Kurs ishi mavzu: Yevropa valyuta tizimi va uning rivojlanish xususiyatlari


Yevropa ittifoqining kengayish bosqichlari



Yüklə 155 Kb.
səhifə3/6
tarix19.06.2023
ölçüsü155 Kb.
#132507
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi mavzu Yevropa valyuta tizimi va uning rivojlanish xus

Yevropa ittifoqining kengayish bosqichlari
2-jadval3



sanasi

Mamlakatlar

Soni

1957 yil 25 mart

Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Fransiya

6

1973 yil 1 yanvar

Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya

9

1981 yil 1 yanvar

Gretsiya

10

1986 yil 1 yanvar

Ispaniya, Portugaliya

12

1995 yil 1 yanvar

Avstriya, Finlyandiya, Shvetsiya

15

2004 yil 1 may

Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta,
Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya

25

2007 yil 1 yanvar

Bolgariya, Ruminiya

27

Iqtisodiy integratsiyaning ajralmas qismi bo'lib valyuta integratsiyasi hisoblanadi, ya'ni - valyuta siyosatini muvofiqlashtirish jarayoni, valyutani tartibga solishning milliy mexanizmini shakllantirish, davlatlararo valyuta-kredit va moliya tashkilotlarini tuzish. Valyuta integratsiyasining zaruriyati quyidagi sabablar bilan asoslangan:
1) tovarlar, kapitallar, ishchi kuchi harakatining erkinlashtirilishi sharoitida milliy iqtisodiyotlarning o'zaro bog’liqligini kuchaytirish uchun valyutani barqarorlashtirish talab etiladi;
2) Yamayka jahon valyuta tizimining barqaror emasligi YEIdan valyuta barqarorligi hududini tashkil etish orqali YEIni izdan chiqaruvchi tashqi omillar ta'siridan himoyalashni talab etdi;
3) G’arbiy Yevropa Yamayka valyuta tizimining asosi bo'lmish dollar ta'sirini cheklash, Yaponiya tomonidan kuchayib borayotgan raqobatga qarshi tura olish maqsadida yagona valyutali jahon markaziga aylanishga intilmoqda.
Valyuta integratsiyasining mexanizmi muvofiqlashtirishning valyuta-kredit uslublari yig’indisini o'z ichiga oladi. Ushbu uslublar yordamida milliy xo’jalik va valyuta tizimlarining bilvosita o'zaro yaqinlashuvi hamda moslashuvi amalga oshadi. Valyuta integratsiyasining asosiy elementlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
a) hamkorlikda suzuvchi valyuta kurslarining rejimi;
b) valyuta intervensiyasi, shu jumladan valyutalar bozor kurslarini markaziy kursdan oqishining o'zaro kelishilgan chegaralarida saqlab turish maqsadida qo'llab-quvvatlash uchun o'tkaziladigan kollektiv intervensiya;
v) xalqaro to'lov-zahira vositasi sifatidagi kollektiv valyutani yaratish;
g) valyuta kurslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida a'zo-mamlakatlarning o'zaro kreditlash qo'shma fondlari;
d) valyuta va kredit munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro hududiy valyuta-kredit hamda moliya tashkilotlari.

G’arbiy Yevropada valyuta integratsiyasining elementlari YEI tuzilgunga qadar ancha oldin shakllangan, ya'ni bunga Fransiya, Italiya, Bel'giya, Niderlandiya, Lyuksemburg va 1947 yilda ularga qo’shilgan Germaniyaning bosib olingan G’arbiy hududlari orasidagi ko'p tomonli valyuta kompensatsiyalari to’g’risidagi kelishuvlar; 1948 hamda 1949 yillardagi Iqtisodiy hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotining 17 davlati o'rtasidagi ichki Yevropa to'lovlari hamda kompensatsiyalari bo'yicha kelishuvlar; 1950-1958 yillardagi ko'p tomonli kliring - Yevropa to'lov ittifoqi kabilar sabab bo'lgan.


Asta-sekin valyuta munosabatlarini maqsadga muvofiqlashtirish, ya'ni milliy valyuta tizimlari va valyuta siyosatlari uslublarining tarkibiy tuzilmalarini o'zaro yaqinlashtirish; muvofiqlashtirgan holda boshqarish - o'zaro maslahatlar yo'li orqali valyuta siyosati maqsadlarini o'zaro kelishib olish; soddalashtirish - yagona valyuta siyosatini amalga oshirish kabilar uchun sharoitlar etildi. Biroq valyuta integratsiyasi jarayoni iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish bosqichidan boshlanadi. Ushbu ittifoq chegarasida raqobatning o'zaro teng shartlari va mazkur sohadagi qonunchilikni soddalashtirilishi asosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar, valyutalarning erkin harakati ta'minlanadi. Integratsiya jarayoni yagona bozorni shakllantirish va ushbu asosda iqtisodiy va valyuta ittifoqiga erishishga yo'naltirilgan bir necha bosqichdan iborat4.
1958-1968 yillarda (o'tish davri) bojxona ittifoqi tuzilgan edi. Bojxona bojlari va o'zaro savdodagi cheklovlar bekor qilindi, Yevropa Iqtisodiy hamjamiyatini xorij raqobatidan himoyalash maqsadida uchinchi davlatlardan tovarlar olib kirishga yagona bojxona to'lovi kiritildi. 1967 yilga kelib umumiy agrar bozori shakllandi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari baholarini muvofiqlashtirishning maxsus rejimi kiritildi. Qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish va fermer xo’jaliklarini xonavayron bo'lishdan saqlash maqsadida Yevropa Ittifoqining agrar fondi tashkil etildi. Bojxona ittifoqi iqtisodiy va valyuta siyosatining davlatlararo kelishuv elementlari bilan to'ldirilib borildi. Kapital va ishchi kuchi harakati bilan bog’liq ko'pchilik cheklovlar bekor qilindi.

Biroq sanoat va agrar tovarlar bilan o'zaro savdo borasidagi integratsiya iqtisodiyotning milliy davlat muvofiqlashtirilishini kuchsizlantirib yubordi. Milliy kompensatsiya mexanizmlarini barpo etish zarurati etildi. Ushbu munosabat bilan 1971 yilda YEI mamlakatlari iqtisodiy va valyuta ittifoqini bosqichma-bosqich 1980 yilgacha barpo etish dasturini qabul qildilar. Mazkur dasturning loyihasi ishlab chiqilishida avval qat'iy belgilangan kurslar zaminida valyuta ittifoqini barpo etish kerakligini yoqlab chiqqan "monetaristlar" (Fransiya boshchiligida) hamda avval iqtisodiy ittifoqni shakllantirishdan boshlash kerakligini va erkin suzuvchi valyuta kurslarini muqobil deb hisoblagan "iqtisodchilar"ning (asosan GFR vakillari) fikrlari bir-biri bilan to'qnash keldi. Tomonlarning ushbu tortishuvi 1969 yilda YEI davlatboshilarining Gaagada iqtisodiy va valyuta ittifoqlarini bir-biriga parallel ravishda barpo etilishi to’g’risidagi barchani qoniqtiradigan qarorining qabul qilinishi bilan qal qilindi. YEI Vazirlar Kengashi tomonidan 1971 yilning 22 martida 10 yilga (1971-1980 y.y.) mo’ljallangan bosqichma-bosqich amalga oshadigan "Verner rejasi" qabul qilindi.


Birinchi bosqichda (1971-1974 y.y.) valyuta kurslarining tebranish chegaralarini (avval +;-1,2%gacha va so'ng 0gacha) qisqartirish, valyutalarning to'la o'zaro almashinishini kiritish, valyuta siyosatini muqobillashtirish va maqsadga muvofiq boshqarish asosida soddalashtirish, iqtisodiy, moliyaviy hamda pul-kredit siyosatlari borasida o'zaro kelishish ko'zda tutilgan edi.
Ikkinchi bosqichda (1975-1976 y.y.) ushbu chora-tadbirlarni yakunlash ko'zda tutilgan edi. Uchinchi bosqichda (1977-1979 y.y.) milliy hokimiyatlarga tegishli ayrim vakolatlarni "Umumiy bozor" milliy organlariga berish, valyuta kurslari va baholarni qat'iy belgilangan paritetlar zaminida darajalari bo'yicha o'zaro birxillashtirish maqsadida Yevropa valyutasini yaratish ko'zda tutilgan edi. Yagona byudjet tizimini barpo etish, banklar faoliyati va bank qonunchiligini o'zaro muqobillashtirish rejalashtirilgan edi. Valyuta-moliyaviy muammolarni hal etish va YEI markaziy banklarining pul-kredit hamda valyuta siyosatlarini muqobillashtirish maqsadida AQSh Federal Zahira Tizimi shakli singari birlashtirish uchun yagona markazni ta'sis etish vazifalari qo'yilgan edi.
Valyuta integratsiyasining ushbu davrdagi jarayoni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha rivojlandi:
-valyuta-iqtisodiy siyosatni muqobillashtirish maqsadida hukumatlararo maslahatlar amalga oshirib borildi;
-YEI bir qator valyutalari kurslarining kichraytirilgan chegaralarda (Yevropa valyuta iloni) o'zaro birgalikdagi suzishi yo'lga qo'yildi;
-YEIning AQSh valyutasiga qaramligini kuchsizlantirish maqsadida valyuta intervensiyasini nafaqat dollarlarda, balki GFR markalarida (1972 yildan boshlab) ham amalga oshirildi;
-dastlab 0,888671 gramm sof oltinga, 1975 yildan boshlab esa YEI valyutalarining savatiga bog’langan Yevropa hisob-kitob birligi kiritildi;
-to'lov balanslarining muvaqqat kamomadini qoplash va banklar o'rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida davlatlararo o'zaro kreditlar tizimi shakllandi;
-asosan agrar "Umumiy bozor"ni valyuta-moliyaviy muvofiqlashtirish uchun ishlatiladigan YEI byudjeti barpo etildi;
-1967 yilga kelib qat'iy belgilangan, ammo qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan savdoning baholash va hisob-kitoblar borasida davriy ravishda o'zgaruvchan "ko'k kurslar"i o'rnatildi;
-agrar mahsulotlarining yagona bahosiga bo'lgan qo'shimcha haq yoki diskont shaklidagi soliqlar va subsidiyalarning valyuta kompensatsiyalari tizimi kiritildi. Ushbular EKYU kiritilgunga qadar dollarga tenglashtirilgan va milliy valyutaga "ko'k kurs" asosida qayta hisoblangan qishloq xo’jaligi hisob-kitob birliklarida o'rnatilgan. 1969 yildagi fransuz frankining devalvatsiyasidan so'ng mamlakatdagi "ko'k kurs" va baholarning ko'tarilishi munosabati bilan Fransiyadan YEIga eksport qilinadigan qishloq xo’jalik mahsulotlariga soliq hamda Fransiyaga YEIdan agrar mahsulotlar importi bo'yicha "manfiy" kompensatsiya summasi, ya'ni YEI byudjetidan subsidiya to'lanishi joriy etildi. Markaning 1969 yildagi revalvatsiyasidan so'ng huddi shunday tizim, eksport bo'yicha subsidiyalarni to'lanishi va agrar mahsulotlar importi yuzasidan soliqlarni kiritish xususiyatlari bilan GFR uchun ham o'rnatilgan edi. GFR Yevropa Iqtisodiy hamjamiyati byudjetiga "ijobiy" kompensatsiya summalarini to'lab keldi, 1999 yildan boshlab ushbu subsidiyalarning kamayib borish tendensiyasi shakllana boshlandi;
-Yevropa investitsiya banki, Yevropa rivojlanish fondi, Valyuta bo'yicha hamkorlikning Yevropa fondi va boshqa shu singari davlatlararo valyuta-kredit hamda moliya institutlari barpo etildi.
Integratsiya jarayonidagi birmuncha siljishlarga qaramasdan "Verner rejasi" amalga oshmay barbod bo'ldi. Ushbu esa YEIdagi kelishmovchiliklar, xususan milliy suverenitet va valyuta-kredit munosabatlarini milliy asosda tartibga solinishi oralaridagi kelishmovchiliklar, a'zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining differensiatsiyasi, 70-80 yillar boshidagi iqtisodiy inqiroz hamda boshqa omillar bilan bog’liqdir. YEI integratsiyasidagi uzoq muddatli turg’unlik holati 70-yillarning o'rtalaridan 80-yillarning o'rtalarigacha davom etdi.
"Yevropa valyuta iloni" rejimi kam samarali bo'lib chiqdi, chunki u YEI mamlakatlari valyuta iqtisodiy siyosatining muvofiqlashtirilishi bilan ta'minlanmagan edi. Natijada alohida valyutalarga bo'lgan chayqov tazyiqini pasaytirish maqsadida kurs nisbatlari tez-tez o'zgarib turdi. Ba'zi mamlakatlar valyuta kurslarini kichik chegaralarda saqlab turish uchun o'z valyuta zahiralarini sarflamaslik maqsadida "valyuta ilonidan" chiqdilar. 70-yillarning o'rtalaridan ayrim (GFR, Niderlandiya, Daniya, Bel'giya, Lyuksemburg va Fransiya muntazam ravishda) davlatlar valyuta kurslarining hamkorlikdagi suzishlarida ishtirok etdilar. Boshqa (Buyuk Britaniya, Italiya, Irlandiya va Fransiya muntazam ravishda) davlatlar esa yuqoridagiga nisbatan o'z valyutalarining individual erkin suzishini afzal ko'rar edilar.

70-yillarning oxirida iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etishning qidiruv ishlari jadallashdi. YEI Komissiyasi raisi R. Dyenkinsning loyihasida (1977 yilning oktyabri) Yevropa kollektiv valyutasi emissiyasining Yevropa organini barpo etish hamda YEIga a'zo-mamlakatlar iqtisodiyoti yuzasidan qisman nazoratni o'rnatishga urg’u berilgan edi. Valyuta integratsiyasining ushbu tamoyillari 1978 yilning iyulida Fransiya va GFR tomonidan Bremenda taklif etgan loyiha asosiga qo'yilgan edi. Uzoq cho'zilgan va og’ir kechgan muzokaralardan so'ng 1979 yilning 13-martida Yevropa valyuta ittifoqi (EVI) barpo etildi. Uning maqsadlari quyidagilardir: iqtisodiy integratsiyaga erishishni ta'minlash, dollar standartiga asoslangan Yamayka valyuta tizimiga qarama-qarshi bo'lgan o'z valyutasiga ega Yevropa barqarorligi hududini barpo etish, "Umumiy bozorni" dollar ekspansiyasidan himoyalash.


EVI - bu, xalqaro (hududiy) valyuta tizimidir, ya'ni iqtisodiy integratsiya doirasida valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir; valyuta kurslarini barqarorlashtirish va integratsiya jarayonlarini rag’batlantirish maqsadida "Umumiy bozor" davlatlari valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir5.


Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin