2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja


Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar



Yüklə 267,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix09.01.2023
ölçüsü267,62 Kb.
#78812
1   2   3   4   5   6   7   8
2-ma\'ruza

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar: 
psixologiya, mеtod, 
longityud, kesimli, ob’yektiv, genetik, anamnez, 
kuzatish,
 tashqi 
kuzatish

oʻz-oʻzini kuzatish,
ekspеrimеnt, 
eksperimental psixologiya
, suhbat, diagnostika, 
tеst, 
biografiya (tarjimai hol)
, ankеta,
 sotsiometriya, faoliyat mahsulotini tahlil qilish. 
metodlari.


 Psixologiyapsixik jarayonlarni, shaxsning individual – tipologik xususiyatlarini oʻrganar 
ekan, tekshirishning muayyan metodlarini oʻrgatadi. Psixologiyada tekshirish metodlari ob’yektiv 
boʻlmogʻi lozim. Insonning ish-harakatlari va xatti harakatlarini tekshirish asosidagina uning 
niyatlari, fikrlari va hissiyotlari haqida toʻgʻri ma’lumot olish mumkin. 
Kasbiy psixologiyaning metodlari psixik hodisalarni oʻrganishga ob’yektiv qarashni 
ta’minlabgina qolmay, balki shaxsning psixik jarayonlari va xususiyatlari nima uchun va qanday 
yuzaga keladi? Va qanday rivojlanadi va qanday oʻzgarib boradi? degan savollarga javob 
bermogʻi lozim. 
Kasbiy psixologiyaning metodlari amaliyot bilan bogʻliq ravishda olib borilishi kerak.
Kasbiy psixologiya metodlariga tarixiy jihatdan yondashmoq lozim. Shu jihatdan 
psixologiya metodlari uning predmeti kabi tarixan anchagina oʻzgarishlarga duch keldi. 
Psixologik tadqiqotlar predmetining alohida xususiyatga egaligi uning alohida tadqiqot 
metodlariga ega boʻlishizarurligi haqidagi fikrni ilgari surmasdan qoʻymasdi. Idealistik
psixologiya yagona bir metodni tavsiya eta olgan va shu metod yordamida kishi «ruhiga» 
kirib borishga uringan. Oʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya, ya’ni ichkaridan koʻrish) ana shunday 
metod edi. Kasbiy psixologiyada tadqiqotning sub’yektiv va ob’yektiv metodlari bir-birini inkor 
etadi. Haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani oʻrganishning ob’yektiv metodlaridan foydalanish va 
fanda bundan boshqa metodlarning boʻlishi mumkin emasligini tushuntirishi kerak. 
Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga yana bir muhim talabi psixik faktlarni 
genetik (tarixiy) jihatdan oʻrganish prinsipiga amal qilishni taqozo etadi. Bu metod yordamida 
psixik rivojlanish davrlarga boʻlish yoʻli bilan (ya’ni rivojlanishning alohida yosh bosqichlarini 
ta’riflash va ularni oʻzaro bir- biriga taqqoslash) emas, balki bola shaxsini unga ta’lim berishning 
maxsus tashkil etilgan sharoitlarida qator yillar mobaynida uzoq vaqt oʻrganish natijasida 
aniqlanadi. Masalan, bolaning psixik taraqqiyoti oʻrganilar ekan, psixik taraqqiyotining asosiy 
qonuniyatlarini, xususiyatlarini aniqlash, uning shu tarzdagi psixik taraqqiy etish sabablarini bilib 
olish hamda sinchiklab oʻrganishasosida oilaviy tarbiya va ta’lim jarayonlarini takomillashtirish
uchun muayyan usullarni belgilash lozim. 
Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud; 
1. Longityud 
2. Kesimli 
Longityud metodi – ma‘lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil belgilariga koʻra 
psixik xususiyatlarini davomli va muntazam oʻrganishni nazarda tutadi. 
Kesimli metod – ma‘lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan 
taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan oʻtayotgalarning koʻp miqdorini qisqa vaqt ichida 
qamrab olishi mumkin. 
Kesimli tadqiqotlarni oʻtkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qoʻllaniladi.
Longityud metodi - kasbiy shakllanishda individual yoʻlnioʻrganishga yordam beradi.
Mazkur metod yordamida shaxsning obroʻ orttirishi uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy 
holatlarini aniqlaydi. 
Barcha tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qoʻllash oʻziga xos tadqiqiy metodlarni 
yaratilishiga 
olib 
keladi. 
Kasb 
psixologiyasi 
tadqiqot 
metodlarining 
tizimlanishi, 
ularning qoʻllanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini koʻrib chiqish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. 
Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya‘ni tashkiliy metodlar.
2. Dalillar toʻplash, ilmiy ma‘lumotlar olishga qaratilgan empiric metodlar(usullar). 
3. Ma‘lumotlarni qayta ishlash usullari. 


 4. Interpretatsion metodlar(usullar).
Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini ajratishadi:
1. Sub’yektiv metodlar (oʻzini oʻzi kuzatish);
2.Ob’yektiv metodlar (kuzatishning xar xil turlari; eksperimental, testlar, savol-javob, 
soʻrovnomalar). Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini 
(klassifikasiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini sanab oʻtish 
bilan chegaralanadilar. Bu esa oʻz navbatida aniq ilmiy tasniflanishning mavjud emasligi, 
psixologiyada metodlarning koʻpligi hamda bir tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi.
1
Kasbiy psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi 
sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, oʻlchash, 
tushuntirish va psixik hodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi 
taklif etiladi: 
noeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi. 
Shunday qilib kasb psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar turibdi: 
1 guruhi - shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba‘zida esa dramatic jarayonning 
psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni tadqiq etish uchun longityud, savol-
javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar metodlarini qoʻllash toʻgʻri boʻladi. Bu metodlar 
guruhini genetik metodlarga kiritishi mumkin.
2 guruhi - kasblarning psixologik tavsifi, kasbning psixologik mazmunini tadqiq etish, 
faoliyat mahsuldorligini oʻrganish, mehnat metodi, hujjatlarni oʻrganish, kuzatilayotganlarni 
savol-javob orqali oʻrganish metodi, shuningdek, professiografiya yoʻli bilan amalga oshirilishi 
mumkin. Bu uslublar guruhi praksimmetrik uslublarga tegishlidir.
3 guruhi - muhim kasbiy koʻrsatkich faoliyat va shaxs belgilarini oʻlchash. Bu tadqiqiy 
masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffaqiyat va ta‘lim testlari 
qoʻllaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir. 
4 guruhi - kasbiy shakllanishning xususiyatlarini, qonuniyat va mexanizmlarini 
tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullari eksperimental usullardir: ya‘ni labaratoriya, 
modellashtiruvchi va tabiiy eksperimentlardir. 
5 guruh - usullari tadqiqiy ma‘lumotlarga miqdoriy ishlov berishga yoʻnaltirilgan. Ularga 
kasb psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar turibdi:kiradi: 
ya‘ni korrelyasion, faktorli tahlil va boshqalar. 
Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari umumiy tarzda quyidagilar:
Genetik usullar Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining 
oʻzgarishlarini tadqiq etish uchun moʻljallangan. 
Kasb psixologiyada longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini 
monografik tasvirlash usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod - bir xil yoshdagi 
sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini koʻp marotabali tizimli ravishda oʻrganishdan 
iborat. 
Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni oʻrganish maqsadida yillar 
davomida oʻtkaziladi. 
Longityud metodi psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi vaasosan psixik
genezisi va bolalar, yoshlar psixik pragnozini ilmiy jihatdan asoslab berish uchun qoʻllanilgan.
Keyingi yillarda (20-30 yil davomida oʻtkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari jarayonida 
dearli qoʻllanilmagan. 
1
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 10-bet 


Longityud metod bir vaqtning oʻzida boshqa metodlarni qoʻllanilishini ham nazarda tutadi. 
Jumladan, kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo. Longityud 
metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish stajiga, tadqiqot oʻtkazilgandagi 
ijtimoiy iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat turiga bogʻliq boʻladi. Longityud metodini 
kasb psixologiyasida qoʻllash orqali shaxs kasbiy shakllanishining individual oʻzgarishlarini 
oʻrganish imkonini beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda rivojlanish, obroʻ-e‘tibor qozonishning 
yoʻl-yoʻriq va vositalarini aniqlash imkonini beradi. Longityudni qoʻllashdagi qiyinchiliklardan 
biri sinovda ishtirok etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining koʻpligi va kamligida 
bilinadi. 
Keyingi muammo oʻlchovlar oʻrtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi. 
Bu metod orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq 
vaqtlar oraligʻida oʻtkazilgan. Shaxsning kasbiy shakllanishini oʻrganishda tadqiqot intervali 
sifatida kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin. 
Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash boʻlib, bunda u 5-
yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928 yildan bugungi ungacha 
davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida keltirish mumkin. Longityud 
metodning kamchiligi uning davriyligidadir. Shaxsiy va kasbiy oʻzgarishlar tasodifiy yoki 
drammatik voqealarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining 
qisqarishi, oʻrganilayotgan jarayonlarning mazmun mohiyati kengayib boradi. 
Longityud metodining qoʻllanilishini chegaralovchi omillardan biri shaxsni oʻrganish uchun 
koʻp vaqtni ketishidir. Longityud metodining kamchiliklarini boshqa psixobiografik usullarni 
qoʻllash yordamida bartaraf etish mumkin. 
Biografik usul - shaxs hayot yoʻlini oʻrganish va loyiqalashtirish usullari,hayotiy dasturlar
kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan.
Biografik usullarga tarjimai hol, ma‘lumotlarni oʻrganish, kasbiy mehnatdan qoniqish va 
boshqalarni kiritish mumkin.
2
Kavzometriya - Ye.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar tomonidan taklif etilgan usul boʻlib, u 
shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub’yektiv holatlarini tahlilini tadqiq etish metodi 
hisoblanadi. Bu intervyu quyidagi jihatlarni oʻz ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim 
voqealar roʻyxatini tuzish, voqealarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. 
Intervyu natijalari kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kavzometriya kasbiy muammo va 
inqirozlarni еchish uchun qoʻllaniladi. Psixobiografiya -shaxslarning hayot yoʻlini psixologik 
oʻrganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya siyosatchilarining obroʻ-e‘tiborini, 
kishilarning individual kasbiy biografiyalarini oʻrganish maqsadida qoʻllanilgan. Kasb 
psixologiyada psixobiografiyani qoʻllash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo 
boʻlishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma‘lumotlarni olish imkonini beradi. 
Anamnez metod - bu insoning mehnat sub’yekti sifatida rivojlanish tarixi haqidagi 
ma‘lumotlarni yigʻadi. Bu usul Ye.A.Klimov tomonidan batafsil koʻrib chiqilgan. Kasbiy anamnez 
mehnat motivlarini oʻrganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obroʻ-e‘tibor 
qozonishni oldindan tashxis qilishda qoʻllaniladi. Anamneztik tadqiqot oʻz ichiga suhbat tizimini 
olgani uchun, suhbat metodiga qoʻyiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi. 
Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari: kuzatish va eksperiment metodidir.
Xususiy metodlari: suhbat, soʻrov, faoliyat mahsuli va jarayonini tahlil qilish hamda test 
metodlari. 
2
T
. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 11-bet
.


Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab 
hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi yoʻllar bilan, qanday usullar bilan 
tekshiriladi, degan savol tugʻiladi. Psixologiyada chinakkam ilmiy bilimga ega boʻlmoq uchun 
psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog 
kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim.
3

Yüklə 267,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin