Курс иши мавзу


Korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni baholash tartibi



Yüklə 309,81 Kb.
səhifə5/14
tarix07.01.2024
ölçüsü309,81 Kb.
#202646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
di

2.1. Korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni baholash tartibi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda tovar-moddiy zaxiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning oqilona sarflanishiga rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmog‘ini minimallashtirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Tovar-moddiy zahiralarini baholashda ularni tannarxi yoki sof sotish qiymatlari bo'yicha hisobga olish mumkin. TMZ larini hisobga olishda shu ikkala qiymatidan qaysi biri kichik bo'lsa o'sha qiymat bo'yicha hisobga olinadi.
TMZlarini tannarxi yoki sof sotish qiymatlari bo’yicha hisobga olishda turli usullarda foydalanish mumkin. Ularni asosiylari quyidagi chizmada keltirilgan:

TMZ larni baholash





Sof sotish qiymati bo’yicha

Tannarxi bo’yicha



Aholida moddalar bo’yicha hisobga olish usuli

Asosiy Tovar guruhlari bo’yicha hisobga olish usuli

Umumiy hajmi bo’yicha hisobga olish usuli

Yalpi identifikatsiya usuli

O’rtacha hisoblangan qiymat usuli

Birinchi xarid narxlari bo’yicha baholash usuli

Oxirgi xarid narxlar bo’yicha baholash usuli


TMZ tannarxi bo’yicha hisobga olinganda uning tarkibiga TMZlarini sotib olish, (xarid qilish) oilib kelish va joylashtirish bilan bog’liq barcha xarajatlar, ularni qayta ishlash xarajatlari va boshqa xarajatlar kiritiladi .


Demak, TMZ sotib olish bilan bog’liq xarajatlarlarga quyidagilar kiradi:

  • tovar-moddiy zahiralarini harid qiymati;

  • import zahiralar uchun bojxona bojlari va to'lovlari;

  • mahsulotni sertifikatsiyalash xarajatari;

  • tayyorlov vositachilk tashkilotlariga to’langan komission to'lovlar;

  • soliqlar (korxona keyinchalik qaytarib olishi mumkin bo'lganlardan tashqari, masalan, QQS);

  • zahiralarini sotib olish bilan bog’lik transport-tayyorlov xarajatlari, xizmat ko'rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bog'liq boshqa xarajatlar.

Korxonalarning tovar-moddiy zahiralari tarkibi xilma-xil bo'lganligi uchun ham ular turlicha tayorgarik holarida bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham ularning ba'zilari, ya'ni hech qanday ishlov berilmaganlari xarid narxlari bo'yicha hisobga olinsa, boshqalari, ya'ni ma'lum qayta ishlovlardan o'tganlari, ushbu holatga kelguncha ketgan barcha xarajatlarini o'z ichiga olgan holdagi qiymatida aks ettiriladi.
Qayta ishlash xarajatlari tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita (to'g'ri) yoki bilvosita (egri) xarajatlarga shuningdek, o’zgaruvchi va o’zgarmas xarajatlarga afratilishi mumkin.
Bevosita xarajalar - bu tayyor mahsuloting birligini ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq xarajatlardir. Ular jumlasiga:

  • Ishlab chiqarishga talluqli moddiy xarajatlar;

  • Asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi;

  • Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari kiradi.

Yuqorida keltirigan xarajatlar o'zgaruvchi xarajatlar bo'lib hisoblanadi.
Chunki, ularning hajmi bevosita mahsulot ishlab chiqarilishi bilan bog'liq mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshsa, uning miqdori ham oshib boradi.
Bilvosit xarajatlar - bular ishlab chiqarish jarayonida xizmat ko'rsatish bilan bog'liq ishlab chiqarish xarajatlaridir. Masalan; yordamchi ishchilarning vaqtbay ish haqi, ishlab chiqarish asosiy vositalarining amortizatsiyasi, ishlab chiqarish asosiy vositalarining joriy va kapital ta'mirlash xarajatlari va mahsulot hajmining o'sishi doimiy xarajatlari.
Boshqa xarajatlar tovar-moddiy zahiralarini kerakli joyga keltrish bilan bog'liq bo'lgan transport va ularni tegishli holatda ushlab turish bilan bog'liq bo'lgan boshqa xarajatar (tayyor mahsulotni omborga tashib keltirish yakka taribdagi buyurtmalar bo'yicha tovarlarni konstruksiya qlish xarajatlari va boshqalar).
Ma'lumki, mahsulotlarning ishlab chiqarish tovar-moddiy zahiralari tannarxiga qo'shilmagan xarajatlari davr sarflari sifatida tan olinadi. Ular jumlasiga:

  • Sotish bo'yicha sarflar;

  • Boshqarish bo'yicha sarflar (ma'muriy sarflar);

  • Boshqa operatsion sarflar va zararlar.

Tovar-moddiy zahiralari tannarxi bo'yicha hisobga olishda faoliyat turlari xususlyatlarini hisobga olish lozim. Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi va xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi korxonalarda TMZni hisobga olishda ma'lum tafovvutlar mavjud.
Xizmat ko’rsatish korxonalarida tovar-moddiy zahiralari tannarxiga quyidagilar kiritiladi:

  • Xizmat ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan xodimlarning ish haqi;

  • Boshqaruv va nazorat qilish bilan bog’liq xodimlarning ish haqi;

  • Xizmat sohasida, boshqaruv va nazorat sohalarida ishlayotgan xodimlarning ish haqlariga hisoblangan ijtimoiy sug’urta xarajatlari;

  • Xizmat ko’rsatish jarayonida yuzaga kelgan boshqa ustama xarajatlar.

Bu yerda ham, sotish va ma'muriy boshqarish bilan bog'liq bo'lgan ish haqi va boshqa xarajatlari, shuningdek, agar texnik jarayonda ko’rib o'tilmagan bo'lsa, ishlab chiqarish tsiklining alohida bosqichlari o'rtasida tovar-moddiy zahiralarni saqlash xarajatlari tovar-moddiy zahiralari tannarxi tarkibiga kiritilmaydi va ular yuzaga kelgan davr sarflari sifatida tan olinadi.
Ma'lumki mahsulotlar (bajarilgan ish va xizmatlar) tannarxini hisobga olish usuli ishlab chiqarish turi, mahsulot turi va uning murakkabligiga bog'liq holda tanlanadi.

Yüklə 309,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin