Kurs ishi mavzu: Raqobatning turli modellarida narxning shakllanish xususiyatlari


Mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari



Yüklə 209,19 Kb.
səhifə4/11
tarix16.05.2023
ölçüsü209,19 Kb.
#114242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Kurs ishi mavzu Raqobatning turli modellarida narxning shakllan

1.3. Mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari
Real bozorlar, odatda, nomukammal raqobat muhitida bo‘ladi va ularni oligopoliyaga yoki monopolistik raqobatga kiritish mumkin. Bu vaziyatga qaramasdan, bozor tuzimalalarini tadqiq qilish mukammal raqobat modelini tahlil qilishdan boshlanadi.
Birinchidan, bu model, raqobat sharoitlariga (ya’ni, firmalar tarmoqqa erkin kirib chiqa oladigan, asosan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozori) yaqin bozolarni tadqiq qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, mukammal raqobat bozori misolida xar bir firma oldida turgan asosiy masala, ya’ni, o‘z daromadini maksimallashtirish uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerak, firmaning iqtisodiy muvozanat sharoiti qanday degan muammolari hal qilinadi.
Va nihoyat, uchinchidan, mukammal raqobat modeli real tarmoqlar samaradorligini va ularning monopollashuv darajasini baholash imkonini beradi. Mukammal raqobat modelining xususiyatlari:
Firmalar mahsuloti bir turdagi bo‘ladi, shuning uchun iste’molchilarga qaysi ishlab chiqaruvchidan mahsulot sotib olishning farqi yo‘q. Tarmoqdagi barcha tovarlar absolyut o‘rinni bosuvchi tovarlar hisoblanadi. Bu degani, bir ishlab chiqaruvchi tomonidan narxlarni bozorga nisbatan kam miqdorda bo‘lsa ham, oshirish uning mahsulotiga bo‘lgan talabning nolga tenglashishiga olib keladi.
Bozordagi iqtisodiy subyektlar soni cheklanmagan miqdorda ko‘p, ularning yalpi tarmoqdagi ulushi nisban past. Mukammal raqobat sharoitida firma tarmoqning ko‘zga ko‘rinmas oz qisminigina bozorga taklif qilishi mumkin. Alohida firmaning (alohida iste’molchining) sotuv (xarid qilish) xajmini o‘zgartirish haqidagi qarori mahsulotning bozordagi narxiga ta’sir qilmaydi. Bozordagi narx sotuvchilar va xaridorlarning birgalikdagi xarakatlari natijasida shakllanadi.
Bozorga kirish va chiqishning erkinligi. Bozorda turli xildagi cheklovlar va ta’qiqlashlar umuman bo‘lmaydi. Davlatning talab va taklif mexanizmiga aralashuvi ham umuman bo‘lmaydi. Bozorga kirish va chiqishdagi erkinlik barcha resurslarni absolyut tarzda minataqalar aro va tarmoqlararo erkin xarakatlanishiga yordam beradi.

Yüklə 209,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin