1-Bob. Iqtisodiyotda tovar-moddiy zahiralar haqida umumiy tushuncha va ularni korxonada moliyaviy, iqtisodiy samaradorligiga uzviy bog’liqligi.
1.1. Iqtisodiyotda tovar-moddiy zahiralar haqida umumiy tushuncha va ularni korxonada moliyaviy, iqtisodiy samaradorligiga bog’liqligi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 14 noyabrdagi 132-sonli «O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) «Tovar-moddiy zaxiralari»ga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi buyrug‘i» (2002 yil 20 noyabr, ro‘yxat raqami 486-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002 y., 22-son). Mazkur BHMSning maqsadi tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxsga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) mulk huquqida tegishli bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobi uslubiyati va moliyaviy hisobotda aks ettirilishini belgilash hisoblanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy qoidalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash; tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusi xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish; tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash); ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish tartibi.
Tovar moddiy zahiralari korxonaning aylanma mablag'larida faoliyat sohasiga
qarab, 30 foizdan 90 foizgacha bo’ladi. Korxonaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli
ko'p jihatdan ana shu tovar moddiy zaxiralaridan foydalanish samaradorligiga bog’liq. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz davom etib turishida tovar moddiy zahiralarining o'rni juda kattadir. Tovar-moddiy zaxiralar keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.