Kattaliklar. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma’lum o‘rinni egallaydi.
Har qanday buyumga to‘g‘ri to‘liq tavsifnoma berishda buyum kattaligining ahamiyati uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash asosidagina buyumning kattaligini ta’riflash mumkin.
Rus matematik metodisti D. Galanin “kattalik” tushunchasining ma’nosini bunday ifodalaydi: “kattalik deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat bo‘yicha buyumlarni bir-biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil buyumlarda har xil miqdorda bo‘lishi mumkin”. Buyumlarni taqqoslashning mezonlariga ko‘ra ularning kattaliklari, tengligi yoki tengsizlik munosabati aniqlanadi. Ammo har doim ham buyumlar bevosita taqqoslanavermaydi. Biz ko‘pincha buyumlarning kattaliklarini o‘zimizda hosil bo‘lgan umumiy tasavvurlar (fikr)da taqqoslaymiz. Bu o‘rinda idrok qilinayotgan buyumning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu obrazda buyumlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo‘ladi.
Shu munosabat bilan bolalarning kattalik haqidagi tushunchalarini tarkib toptirish bilan bir vaqtda ularning son haqidagi tasavvurlarini va hisoblash malakalarini rivojlantirib borish samaraliroq bo‘lishi mumkin. Shu sababli bolalarda kattalik haqidagi bi-limlarni tarqyb toptirishning quyidagi sistemasini maqsadga muvofiq, deb hisoblash mumkin: masofa parametrlarini differensiallashtirish va ular orasidagi o‘lchov munosabatlarini (o‘lchashlar yordamida) o‘rnatishdan buyumlarning kattaliklarini butunicha hajm bo‘yicha baholash va aniqlashga olib kelish kerak, chunki E. G. Vatsuro bunday ko‘rsatadi: “Haqiqiy umumlashtirish obyektlarni shu obyektlarning muhim xususiyatlari bo‘yicha differensiallashtirilgandan keyingina amalga oshadi”. Buyumlarning kattaligini butunicha aniqlashning muhim xususiyati masofa parametrlari-ning o‘lcham munosabatlaridan iboratdir.
Kurs ishining maqsadi.Maktabgacha yoshdagi bolalar kattaliklarning miqdoriy bahosini bilish zarurati bilan har doim kundalik hayotlarida, har xil mashg‘ulotlarda, mehnat faoliyatlarida, o‘yinlarda duch keladilar. Ammo bu bilimlar maxsus o‘rgatilgunga qadar tarqoq va aniqmas bo‘ladi. Chunonchi, bolalar “katta” tushunchasini tasavvur qilishda har qanday katta miqdor xarakter.ystikasini (yuqori, baland, keng, chuqur) qo‘shib yuboradilar, masalan, “uzunroq” deyish o‘rniga bolalar “katta” deyishadi, “kichik”ni bolalar “past”, “tor” deb tasavvur qilishadi.
“Teng” degan tasavvurni bolalar nutqidan “bir xil” degan tasavvur siqib chiqargan, “bir xil” so‘zi nihoyatda keng ma’no kasb etadi: bolalar bu so‘z bilan buyumlarning rangi, shakli, tayyorlangan materiali, ba’zan esa kattaligi va miqdori bo‘yicha taqqoslash natijalarini belgilaydilar.