1. Yevropa valyuta tizimining rivojlanishi
90-yillar Yevropa hamjamiyatining avvalambor Yevropa erkin savdo
assosiatsiyasi mamlakatlari hisobiga yanada kengayishi bilan nishonlandi. 1993 yildan boshlab Yevropa iqtisodiy hududi tashkil etildi va unga 1960 yilda Buyuk Britaniya tashabbusi bilan tashkil etilgan Yevropa erkin savdo assosiatsiyasi mamlakatlari savdo-iqtisodiy guruhi (Shveysariyadan tashqari) qo’shildi.
Yevropa erkin savdo assosiatsiyasiga dastlab Avstriya, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya, Shveysariya davlatlari kirgan. 1970 yilga kelib esa ularga Islandiya, 1986 yilda Finlyandiya va 1991 yilda Lixtenshteyn qo’shildi. Buyuk Britaniya, Daniya, Portugaliya, Shvetsiya va Finlyandiya mamlakatlarining Yevropa hamjamiyatiga o'tib ketishi oqibatida ushbu Assosiatsiyaning ahamiyati ancha pasaydi.1
Yevropa kelishuvlariga asosan Yevropa hamjamiyatining hozirgi kundagi a'zolari bo'lib Polsha, Vengriya, Chehiya, Sloveniya, Bolgariya va Ruminiya singari Sharqiy hamda Markaziy Yevropa davlatlari hisoblanadi. 1993 yilning noyabr oyidan boshlab Yevropa iqtisodiy, siyosiy va valyuta ittifoqining (qisqacha nomi YEI - Yevropa Ittifoqi) tashkil etilishi to’g’risidagi Maastrixt kelishuvi kuchga kirdi1.
YEIning maqsadlari quyidagicha:
1) xo’jalik hayotini davlatlararo muvofiqlashtirish zaminida iqtisodiy va siyosiy ittifoqni tuzish;
2) YEIni superdavlatga aylantirish;
3) jahon bozorida AQSh va Yaponiya monopoliyalariga qarshi raqobat kurashini olib borish maqsadida G’arbiy Yevropa markazining mavqeini mustahkamlash;
4) jamoa kuchi yordamida G’arbiy Yevropa mamlakatlarining sobiq mustamlakalari bo'lmish rivojlanib borayotgan davlatlarni o'z ta'sir doirasida ushlab turish.
1-jadval2
sanasi
|
Xuquqiy asosi
|
Мaqsadi
|
Azolari
|
25.03.1957 y.
|
Evropa iqtisodiy hamjamiyatini tashkil
etish to`g`risidagi Rim kelishuvining imzolanishi
|
Bojxona ittifoqi va yagona ichki bozorni shakllantirish
|
Germaniya, Fransiya, Belgiya,
Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya
|
08.04.1965 y
|
EI Kengashi va
Komissiyasini ta’sis etish
|
|
Germaniya, Fransiya, Belgiya,
Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya
|
01.07.1968 y
|
Bojxona ittifoqi shakllanishining tugash
|
|
Germaniya, Fransiya, Belgiya,
Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya
|
29.06.1985 y
|
Oq kitobning nashr etilishi
(279 ta chora-tadbirlardan iborat yagona ichki
bozorning shakllanishini tugatish rejasi)
|
Yagona ichki bozorga o`tish
muddatlarining belgilanishi – 1992 yil dekabr
|
Germaniya, Fransiya, Belgiya,
Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya, Buyuk Britaniya,
Daniya, Irlandiya, Gresiya,
Ispaniya, Portugaliya
|
17.02.1986 y.
|
“Yagona Evropa Akti”ning imzolanishi
|
06.02.1992 y.
|
EI to`g`risidagi
Maastrixt shartnomasining imzolanishi
|
Iqtisodiy va valyuta
ittifoqining tuzilishi
|
Germaniya, Fransiya, Belgiya,
Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya, Buyuk Britaniya,
Daniya, Irlandiya, Gresiya,
Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Finlyandiya, Shvetsiya
|
1.01.2002 y.
|
Iqtisodiy va valyuta ittifoqining shakllanishi
|
Muomalaga yagona valyuta – evroning kiritilishi
|
Germaniya, Fransiya, Belgiya,
Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya, Buyuk Britaniya,
Daniya, Irlandiya, Gresiya,
Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Finlyandiya, Shvetsiya
|
YEI rivojlanish jarayonida olti marta kengaydi va hozirgi vaqtda 27 ta mamlakatni o`zida birlashtiradi.
G’arbiy Yevropa integratsiyasi o'zining 3 xususiyatli tomoni bilan boshqalardan farq qiladi. Birinchidan, YEI 6 mamlakatning ko'mir va po'lat umumiy bozoridan 15 davlatning integratsiyalashgan xo’jalik kompleksi hamda siyosiy ittifoqigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Istiqbolda YEIga Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari qo’shiladi (YEI tasnifi bo'yicha bundaylarga Litva, Latviya, Estoniya ham kiradi), Mal'ta, Kipr hamda Turkiya davlatlarining kirishi ham ehtimoldan holi emas. 1994 yilning 24 iyunidan boshlab Rossiya va MDHning bir qator davlatlari YEI bilan hamkorlik to’g’risida shartnoma tuzdilar.
Ikkinchidan, YEIning institutsional tarkibiy tuzilishi davlat tarkibiy tuzilishiga yaqinlashtirilgan va quyidagi organlarni o'z ichiga oladi:
-Yevropa Kengashi (1974 yildan boshlab a'zo-mamlakatlar davlatboshchilari va hukumatlarining yig’ilishlari YEIning oliy organiga aylandi);
-Vazirlar Kengashi - qonun chiqaruvchi organ (Yagona Yevropa dalolatnomasining kuchga kirishi munosabati bilan 1987 yilning iyulidan boshlab qaror qabul qilishdagi konsensus tamoyili oddiy ko'pchilik tamoyili bilan almashtirildi, 50ta qo'mitada a'zo-mamlakatlar elchilari ishlaydi);
-YEI Komissiyasi (YEIK) - ijro etuvchi organ;
-Yevropa Parlamenti - maslahat organi, YEIK va Vazirlar Kengashi faoliyatlarini nazorat qiladi, YEI byudjetini tasdiqlaydi, Maastrixt shartnomasiga muvofiq uning vakolatlari kengaytirilgan;
-YEI Sudi - huquqiy me'yorlarga rioya etilishining nazorat organi;
-Iqtisodiy va Ijtimoiy qo'mita - tadbirkorlar vakillari, kasaba uyushmalari hamda shu kabilarning tarkibidagi maslahat organi.
Uchinchidan, integratsion jarayonning moddiy asosi bo'lib bir qismi YEI umumiy byudjeti mablag’lari hisobiga shakllantirilgan ko'pchilik qo'shma fondlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |