Kurs ishi mavzu: Oʻzbekistonda qatagʻonlik siyosati va uning oqibatlari mavzusida Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi



Yüklə 298,08 Kb.
səhifə7/8
tarix07.01.2024
ölçüsü298,08 Kb.
#208261
1   2   3   4   5   6   7   8
Sharipov Shohruh YANGII

1930 yilda dehqonlarning ommaviy norozilik chiqishlari dinamikasi

Oylar

Ommaviy
chiqishla

Ommaviy chiqish qatnashchilarining
jismoniy kuch ishlatishi

Qurolli kuchlar
bilan

Nechta

Jami

shundan







r soni

holatd a

jabrlandi (faollar)

O`lga n

yarad or
bo`ldi

Kaltak
- landi

bostirild i

Yanvar

402

80

147



5

142

5

Fevral

1048

167

279

33

23

223

108

Mart

6528

778

1505

91

106

1308

807

Aprel

1992

208

452

2

33

417

56

May

1375

114

218

2

5

211

3

Iyun

886

72

149

2

11

136

4

Iyul

618

83

171

3

10

158

3

Avgust

256

36

79

1

1

77

1

Sentyabr

159

20

35



7

28

2

Oktyabr

270

30

73

13

3

57

2

Noyabr

129

17

28



5

23

2

Dekabr

91

11

19



3

18



1930 yil Bo`yicha



13754



1616



3155



147



212



2796



993

O`rta Osiyo bo`yicha dehqonlarning ommaviy chiqishlari va norozilik harakatlari dinamikasini kuzatadigan bo`lsak, yanvarda -1, fevralda - 29, martda -219 marotaba ommaviy chiqishlar bo`lgan.O`zbekiston dehqonlarning ommaviy 44chiqishlari 1930 yilning fevralida Xorazm,Farg`ona, Qashqadaryo va Surxondaryo okruglari qishloqlarini qamrab olgan.


Kolxoz qurilishi bo`yicha tushuntirish kampaniyasini olib borishga yuborilgan vakil va qishloq soveti raisini o`ldirish haqidagi xitoblar yangragan. OGPU tomonidan 10 kishidan iborat tashkilotchilar hibsga olingan.Xuddi shunday holat Yangi Urganch rayoni Chandir qishlog`ida ro`y bergan.Bolta va kaltaklar bilan qurollangan ayollar kolxoz tuzish bo`yicha tushuntirish o`tkazayotgan vakil va qishloq soveti raisini o`ldirishga tahdid qilib, yig`ilish o`tkazilayotgan zalga bostirib kirganlar.45
Yig`ilish buzilgan, kaltaklangan vakil qo`shni chaylaga qochib yashiringan va u yerda militsiya kelguncha o`tirgan. ``Terror, Yo`qolsin kolxoz``“ hayqiriqlari bilan olib borilgan.
Farg`ona okrugida siyosiy ahvol nihoyatda keskinlashgan,ommaviy chiqishlarning qurolli qo`zg`olonga o`sib chiqish xavfini tug`dirgan.Ommaviy chiqishlarning hududiy qamrovi kengayib borgan va Sovet hokimiyatini sarosimaga solgan o`ta jiddiy siyosiy vaziyat yuzaga kelgan. Bundan tashvishga tushgan O`zSSR partiya va sovet organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari O`zKP(b) sekretari Lepa, XKS raisi Fayzulla Xo`jaev, O`zGPU raisi Perkon boshchiligida Farg`onaga yetib kelib vaziyatni yumshatish bo`yicha chora- tadbirlar ko`rishga, hatto yordamga OGPUning qurolli kuchlarini chaqirishga majbur bo`lganlar.
1930 yilning mart oyidan dehqonlarning ommaviy norozilik chiqishlari Sovet Ittifoqining barcha hududlarini qamrab oldi va o`zining eng yuqori nuqtasiga chiqdi. Ittifoq bo`yicha shu oyning o`zida dehqonlarning 6528 ta ommaviy chiqishlari qayd qilingan bo`lib, fevral oyidagi chiqishlardan 5480 taga ko`pdir. O`rta Osiyoda fevralda 29 ta ommaviy chiqish qayd etilgan bo`lsa, mart oyida bu ko`rsatkich “ 219 taga etgan.
O`zbekistonda esa fevral oyining oxirgi besh kunligi va 17 mart oralig`ida 33873 kishi qatnashgan 78 marotaba ommaviy norozilik chiqishlari bo`lib o`tgan.46OGPU rahbariyatining VKP(b) kotibi I.V.Stalinning shaxsan o`ziga yuborgan “O`rta Osiyodagi vaziyat haqida” gi ma`ruza varaqasida kollektivlashtirishga qarshi O`rta Osiyodagi ko`p kishilik ommaviy chiqishlarni “eng katta havf tug`diruvchi asosiy va jiddiy e`tibor qaratishga molik bo`lgan siyosiy vaziyat“ sifatida baholagan. O`zbekistonda mart oyining o`zida 70 ta ommaviy harakat qayd etilgan bo`lsa, shundan
59 tasi bevosita kolxoz qurilishiga qarshi qaratilgan. 53 ommaviy chiqish ishtirokchilarining soni aniqlangan bo`lib 30143 tani tashkil etgan.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston iqtisodiy va madaniy jihatdan mustamlakachilik rejasiga buysundirilgan edi. Respublika kog`ozdagina mustaqil bo`lib, amalda esa har tomonlama «katta og`a»ga qaram va tobe o`lkaga aylangan.
Faqat 1937–1939- yillarda O‘zbekistonda hammasi bo‘Iib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan olti ming 920 nafari otib tashlangan. 37 ming nafari esa turli muddatga qamoq va surgunlarga hukm etilgan. XX asrning 20–40-yillarida Cho‘lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Munavvar Qori, Elbek, Rafiq Mo‘min singari bir-biridan iste’dodli adiblar ma’rifat targ‘ibotchilarini ham qatag‘on to‘lqini o‘ziga tortdi. Shuningdek, o‘zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Said Ahmad, Shukurullo “Xalq dushmani” deb e’lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib, o‘zlari qamoqqa olinib, stalincha lagerlarga jo‘natildi.
Eng so‘nggi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o‘rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublikada umuman bo‘lmaganini to‘Ia tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksilinqilobiy tashkilotlar qatag‘on tuzumi buyurtmasi asosida Markaz va uning jazo organlari tomonidan atayin to‘qib chiqarilgan va hayotga izchil tatbiq etilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh insonlar shafqatsiz jazolangan, umrlari xazon bo‘lgan. XX asr boshidan 40-yillargacha 450 ming vatandoshlarimizga nisbatan “jinoiy ish” ochilgani, ularning hayoti ostin-ustun bo‘Iib ketgani faktdir.
Xullas, 20-30 yillarda O`zbekistonda amalga oshirilgan sanoatlashtirish siyosatini bosh maqsadi respublikani istiqbolda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borishini ta`minlaydigan iqtisodiy poydevordan mahrum qilish va uni sho`rolar xo`jalik mexanizmining bir buyrug`iga aylantirishdan iborat edi.Sho`rolar tomonidan 20-yillarning oxiri 30 yillarida amalga oshirilgan va o`zining mash`um oqibatlarini qoldirgan tadbirlardan yana biri qishloq xo`jaligini jamoalashtirish siyosati edi.Bu masala «Lenincha sosializm qurish rejasi» ning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Stalincha qatag'on respublikamiz hayotining barcha sohalari uchun qonli fojialar, beadad yo'qotishlar bilan to'Iib toshgan davrbo'ldi.U millionlab odamlaming taqdir - qismatida asoratli iz qoldirdi va mislsiz xunuk oqibatlarni yuzaga keltirdi. Shunga qaramay, xalqimiz bukilmas irodasini, matonatini namoyon etib, yorug', cha-rog'on kunlar kelishiga intilib, kurashib yashadi.U stafincha qatli omning har qanday shiddatiga dosh berib, o'z asriy qadriyatlarini, udumlari, rasm - rusumlarini saqlab, imon - e'tiqodida sodiq qoldi va hamisha milliy istiqloi sari dadil harakatlanishda davom etdi.
Biz, milliy istiqloi davri kishilari jonajon yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo'lida kurashib, stalincha qatag'on qurbonlari bo'lgan aziz insonlar xotirasini doimo qafbimiz to'rida saqlamog'imiz kerak.Bu har birimiz uchun farzu qarzdir.Yurtboshimizning 2001— yil 1-maydagi farmoni bilan har yili 3 -avgust kunini «Qatag'on qurbonlari» xotirasini nishonlash kuni deb e'lon qilinganligi g'oyatda quvonarlidir.Bu hozirgi avlodning shahid ketganlar xotirasi oldidagi ehtiromining umumxalq e'tirofidir.
Stalincha totalitar-mustabid tuzum bedodligi va zulmning haddan ziyod kuchayib borishi davomida nafaqat yurtparvar milliy kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzi, qismati zavol topdi, balki shu bilan birga millionlab yurt fuqarolarining oddiy insoniy qadr-qimmati, or - nomusi toptaldi, tahqirlandi.
G'addor tuzum zulmkorlari o'z g'ayriqonuniy xatti-harakatlarini avj oldirib, bunda har bir inson-ning yurish - turishi, kundalik mashg'uloti, muomalasidan tortib to uning qanday tafakkur yuritishigacha bo'lgan hamma jarayonlarni ham o'z nazoratiga olishga intilganlar.Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa insonlar erki, irodasini jiloviash, uni muayyan chegara doirasida ushlab turish va shu yo'l bilan badkirdor tuzum sha'niga dog4 tushirmaslik, uning soxta obro' - nufuzini asrash, avaylash edi.



Yüklə 298,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin