Faoliyat mahsulotini tahlil qilish metodi. Bu metod
psixologiyada inson xotirsi
tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qoʻllaniladi. Odam
chizgan rasmlar, yasagan oʻyinchoqlar, modellar, toʻqigan narsalar, tikkan qoʻgʻirchoqlar, toʻqib,
soʻzlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushunish
kabilarni tahlil qilish
orqal iularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli, texnik ijodi
yuzasidan materiallar toʻplash mumkin.
Mazkur metodda ijod mahsulining yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi.
Teshiriluvchi bilan tekshiruvchi oʻrtasida muloqot oʻrnatish uchun shaxsning psixikasi
toʻgʻrisida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (oʻqituvchi, murabbiy,
psixolog) ekspert tariqasida shaxslar
ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli,
mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilankeskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy
faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik
xususiyatlaritoʻgʻrisida ma’lumotlar toʻplash mumkin.
Faoliyat mahsulotlarini oʻrganish inson ruhiyatini oʻrganish metodlari ichida oʻziga xos
oʻrinni tashkil etadi. SHuni ta’kidlab oʻtish joizki, inson ruhiyatini oʻrganish
yuqorida bayon
qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qoʻshimcha metodlardan ham foydalaniladi.
E’tirof etish joizki, qoʻllanilayotgan har bir metodning oʻziga xos ijobiy,
afzal tomonlari
bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. Shu bois konkret shaxs ruhiyatini
oʻrganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilankifoyalanib qolish mumkin emas.
Ruhiyatni
tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob’yektivlik,
tekshiruvchining yosh
xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tamoillarga suyanish darkor.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Metod nima?
2. Kasbiy Psixologiyaning qanday tadqiqot metodlari mavjud?
3. Tadqiqiy metodlarning necha turi mavjud?
4. Longityud metodi qanday metod?
5. Kesimli metod qanday metod?