Kurs ishi mavzu


Tafakkur haqida tushuncha



Yüklə 43,11 Kb.
səhifə5/12
tarix03.06.2022
ölçüsü43,11 Kb.
#60529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning xususiyatlari

Tafakkur haqida tushuncha.
Tafakkur – inson aqliy faoliyatinining yuqori shakli, real olamni aks ettirishning umumlashgan va bevosita usuli bo’lib, obektlar orasidagi bog’liqlik, bilish jarayoni, yangi bilimlarni ochish, ijodiy, muammoli masalalarni echishga qaratilgan jarayondir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bilvosita, umumlashgan xolda aks ettiruvchi psixik jarayon bo’lib, u ijtimoiy sababiy ichki bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari uni til bilan bevosita bog’liqligidir. Tafakkur nutqda namoyon bo’ladi. Tafakkur inson hayoti tajribasida sezgi, idrok va tasavvurlar asosida yuzaga keladi va rivojlanadi. Tafakkur tufayli sezgi va idrok asosida olamni aks ettirish yanada aniq va to’g’ri bo’ladi. Tafakkur borliqni umumlashgan holda aks etishidir. Qachonki muammoli vaziyat paydo bulganda tafakkur ishga tushadi.
Tafakkur - jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan
bog’liq, aloqador psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi jarayonida voqelikni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi.
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga
o’tadi. Biroq eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan bog’langan bo’ladi. Kishi tafakkur jarayonida hissiy bilish chegarasidan chetga chiqadi.
Tafakkur jarayonida fikrlash operatsiyalariga: analiz, sintez, taqqoslash,
umumlashtirish, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash va sistemalashtirish kiradi. Analiz - obyektning u yoki bu tomonlarini, elementlarini, xossalarini,
bog’lanishlarini, munosabatlarini ajratib olib, o’rganilayotgan obyektni har xil
komponentlarga (tarkibiy qismlarga) bo’lish demakdir. Analizning yordami bilan narsa va hodisalarning xususiyatlarini fikran yoki amaliy tahlil qilinadi. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish sintezdir. Sintez - narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun xoliga keltirishdir. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyatdir. Analiz va sintez o’zaro bevosita mustaxkam bog’langan yagona jarayonning ikki tomoni bo’lib, agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintezcqilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun xolda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash - predmetlar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni fikran birbiriga solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarni topish. Taqqoslash
operatsiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin:
 amaliy - konkret narsalarni bevosita solishtirish;
 nazariy - tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran
taqqoslash.
Inson shaxsiy faoliyatida, ta’lim jarayonida taqqoslash ustida qanchalik ko’p mashq qilsa, taqqoslash ko’nikmasi paydo bo’lsa, unda fikr yuritish shunchalik samarali bo’ladi.
Umumlashtirish - umumiy va muhim sifatlariga ko’ra predmetlarni guruhlashtirish, umumiylashtirish kabilar kiradi. Umumlashtirish deganda
psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi. Umumlashtirish asosida abstraktsiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraktsiyasiz mavjud bo’lishi mumkin, lekin abstraktsiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Narsa va hodisalarning, qonun va qonuniyatlarning ayrim belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr obyektiga aylantirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi - abstraktsiyalashdir.
Konkretlashtirish - mavhumlashtirishning teskari jarayoni bo’lib, ayrim xususiyatlarni konkret buyumida, predmetga qo’llashdir. U hodisalarni ichki
bog’lanish va munosabatlardan qat’iy nazar, bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.
Klassifikatsiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga
o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab, narsalarni turkumlarga ajratish tizimiga aytiladi. Fan olamida buyuk kashfiyot bo’libhisoblangan D.I.Mendeleyevning «Elementlarning davriy tizimi» jadvali klassifikatsiya uchun yorqin misoldir.
Sistemalashtirish operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va obyektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o’rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi. Tafakkur shakllari psixologiyada tushuncha, hukm, xulosa chiqarish bosqichlarida ifodalanadi.
Tushuncha - inson voqelikni bilish jarayonida narsalarni bir-biri bilan
taqqoslaydi, ularning o’xshashligi va farqini aniqlaydi: analiz va sintez yo’li bilan narsa va hodisalarning mohiyatini ochadi, fikran ularning belgilarini ajratadi, bu belgilarni abstraktsiyalashtiradi va umumlashtiradi. Natijada odam voqelikdagi narsa va hodisalar to’g’risida tushuncha hosil qiladi.
Hukm - narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki
inkor qilib aytilgan fikrdir. Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq qilib ko’rsatilsa, bunday hukm xato yoki yolgon hukm deb ataladi. Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi.
Xulosa. Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil
bo’lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega.
Psixologiyada xulosa chiqarish jarayonida foydalanilgan tayyor hukmlar asoslar deyiladi, ularni taxlil qilib chiqarilgan yangi hukm esa xulosa deb ataladi.

Yüklə 43,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin