan birinchi sajdagoh emas. Narshaxiyning naql qilishicha, Buxorodagi dastlabki masjid Muslimxonning taxt vorisi Qutayba tomonidan 713-yilda bunyod etilgan. Qutayba bu sajdagohni budparastlar ibodatxonasi o’rnida qurdirgan. O’sha davrda islom dini endigina Buxoroga kirib kelayotgan edi. Xorun ar-Rashid zamonida Ark qal’asi yaqinida mo’min musulmonlar jamoa bo’lib, namoz o’qib, bir-birlaridan ibrat olishlari uchun jome masjidi qurildi. Somoniylar hukmdori Ahmadning o’g’li Said Nasr hukmronligi yillarida Masjidi Kalon qulab tushib, minglab odamlar halok bo’lgan. X asr boshida Abu Abdulloh Muhammad masjidni qaytadan bunyod etib bu bino 60 yil muqaddas sajdogoh sifatida xizmat qilgan. Ibn Sino, Rudakiy, Narshaxiy singari buyuk zotlar shu masjidga tashrif buyurganlar. Masjidi Kalon saljuqiylar tomonidan XI asr o’rtalarida vayron etilgan edi. Shamsul Mulk masjidni qaytadan ta’mirladi. Uning minbar va mehrobi samarqandlik ustalar tomonidan tayyorlanib Buxoroga keltirilgan. Arslonxon hukmronligi yillarida jome masjidi ark qal’asi yonida joylashib istilochilar tomonidan vayronaga aylanganligi sababli masjidni Arkdan sharq tomonga qarab ko’chirishga qaror qilgan. Shu maqsadda shahristondan ko’pgina hovli joylar sotib olinib, buxorolik me’morlar shaharsozlik tarixida ilk bor bu inshootning samarqandlik ustalar tomonidan yasalgan mehrob, minbar va maksuralarni yaxlit tarzda yangi joyga ko’chirishdi. 1221-yil 12-martda masjid bunyod etilib husni jamoli islom olamiga ko’z-ko’z qilindi. Hozirgi Masjidi Kalon Abdullaxon davrida qurib bitkazilgan. U Markaziy Osiyodagi eng yirik jome masjidi hisoblanadi Sho’rolar davrida Masjidi Kalon uzoq yillar don tashkilotining omborxonasi vazifasini bajargan. Mustaqillik yillarida masjid faoliyati qaytadan tashkil etilib I.Karimovning Masjidi Kalonni ta’mir etish to’g’risidagi farmoniga binoan, masjid 1997-yilda ta’mirlash ishlariga alohida e’tibor berildi. 4
Masjidning ta’mirlanib asl holiga keltirilishi to’g’risida A.Xalilov o’z maqolasida quyidagi ma’lumotlarni keltirib o’tadi: “Tamirlash ishlari Usta Shirin Murodov nomidagi Buxoro maxsus ilmiy-ta’mirlash ustasi Baxshullo Murodov ta’mirlovchilar brigadasiga topshirildi. Masjid gumbazidagi niliy koshinlarning 3700dan ziyodi asl holida saqlanib, 160ga yaqini yangi tayyorlangan bezaklar bilan almashtirildi. Masjid galeriyasida 288 ta kichik gumbaz ta’mirlandi, 239 ta ustun poydevori mustahkamlanib, 40 ta ustun qaytadan tiklandi. 126,2 x 81,6m kattalikdagi ulkan inshootda barcha suvoq ishlari qo’lda bajarilib Masjidi Kalon eng ko’rkam ziyoratgohlardan biriga aylantirildi”76. Poyi Kalon ansamblidagi salobatli obidalardan biri Minorai Kalon. Minorai Kalon qurgan usta nomining minoradagi belbog’larning birida aks etganligi “Buxoro haqiqati” gazetasining 1965-yil 27-iyul sonidagi nashrida quyidagicha izohlab berilgan: “ Qoraxoniylardan Arslonxon tomonidan qurilgan Minorai Kalon ijodkori Usto Baqo bo’lib, me’mor binoni qurish davrida o’z nomini sirli yozuvlar bilan bitgan. Ma’lumki m inora tanasi bir necha naqshdor halqalardan iborat bo’lib, ular orasi turli geometrik shakldagi bezaklar bilan to’ldirilgan”. Minora o’rta qismidagi bir halqada kufiy harflar bilan “mim” harfi yuqorisida ortiqcha “ayn” bor, “alif” esa “lom” harfiga o’xshab ketadi, “yo” harfi esa “be” kabi yozilgan. Xatning oxiridagi ortiqcha “alif” harfi va yuqorisidagi “qof” harfiga tegishli ikki nuqta bor. Hamma ko’rsatilgan harflar qo’shib o’qilganda “Amole Baqo” ya’ni Usto Baqo jumlasi kelib chiqadi . Buxorodagi eng katta ta’lim muassasalardan biri Miri Arab madrasasidir. Miri Arab madrasasining tarixi to’g’risida S.Buxoriy o’z ilmiy maqolasi Arab nomi bilan mashhur bo’lgan zotning asl ismi Said Abdullohdir ta’kidlab o’tgan . Shu bilan birga maqoladi da Miri ekanligini U kishi Yamanning Hazarmavut mavzesida tug’ulgan. “Juxfat azZoiriy”da yozilishicha Hazarmavutda Hud Alayhissalomning qabrlari bo’lgan. Said Abdulloh amir bo’lgan, lekin 22 yoshida dillariga alloh taollo ishqi paydo bo’lib, tojutaxtdan voz kechib Samarqa Kafshir guzarida Xo’ja Ahror Valiy su h ndga keladilar va uyerda Xo’ja batlariga yetishadi. Qisqa vaqt ichida Xo’ja Ahrordan irshid xati olib, buyuk pir darajasiga yetishadi. Zayniddin Vosifiyning ”Badoye ul vaqoye” asarida ta’kidlanishicha Mir Arab Turkisto nning Sabron degan joyida koriz, Shofirkon, Vobkent, G’ijduvon ariqlarini qazdirib, Shofirkon rudi(arig’i)ni Ubaydulloxon ibn Sulton sharafiga Sulton obod deb ataganlar. Asarda yana ta naqshbandiya tari ’ kidlanishicha Miri Arab Ubaydulloxonning piri bo’lib, qatining rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan. 1512yil Erondan Najmi Soniy boshliq 80 ming qo’shin Movraunnahrga hujum qilganlarida Buxoro xoni Ubaydulloxon va Jonibek sultonlar qochganlarida, Mir Arab Turkistondan Buxoroga kelib uni jang qilishga chorlab, jangda g’alaba qilishini aytadi. Mustaqillik yillarida Prezident I.Karimov tashshabbusi bilan madrasa faoliyatini tubdan yaxshilash uchun samarali ishlar olib borildi. O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2003yil 22avgustdagi qaroriga asosan mazkur madrasa diplomi davlat ta’lim hujjati deb e’tirof etildi Buxorodagi eski asosiy ko’chalar tutashgan Labi Hovuzni Buxoroni qalqib turgan yuragiga qiyos etishadi. 5 Ilmiy tadqiqot muallifi A.Xalilov ushbu me’moriy majmuaning tarixini ochib berishga harakat qilib quyidagilarni keltirib o’tadi: “ Labi Hovuz majmuasining birinchi inshooti Ko’kaldosh madra sasi 1568yillarda qurilgan. 160 hujradan iborat ushbu madrasada Zaliliy, Shukuriy, Abdulqodir Savdo, Maxtumquli, Ergash Jumanbulbul, Berdi Kerboboyev, Jalol 1569 Ikromiy kabi adiblar o’qishgan. Labi hovuz majmuasining ikkinchi inshooti 1622 yilda qurilganNodir Devonbegi xonaqohi hisoblanib, bino tuzulishi oddiy bo’lib, an’anaviy katta gumbaz va bir necha kichik xonalardan iborat. Bino ichkarisi o’zining kengligi bilan ajralib turadi. Nodir devonbegi ushbu binoni tiklashdan avval uning oldida katta tosh ho vuzni qurdirishgan. Bu hovuz tarixga “Havzi bazo’r” ya’ni “zo’rlik hovuzi” nomi bilan kirgan. Bu iboraning arabcha yozuvidan 1620 kelib chiqadi” 80 . XX asrning 50-- yil, ya’ni hovuzning bapo etilish sanasi yillarida hovuz qurutilib, uning zinalarida tribunala r, tubida esa voleybol maydonchalari tashkil etilgan. 60yillarda madaniy jamoatchilik talabi bilan hovuzga suv quyilib asl holiga keltirilgan. Labi hovuzning uchinchi inshooti sifatida qurilgan Nodir devonbegi madrasasi 162223yillarda qurilgan bu binon ing ochilish marosimida Imomqulixon uni to’satdan madrasa deb e’lon qilgan. Karvonsaroy qaytadan qurilib madrasaga moslashtirilgan. 1920yil sentabrga bu binoga Mirzo Narzullo kulubi nomi berilgan. Keyinchalik bino yosh tomoshabinlar teatriga, tikuvchilik ustaxonasiga aylantirilgan. 1970yilda yodgorlikni ta’mirlash jaroyinida ajoyib sur’at “tipirchilab turgan oxuni changallab quyosh tomon uchayotgan ikki afsonaviy qush tasviri” yaratildi. Mustaqillik yillarida buxorolik naqqoshlarning go’zal bezaklari bila n jilolangan bu bino chet el sayyohlarining sevimli maskaniga aylangan. Buxoro aholisi VIII asrda islom dini kirib kelgunga qadar zardushtiylik diniga e’tiqod qilib, aholining bu dinga sig’inganligini ko’rsatuvchi Mag’oki Attori masjidi hisoblanadi. Tarixc hi mutaxasis N.Naimov o’z ilmiy tadqiqotlardan birini Mag’oki Attori masjidi va unda olib borilgan izlanishlarga bag’ishlaydi. Olim o’z ilmiy tadqiqotlarini Narshaxiy ma’lumotlariga tayangan holda yoritib beradi. Buyuk tarixnavis Muhammad Narshaxiy Abul Ha “Xazoniy ulsan Nishopuriyning ulum” asariga tayanib, qadim zamonlarda buxoroliklar otashparastlar mabudasi Anaxitaga sig’inganligi va uning but va sanamlarini har yili sotib olganliklarini, bu but va sanamlar hozirgi Mag’oki Attori masjidi atrofida yilida 2 marta o’tkaziladigan gavjum bozorda xarid qilinganligini, bozorda o’n ming do’kon bo’lib har safar ellik ming dirhamlik savdo qilinganligini va podsho savdo sotiqni rivojlantirish maqsadida bu yerda otashparastlar butxonasini qurdirganligi N.Naimov o’z maqolasida qayt etib o’tadi. Arab istilosidan keyin aholiga islom dinini singdirish maqsadida butxona va bozor yo’q qilib tashlangan. Masjid XII asrda qayta bunyod etilib uning janubiy peshtoq qismi hozirgi davrgacha saqlangan. Bu peshtoqning yaratilish m islomgacha bo’lgan fors me’morchiligi uslibida qurilgan O’tgan asrning 3081 . aqomi yillarida V.Shishkin rahbarligidagi olimlar masjid atrofida izlanishlar olib borib, binoning eng qadimgi janubiy peshtoqi ostini 6 metr chuqurlikda qazib, masjid ostidan otas hxona qoldig’ini topishdi. Qazishmalar natijasida turli davrlarda obida o’rnida ustmaust uchta bino barpo etilganligi aniqlandi. Eng pastda dastlabki birinchi qurilgan qadimgi otashparastlar butxonasining uch metrlik paxsa devori ochilgan. Keyingi ikkinch i devor Abu Muslim otashxonani vayron qilib, o’rniga qurdirgan va Mag’oki Attoron ya’ni chuqurlikdagi bozor deb atalgan devor qoldiqlari. Tadqiqotchilar masjidning eng qadimgi binosini Sankt Ermitajda qo’yilgan Sosoniylar davriga mansub laganPeterburgdagi da aks ettirilgan feodal qasrga monand bo’lgan degan fikrni bildirishgan. Masjidning sharqiy peshtoqi va qolgan butun qismi XVI asrda Ubaydulloxon davrida bunyod etilgan. 1860 Buxoroda bo’lib o’tgan qattiq zilzila obidaga shikast yetkazib uning qo’shyilda gumbazi qulab tushgan. 1970yilda Abu Ali Ibn Sinoning ming yillik yubileyiga tayyorgarlik munosabati bilan obida memor V.Filiminov loyihasi asosida tubdan ta’mir etilgan.6 Mustaqillik yillarida Respublikada xizmat ko’rsatgan madan Salo mov rahbarligid tikladilar. agi ta’mirlovchilar obidaning to’rt i yat xodimi Aminjon asr oldingi qiyofasini K.Jumayev, A.Mo’minov, J.Mirzaahmedov, R.Almeyevlar gazeta sahifalaridagi ilmiy maqolalarida Buxoroning muqaddas qadamjolaridan Buxoro v iloyat Vobkent tumanidagi Chashmai Ayub. Istiqlol yillarida ushbu me’moriy majmuaning qayta ta’mirlanib asl holiga keltirilishi to’g’risida “Buxoro haqiqati” gazetasining 1999yil 15may so nida “Chor Bakr tarixiy yodgorligini ta’mirlash” sarlavhasidagi maqolada quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: 1999yil me’moriy majmuani ta’mirlash bo’yicha ish boshlanib, shu yil Buxoro viloyat hokimi tomonidan 1 atrofini ta’mirlash vaprel kunini “Chor bakra uni obodonlashtirish kuni boshlangan” kun deb e’lon qildi”. “Buxoroyi sharif” jamg’armasi huzurida S.Baratov boshchiligida memoriy majmuani ta’mirlash direksiyasi tashkil etildi. Yodgorlikni ta’mirlash bo’yicha bosh pudratchi tashkil etilib, “Shirin Mur odov nomidagi maxsus ilmiy ishlab chiqarish va ta’mirlash” ustaxonasi belgilandi. Ularga Samarqand, Qarshi, Shahrisabzdan mutaxasislar jalb qilingan. Respublika budjetidan ta’mirlash ishlarini tezlashtirish maqsadida 20 mln so’m mablag’ ajratilgan. Viloyat bosh memori Maxmud Axmedov boshliq ijodiy guruh loyihasi asosida Chor Bakr majmuasida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib memoriy majmua asl holiga keltirilgan.7 Mustaqillik yillarida obidalarimizni ta’mirlanib qayta yosharishida Buxoro ilmiy restavratsiya ishlab chiqarish ustaxonasining yetakchi murabbiyssi Ah mad Boymurodovning hissasi salmoqli bo’lib, u deyarli qirq yildan ziyod umrini memorchilikka bag’ishlaydi. Mirzo Ulug’bek, Abdullaxon, Modarixon, Ark, Bahouddin Naqshband maqbaralari, Navoiydagi Mir Said Bahrom obidasi va Qosim Shayx daxmasi A.Boymurodovni ng qo’li bilan ta’mirlangan. Ahmad Boymurodov va u Boymurodovlar, aka kishining o’g’illari Ravshanjon, Rahimjon va Raxmatjon uka Zarif va Sharif Rahimovlar, Qo’shmurod Xolliyev, Raxmatjon Ashurov, Bahodir Hamdamov, Yoqubjon Obidjonov singari ustalar Masjid i Kalonni qayta tiklashda va Miri Arab madrasasi old qismi peshtoqlariga koshinkorlik ishlarini amalga oshirib, Poyi Kalon ansamblini asl holiga keltirishda o’z hissalarini qo’shganlar. Yuqorida bildirilgan fikrlarga asoslanib “Buxoro haqiqati” hamda “Buxoronoma” gazetalari sahifalarida Buxoro vohasida mavjud tarixiy yodgorliklar va ularning tamirlanish tarixi masalalariga oid maqolalar O’zbekiston tarixining bir qismi hisoblangan Buxoro tarixi masalasini tadqiq etuvchi olim va tadqiqotchilar uchun muhim ma’lumotlar berishi bilan ahamiyatlidir.