2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja



Yüklə 267,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix09.01.2023
ölçüsü267,62 Kb.
#78812
  1   2   3   4   5   6   7   8
2-ma\'ruza



2-MAVZU: KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT METODLARI.
 
REJA: 
1. Kasbiy psixologiyaning metodlari haqida tushuncha
2. Metodlarning klassifikatsiyasi: kuzatish, eksperimental metod va eksperimental 
psixologiya, test, biografiya (tarjimai xol) metodlari. 
3. Anketa, sotsiometriya, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari. 
 
 
Kasbiy psixologiyaning metodlari haqida tushuncha 
Odamlarning o‘z kundalik hayotlarida ma’lumot to‘plashlari va ularni izohlash usullari 
doimo ham ilmiy bo‘lavermaydi. Odatda, ma’lum bir holat uchun izoh to‘g‘ridek tuyuladi. Bunda 
biz izohni xaqiqat deb olamiz. Ammo, bunday asoslash ilmiydan ko‘ra ko‘proq ichki ovozga 
tayangan bo‘ladi. Intuitsiya – ichki ovoz bu ko‘proq tajribaviy, hissiy, avtomatik va ongsiz fikrlash 
bo‘lib, holatning barcha aspektlarini tahlil qilishga olib kelmaydi. (Kaxneman, 2011). 
Aytish jozki, aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetining 
mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va 
ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro‘si ham birinchi navbatda o‘sha 
metodlar yordamida to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog‘liq bo‘ladi.
Metod soʻzi – yunoncha methodos boʻlib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. 
Nazarimizda yuqoridagilarga yana yoʻl, usul soʻzlarini ham kiritish mumkin.
Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qoʻllaniladi. Ushbu bobda bilim 
berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan 
ma’lumotlarni toʻplashdagi qoʻllaniladigan tadqiqot metodlari haqida soʻz boradi.Psixologiya 
fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim oʻrin egallagan, diagnostik xususiyatli 
metodlardan biri – kuzatish metodidir. 
Mazkur metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha ilmiy 
izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri boʻlib, keng koʻlamda foydalanib kelinmoqda. 
Lekin bugungi kunda uning ob’yekti, koʻlami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, 
holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini oʻrganish imkoniyati 
tugʻildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta oʻzgarishlar yuzaga keldi. 
Hozirgi zamon kasbiy psixologiya fanining asosiy prinsiplari, kategoriyalari va ilmiy 
tadqiqot usullari 1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi s’ezdida K.N. Kornilov (1879–1957) 
psixologiyani dialektika negizida tuzish masalasini ilgari surdi. Psixologlarning psixologiyani 
dialektik materializm negizida tuzish uchun olib borgan kurashining natijasi hisoblangan 
gʻoyaviy-nazariy kurash jarayonida psixologiya predmeti va uning metodlari haqidagi ilmiy 
tushunchalar tarkib topdi, psixologik tadqiqotlarning eng muhim prinsiplari va asosiy muammolari 
aniqlab olindi, bilimning turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi. Psixologiya fanining 
taraqqiyotida buyuk oʻrin tutgan B.G. Ananev, P.P. Blonskiy, L.S. Vigotskiy, A.V. Zaporojets, 
K.N. Kornilov, G.S. Kostyuk, A.N. Leontev, A.R. Luriya, S.A. Rubinshteyn, A.A. Smirnov, 
B.M. Teplov, D.N. Uznadze va boshqa olimlar еtishib chiqdi. 

Yüklə 267,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin