Kurs ishi mavzu


Xotira haqida tushuncha. Xotira turlari va ularning xususiyatlari



Yüklə 43,11 Kb.
səhifə6/12
tarix03.06.2022
ölçüsü43,11 Kb.
#60529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning xususiyatlari

Xotira haqida tushuncha. Xotira turlari va ularning xususiyatlari.
Xotira - atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv xolda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat psixik jarayon alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik (yunon. «mnema» - xotira) faoliyat, psixikaning «tanasi» sifatida namoyon bo’ladi.
Xotira shaxs psixik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o’tmishda yuz bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham hozirgi, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ruyobga chiqishini ta’minlaydi. Inson ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qola oladi. Ma’lum bo’lishicha, bir vaqtning o’zida odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo’lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu ettita so’z, son, belgi, narsaning shakli bo’lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili bo’lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo’lardi. Demak, ongning tanlovchanligi va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatish yana bir psixik jarayonni - xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi.
Inson xotirasining mukammal bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko’rgankechirganlarimizning mazmuni to’laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog’liq:
- esda saqlab qolish bilan bog’liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
- shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishga nechog’lik qiziqish
bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
- shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining
qandayligiga;
- shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
- irodaviy kuchi va intilishlariga.
Psixologik ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, xotira - barcha ruhiy jarayonlarning eng muhim tasnifi bo’lishi bilan bir qatorda, inson shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta’minlab turadi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari to’g’risida muayyan tartibda ma’lumot berish imkoniyatiga ega. Xotira faol jarayon bo’lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar bilan ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini tasavvur qilishiga bevosita bog’liq bo’ladi. Eng xarakterli narsa shuki, inson faqat eshitgan ma’lumotining 10 foizini, eshitgan va ko’rgan narsasining 50 foizgachasini, o’zi faol bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Bu ko’plab psixologik eksperimentlarda isbot qilingan. Shaxsning o’zi o’ylab topib, o’zi bevosita bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Bu hodisa psixologiyada generatsiya effekti deb ataladi.
Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100 minggacha so’zni eslab qolishi mumkin. Masalan, mashhur kompyuter dasturchisi Bill Geyts minglab kodlarni yoddan biladi, deyiladi. Sarkarda Aleksandr Makedonskiy esa askarlarini nomma-nom sanab bergani haqida rivoyatlar bor. O’z navbatida kishi xotirasi juda ko’p omillarga bog’liq ekanini ham unutmaslik lozim. Kimdir ko’rganini, kimdir eshitganini yaxshiroq eslab qoladi. Shuningdek, kishi xotirasida qiziqqan narsasi tezroq o’rnashadi. Ba’zan esa ma’lum hissiy kechinmalar unutilgan voqealarni qayta jonlantirgan holatlar uchrab turadi. Hatto til o’rganishga qobiliyati yo’q, deb hisoblangan kishilar begona mamlakatga tushib qolganida, xotiralaridagi yangi qirralar kashf etilgani ham tajribalarda o’z isbotini topgan. Yoshi qirqdan oshgan kishilar gap orasida «Xotira chatoq-da, qarichilik endi!» deb qo’shib ketishi odatiy hol. Aslida esa bunday emas. Ana shu bahonaga tayanadiganlar ko’pincha faol o’rganish davri tugaganidan keyin o’rganishga ishtiyoqni yo’qotishadi va xotirani zo’r berib ishlatmasliklari natijasida shu ko’yga tushib qolishadi. Vaholanki, xotirani charxlash kundalik ishiga aylanib qolgan,byoshi etmishga etgan aktyorlar butun boshli olishlari barchaga ma’lum. Germaniya va AQSh kabi bir qator xorij mamlakatlarida esa, nafaqaga chiqqandan keyin talabaga aylanadigan qariyalar ko’plab topiladi. Ular odatda ijtimoiy-gumanitar fakultetlarga o’qishga kirishadi va yosh hamkurslari bilan baravar mashg’ulotlarni o’zlashtirib, imtihonlar topshirishadi.
Idrok - sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’lad va aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok tushunchasining (lotin tilidan - «perceptio» qabul qilish) yuqori bosqichi esa appertsentsiya deyiladi. Appertseptsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o’zini ilm saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o’simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko’rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindoshurug’chilik shaklida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrofmuhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, xususiyatlarni aks ettiradi. Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obektiv (haqqoniy, holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga boliq bo’lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi. Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi. Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo’lib, ba’zan qo’rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi qo’zg’alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin. Gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko’rinishga ega bo’lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir:

  • yo’q narsalarningko’zga ko’ri nishi;

  • u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi;

  • yo’q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.

Illuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning noto’g’ri - noadekvat, yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir. Ba’zan psixologik fanida noto’g’ri idrok qilishga olib keluvchi qo’zg’atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» - tashqi tuzilishida o’xshashlik, o’zaro o’xshashlik, joylashuvda yondashuvlik) o’zi ham illuziya deb ataladi. Idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo’ya olishga, unga berilgan ustanovkaga uzviy bog’liq holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir.
Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda
idrok qiladi. Figura - shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko’rish, eshitish va tuyish mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo’lib, aniq obyektni ajratishga yordam beradi. Masalan, gavjum bozorda ketayotgan xolatda o’z ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o’sha tarafga qaraymiz. Ism - figura bo’lsa, bozordagi shovqin - fon rolini o’ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, biz biror narsani idrok qilayotgan paytimizda uni albatta biror fondan ajratib olamiz. Masalan, gul bozorida aynan qip-qizil atirgul sizga yoqib qolib, o’shani xarid qilasiz, qolgan gullar fonday ongingiz aktiviga o’tmaydi.
Idrok - borliqdagi ko’plab, xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta’minlaydi. Ya’ni, idrok asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o’ziga nisbatan soddaroq bo’lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning shaklini, hidini, mazasini, rangini sezamiz, ya’ni alohida - alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu - sezgilarimizdir.
Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutloqo qarshilar. Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo’lib, unda shaxsning u yoki bu obyektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol o’ynaydi. Masalan, buning isboti uchun ko’pincha Rubin figurasi tavsiya etiladi. Unda ikkita qora profil oq fonda berilgan. Bir qarashda ayrimlar bu rasmlarga qarab -vaza desa, boshqalar uni bir - biriga qarab turgan ikki kishi yuzining yon tomondan ko’rinishi, deb ta’riflashi mumkin. Shunisi xarakterliki, birinchi marta shu rasmni ko’rgan odam uni yaxlit idrok qilib, nima ekanligini tushunishga harakat qiladi, lekin biror figurani ko’rgach, ma’lum vaqtgacha boshqasini ko’rmay turadi. Fon xususiyatlari sababli paydo bo’luvchi ko’rish illuziyalarning paydo bo’lishiga xos ayrim «sirlar» haqida to’xtaladigan bo’lsak, to’q rang fonda shakllarning rangi asliga nisbatan biroz ochroq va aksincha, bo’lib tuyuladi (oppoq ko’ylakdagi siyoh dog’ini tasavvur qiling).

Yüklə 43,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin