Kurs ishi mavzu: Oʻzbekistonda qatagʻonlik siyosati va uning oqibatlari mavzusida Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi


Sovet hokimiyatining Oʻzbekistonda qatag'onliklarga



Yüklə 298,08 Kb.
səhifə6/8
tarix07.01.2024
ölçüsü298,08 Kb.
#208261
1   2   3   4   5   6   7   8
Sharipov Shohruh YANGII

2.2 Sovet hokimiyatining Oʻzbekistonda qatag'onliklarga
qarshi xalq norozilik harakatlari.
O`zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar milliy davlatchilik an`analarini qayta tiklash va milliy o`zlikni anglashga katta e`tibor qaratilgan. Vatanimiz tarixining bosqichlarini ilmiy asosda o`rganish va unga obyektiv baho berish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.Sovet hokimiyati yillaridagi 38“asossiz ravishda qilingan ommaviy qatag`onlarni, kollektivlashtirish va sanoatlashtirish davrida turmushning asosiy negizlari shafqatsizlik bilan barbod qilingani, xalqlarning ma`naviy qadriyat va an`analari qalbakilashtirilgani”maxsus tadqiq qilinmoqda. Bunda sovet hokimiyati uchun xavfli deb topilgan dehqonlarga nisbatan siyosiy sabablar, sinfiy, ijtimoiy, diniy belgilariga ko`ra qo`llanilgan qatag`on siyosatini yoritish, begunoh qurbon bo`lgan insonlar xotirasini tiklash zaruriyatiga aylandi. “
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab qo`yilgan “jismonan sog`lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan,Vatanga sodiq, qat`iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish”kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga yo`naltirilgan davlat siyosatini takomillashtirishda yoshlarda tarixiy xotirani va tarixiy ongni shakllantirish, ularda Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat tuyg`ularini kuchaytirishni taqozo etmoqda. “Qatag`on qurbonlarini yod etish kuni” ga bag`ishlanga 2017-yil 31-avgustdagi tadbirda ta`kidlanganidek, “``Ajdodlarimizning Vatan tinchligi va ozodligi yo`lidagi kurashi bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabidir.
Har bir viloyatda Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyining filiallarini tashkil qilishimiz kerak.Ular universitet va institutlar qoshida tashkil etilsa, ayni muddao bo`lar edi.39Qatag`on qurbonlari xotirasi bo`yicha maktab darsliklarida maxsus dastur asosida o`qitish tizimini ham ishlab chiqish zarur”3 ekanligi ommaviy qatag`onlar paytida zulm va zo`ravonlik qurboni bo`lgan, istiqlol yo`lida jon fido etgan insonlarning hurmati xotirasini joyiga qo`yish mavzuning ijtimoiy jihatdan ham dolzarbligini belgilaydi.
Sovet hokimiyatining kollektivlashtirish siyosati jarayonida o`zbek qishloqlaridagi zo`ravonliklari, ma`muriyatchilik va qatag`on siyosati, iqtisodiy bosim (soliqlar, majburiy sug`urta va zayomlar), diniy va milliy qadriyatlarning oyoqosti qilinishi dehqonlarning ommaviy noroziligini keltirib chiqardi. 1930- yil yanvardan kolxoz qurilishidagi o`zboshimchalik va qonunsizliklarga bo`lgan dehqonlarning noroziligi va qarshiligi oddiy, yashirin shakldan chiqib oshkora ommaviy harakatga aylandi. Bu ommaviy harakatlarda qishloq aholisining barcha qatlamlari qatnashdi.Aynan, shu harakat ishtirokchilarining juda katta qismi qatag`on obyektiga aylanganligi bois, kolxoz qurilishiga qarshi dehqonlarning norozilik chiqishlari va uni ommaviy harakatga aylanishi bo`yicha faktik materiallarni tahlil qilish katta ahamiyatga egadir.
Respublikamiz va xorijda e`lon qilingan, maxfiylik tamg`asi bekor qilingan hujjat va materiallar to`plamlari, arxiv hujjatlari 1930 yilning birinchi choragida O`zbekiston qishloqlarida kolxoz qurilishi bilan bog`liq o`ta murakkab va keskin siyosiy vaziyat yuzaga kelganligidan guvohlik beradi.40
OGPUning mutloqo maxfiy ma`lumotnomalari, ma`ruza varaqalari, mahalliy partiya va sovet organlarining shoshilinch telegrammalarida O`zbekiston qishloqlarida ommaviy noroziliklar nafaqat kollektivlashtirish siyosatiga, balki butun Sovet xokimiyatiga qarshi qaratilganligi haqidagi tashvishli xabarlar o`z aksini topgan.Ulardagi o`zbek dehqonlarining kolxoz qurilishiga qarshi norozilik chiqishlarining ommaviy harakatga aylanishi sabablarini ko`rsatuvchi faktik materiallarni tahlil qilish katta ahamiyatga egadir. Bu faktik materiallarga asoslanib dehqonlarning norozilik chiqishlarini passiv va aktiv shaklda bo`lganligini kuzatish mumkin.Dehqonlarning kollektivlashtirish siyosatidan noroziligining dastlabki ifodasi mahalliy sovet organlari zo`ravonlik bilan amalga oshirayotgan qonunbuzarliklar ustidan yuborilgan ommaviy shikoyatlar (murojaatlar) hisoblanadi.1929 yil kuzidan 1930-yil bahorigacha I.I.V.Stalinning nomiga 50 mingga yaqin norozilik xati yuborilgan.
Butun ittifoq Markaziy Ijroiya qo`mitasi va MIQ Prezidiumi hamda “Butunittifoq oqsoqoli“ M.Kalininning shaxsan o`ziga qariyb 85 mingta shikoyat kelib tushgan4. Kollektivlashtirish davrida O`zbekiston SSR Sovetlari MIQ raisi, “O`zbekiston oqsoqoli“ Yo`ldosh Ohunboboev, Xalk komissarlar Soveti raisi Fayzulla Xo`jayev va O`zKP(b) MK kotibi Akmal Ikromovlarning xalq orasidagi mashhurligi eng yuqori darajaga chiqqan.
Dehqonlarning xatlari to`g`ridan to`g`ri ularning nomiga yuborilgan yoki bevosita shikoyat bilan murojaat qilingan. 1930 yil 22 fevralda Fayzulla Xo`jaev CHust – Pop rayoni Pop qishlog`ida kolxoz qurilishidan norozi bo`lgan 500 kishilik dehqonlar bilan uchrashib ularning “bizga kolxoz kerak emas“ degan mazmundagi shikoyatlarini qabul qilgan. Ularning shikoyatlarini tekshirib tegishli chora ko`rish haqida vada bergandan keyin aholi uning so`zlariga ishonib uylariga tarqagan.1930-yil 6-martda esa Yangi Buxoro rayoni Siplon qishlog`idan 300 kishi Fayzulla Xo`jaev bilan kollektivlashtirishni bekor qilish haqida gaplashish uchun Buxoroga kelgan.Uni topolmaganlaridan keyin boshqa hech kimga murojaat qilmay tarqalganlar.41
Andijon okrug Izboskan va Marxamat rayonlarida boy dehqonlarning yerdan qisman va butunlay voz kechish haqida ariza berishlari kuchayib borib, 24 fevralda jamoa bo“lib berilgan arizalar soni 150 taga etgan.1930 yilning martida esa Qashqadaryo, Beshkent, Koson rayonlarida kolxozlarga qarshi kayfiyat kuchayib, kolxozdan chiqish istagini bildirgan jamoaviy arizalar soni ortib borgan.Shunday arizalardan 272 tasi ro`yhatga olingan.42
“Qishloqlarning mushtumzo“r tabaqalari ichidan bo“lgan kishilar tomonidan qishloq xo`jaligini kolektivlashtirishga zarar keltirish va uning ko`tarilishiga halal berish maqsadlarida hayvonlarni nobud qilish yoki qasddan mayib qilish hamda bu ishga boshqalarni qo`shish “ shu joydan chiqarib yuborish barobari yoki undan boshqa 2 yilga qadar qamoq jazosiga sabab bo`ladi”,“ deb bayon qilindi.
Joylardagi mahalliy ijroqo`mlar tomonidan qarorni bajarish bo`yicha har bir joyning o`z hususiyatlaridan kelib chiqib tegishli chora tadbirlar belgilandi. Xususan,Andijon Okrug ijroqo`mining 1930-yil 6-fevraldagi № 47 majburiy qarori bilan umumlashtirilgan va yakka dehqon xo‘jaliklaridagi so‘yiladigan hayvonlarini yosh chegarasi qat’iy belgilab qo‘yildi. Qarorga ko‘ra otlar 12 yoshgacha, buzoq 3 yoshgacha, ho‘kiz 1 yoshgacha, sovliq qo‘y 2 yoshgacha, sovliq echki 1 yoshgacha so`yilishi man qilindi.
Naslli hayvonlarni, sog`in sigir va bolali qo`ylarni so`yishga mutloqo yo`l qo`yilmasligi, 6 yoshgacha bo`lgan ish hayvonlari (ot va ho`kizlar)ni yilning 1 fevralidan 1 iyuligacha so`yish mumkin emasligi belgilab qo`yildi. Ammo, qaror hech qanday samara bermadi, aksincha, hayvonlarni so`yish, sotish va tog`li hududlarga, cho`llarga haydab ketish kuchaydi.Ayniqsa, hayvonlar narxining keskin pasayishi kuzatildi.1930-yilning 21 - 24 - fevral kunlari Samarqand bozoriga 1000 boshdan ortiq ishchi hayvonlari va Qashqadaryodan katta miqdorda bug`doy va guruch sotish uchun olib kirilgan.
Kelayotganlar: ``Sotmasang, baribir kolxozga tortib olib qo`yadi, undan ko`ra arzon bo`lsa ham sotgan yaxshi, deb aytganlar.8 28-fevralda Toshkent okrug To`ytepa bozoriga ham ko`p hayvon olib kelingan. 200 - 250 so`m turadigan ot 80 - 100 so`mga sotilgan.Eski shahar bozorida esa yanvar oyida 150 - 160 so`m turgan ho`kiz 50- 55 so`mga sotilgan.Govmish sigir 60 so`mga, boshqalari 25-30 so`mga tushib ketgan.43
Qo`ylar 30-50 so`m o`rniga 12- 15 so`mga sotilgan. Sirdaryo bozorida esa qo`ylarning narxi 5-7 so`mgacha pasayib ketgan.Buni holatni sotuvchilar kommunaga bekorga topshirgandan ko`ra arzon garovga sotib yuborgan yaxshi“ deb izohlaganlar.Sovet xokimiyatining qishloq xo`jaligini yoppasiga kollektivlashtirish siyosatidagi zo`ravonliklar va adolatsizliklar qishloq aholisining siyosiy faolligini kuchayishiga va ommaviy harakatlarning keskin o`sishiga olib keldi.1930 yildagi ommaviy chiqishlar boshqa yillardagi antisovet harakatlardan – kolxoz tuzumiga qarshi qaratilganligi bilan ajralib turadi.Ulardagi kolxozga qarshilik xarakteri oldingi yillardan ko`ra yaqqolroq namoyon bo`lgan.1930- yildagi Ittifoq bo`yicha kollektivlashtirish bilan bog`liq dehqonlarning norozilik chiqishlari quyidagi jadvaldan kuzatishimiz mumkin:

Yüklə 298,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin