2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja


Eksperimental metod va eksperimental psixologiya



Yüklə 267,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix09.01.2023
ölçüsü267,62 Kb.
#78812
1   2   3   4   5   6   7   8
2-ma\'ruza

Eksperimental metod va eksperimental psixologiya 
Tadqiqot maqsadi va vazifalarni belgilash: ijtimoiy psixologik tadqiqot buyurtmachi va 
ajaruvchilar oʻrtasidagi munosabat oʻzaro kelishib olinadi. 
Tadqiqot uchun sarf qilinadigan harajatlar: moliyaviy va mehnat resurslari hisoblab 
chiqiladi. Bunda maqsad va vazifa aniqlab olinadi. Maqsad - bu ongda oldindan payqalgan 
tadqiqot natijasidir. Muammoni oʻrganish darajasi, ijtimoiy uyurtma, tadqiqot manfaatlariga 
bogʻliq boʻladi. Empirik (eksperiment) tadqiqotning umumiy maqsadi: ob’yekt rivojlanish turlari, 
tuzilmasi, oʻzgaruvchanligi va tendensiyalaridir. Bu faktlar turli maqsadlarga qoʻllanishi mumkin: 
a) nazariy hulosalar olishda; b) oʻrganish metodining effektivligi, bilish imkoniyati orqali 
hulosalar olishda; v) amaliy maslahatlar olishda; g) kam oʻrganilgan soha boʻyicha informatsiya 
toʻplaganda. Ijtimoiy psixologik tadqiqot maqsadi turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, muayyan 
ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini koʻtarish muammosini ijtimoiy psixologik 
tadqiqot qilish zarur boʻlsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining asosiy 
sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-
sharoiti oʻzgarishidan iborat boʻladi. Tadqiqotning asosiy vazifasi esa belgilab olingan 
maqsadning mazmunan, uslubiy va tashkiliy jihatdan yanada oydinlashtirib olishdan iborat 
boʻladi. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda maqsad-bu tadqiqotlarni nazariy yoki amaliy 
yoʻnalishlarda boʻlishini koʻrsatuvchi moʻljal vazifasini oʻtaydi. Ayni vaqtda dastur 
oʻtkazilayotgan tadqiqot qanday muammoni hal etishi yoki qanday xarakterdagi natijalarga ega 
boʻlishi xususida konkret savollarga javob berishi lozim. 
Eksperimental psixologiyaning hozirgi davr holati. 
Maqsadni amalga oshirish jaryonida bir yoʻla bir necha xil manzaralarga duch kelish 
mumkin. Zero, hamma narsa oldindan aniq belgilanishi qiyin. Hamma imkoniyat va yutugʻlarni 
toʻla aniqlik bilan hisobga olishga urinish be’manilikdan va shallaqilikdan boshqa narsa emas. Shu 
bilan birga barcha tadqiqotchi kutilgan natijalardan tashqari yana qoʻshimcha natijalar paydo 
boʻlishini nazardan qochirmaslik kerak. «Agar siz qandaydir yoʻllanmagan, kutilmagan 


hayolingizga keltirmagan narsani topishni oʻylamaydigan boʻlsangiz, siz bu narsani hech qachon 
topa olmaysiz» degan edi. 
Maqsadni amalga oshirishda ba’zan faqatgina asosiy vazifa emas, ikkinchi darajali 
vazifalarni ham bir yoʻla bajarishga toʻgʻri keladi. Shunig uchun ham ishda asosiy qoʻshimcha u 
yoki masalalar bir yoʻla hal etiladi yoki hal etishning konkret yoʻllari belgilab beriladi. 
Eksperimental psixologiya Maqsadni amalga oshirish jarayonida tadqiqotchi 3 an’anaviy 
vazifani bajarishni oʻz oldiga qoʻyadi: 
1) oʻrganiluvchi mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish; 
2) ilmiy-nazariy mavzuning boshqa ilm va hayot bilan bogʻliqligi; 
3) krizis 
holatlardan 
chiqishning 
aniq-ravshan 
yoʻllarini 
belgilab 
berish 
(dasturda metodologik tavsiyalarni yaratishni qayd etadi). 
Ba’zan hal etilmagan noasosiy vazifalar alohida mustaqil tadqiq etilishi dasturda 
koʻrsatilishi lozim. Demak, empirik ijtimoiy psixologik tadqiqot maqsadi nazariy, metodik, amaliy, 
informatsion boʻlishi mumkin. Maqsad tadqiqot jarayonini tashkil qiladi va e’tibor qaratishga 
yordam beradi. Maqsad ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi va tadqiqot 
jarayonini tashkil qiladi, e’tibor qaratishga yordam beradi. 
Maqsad ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi. Agar maqsad tadqiqot nima 
uchun oʻtkaziladi degan savolga javob bersa, vazifa tadqiqotni qanday oʻtkazish, qoʻyilgan 
maqsadni qanday nazariy, metodik masalalarni echish zarur degan savolga javob beradi. Maqsad 
bir necha vazifalarga boʻlinadi: a) shu haqda tushuncha berish. b) nazariy tipologiyasini 
bayon etish va hokazo. Asosiy va asosiy boʻlmagan vazifalarni ajratish kerak. 
Bu vaqtni toʻgʻri taqsimlashga xizmat qiladi. Ilmiy -tadqiqot bosqichlari Tadqiqot ob’yekti 
va predmetini aniqlash: Koʻpincha mehnat jamoalari ob’yekt boʻlib xizmat qiladi. Ob’yekt 
qanchalik aniq boʻlsa, metod shunchalik toʻgʻri tanlangan boʻladi. Emperik tadqiqot tipik 
ob’yektlari odamlar fikri, jamoadagi munosabatlar, siyosiy jarayonlar. Bu ob’yektga bir necha 
predmet toʻgʻri kelishi mumkin. Predmet «ong tuzilmasi» va hokazo. Umuman ob’yekt 
(lat. predmet) - falsafada kishi ongidan tashqarida, unga bogʻliq boʻlmagan olda mavjud boʻlgan 
har qanday hodisa. Keng ma’noda - kishi bilishga intilgan predmet, hodisa (masalan, oʻrganish 
ob’yekti) va oʻz faoliyatini shunga yoʻnaltirish (koʻrish ob’yekti). Ob’yekt odatda mustaqil 
tushuncha sifatida tadqiqochi ixtiyoridan chetda turadi va maxsus oʻrganiladi. Predmet esa 
tadqiqotchi tomonidan muayyan shaklga solinadi va mahsus tadqiqot qoʻlami sifatida oʻrganiladi.
Ob’yekt predmetidan ma’no doirasi jihatidan ancha keng, predmet ob’yektning hosilidir. 
Birgina ob’yektning oʻzida bir necha alohida tadqiqot predmetlarini ajratib olib oʻrganishi mumkin. 
Ijtimoiy voqealikni ob’yekt sifatida qayd etishi va unda predmetni ajratib chiqarish, hamisha 
yuzaga kelgan ijtimoiy ziddiyatli muammo va bu muammoni hal etish holatlari bilan 
chambarchas bogʻliq. Ba’zan tadqiqotchi oldin maxsus masala, ya’ni predmetni aniqlab oladi va 
shundan soʻng shu masala atrofidagi muhit, masalaga qon - qarindosh tomonlarini, ya’ni ob’yektni 
belgilaydi. Bu yondashuvlar dialektik materializimning induktiv bilish usullariga muvofiq va har 
ikki yondashuv ham toʻgʻri deb e’tirof etishi mumkin. Ob’yekt - bu haqiqiy mavjud boʻlgan 
tuzilma boʻlib, predmet - abstrakt qoʻyilgan tadqiqot muammosidir. Muammoni nazariy 
tahlil qilish va asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.
4
a) defetsiyalashni (ta’riflash), ya’ni ilm-fanda ishlab chiqilgan nazariy va metodologik 
nuqtai nazaridan muammoning asosiy tushunchalarini aniqlash, nazariy asoslar boʻlmaganda esa 
4
Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – 
Blackwell Publishing Ltd, 2003.46-49-bet.


tadqiqotchi oʻz konsepsiyasini mustaqil yaratish kerak. b) tadqiqot tushunchalariga bogʻliq, ya’ni 
muammoning nazariy tahlili bevosita tushuncha bilan dialektik uzviylikda rivojlanadi. Bunda 
nazariy va empirik koʻrsatkichlar oʻzaro aloqada boʻladi. Tadqiqot ob’yektining tahminiy, 
sistemali tahlili: Oʻrganilayotgan ob’yekt sistemali tahlil qilinadi. Bu ob’yektni, ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy va ma’naviy bogʻliqlikda oʻrganishdir. 
Sistemali tahlil natijasida faqat ob’yektdagi mavjudlik mexanizimiga emas, balki 
institutsional, oilaviy-maishiy, shaxsiy tuzilmalar ham aniqlanadi. Ob’yektning sistemali tahlili 
asosida gipoteza shakllanadi. Tushunchalarni nazariy va empirik interpritatsiyasi: Dasturni 
tuzishdagi keyingi qadam, bu interpritatsiyadir. Intrepritatsiya - sharhlash, izohlash, tushuntirib 
berish, talqin qilish natijasida olingan tushunchalar elementidir. Dasturni tuzishda tushunchalar 
nazariy va empirik interpritatsiya talqin qilinadi:
a) nazariy interpritatsiya (izohlash) - bu tushunchalar mazmuni muammoning nazariy 
aspekti nuqtai-nazardan tushuntirishi («e’tiqod» va «qadriyat» tipi belgilanadi). 
b) empirik (eksperiment) interpritatsiya tushunchalarni empirik faktlar bilan taqqoslash, 
oʻrganilayotgan soha bilan mosligini aniqlash, operatsional tushuncha toʻplash. 
Test metodi. Test tushunchasi inglizcha sinash, tekshirish, demakdir. 
Shaxsning aqliy oʻsishini, qobiliyatini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, 
misol, jumboqlar test deb ataladi.Test ayniqsa insonning qanday kasbni egallashi mumkinligini 
kasbga yaroqligi (moyilligi) yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar yoki aqli zaiflarni aniqlashda, 
odamlarni muayyan oʻlchovlarga binoan saralashda keng qoʻllaniladi.Ushbu metodning qiymati 
tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiriluvchining mahoratiga va qiziqishiga, yigʻilgan psixologik 
ma’lumotlarning xolisligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bogʻliqdir.
5
Ilmiy – psixologik manbalarda qayd qilinishiga koʻra, intellekt – lotincha soʻzdan olingan 
boʻlib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma’noni anglatadi. Bizningcha, 
intelekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan 
iboratdir. Oʻz davrida AQShlik psixolog F.Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat boʻladi, degan 
gʻoyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini koʻrsatib oʻtadi: 
- sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlik;
- lugʻat boyligi koʻlami; 
- geometrik shakllar oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqli tomonlarini ajratishga nisbatan 
uquvchanlik; 
- shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati; 
- shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi; 
- xotiraning maxsuldorligi yoki noyob hislatliligi. 
Yana bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli jabhalarini tadqiq 
qilib, ularni umumlashtirib “birlamchi aqliy potensiyalar” deb ataydi. Muallif etti xildagi 
potensiyalar oʻzaro farqlanishini ta’kidlab oʻtadi: 
- insonning hisoblash qobiliyati koʻrsatkichi; 
- ogʻzaki soʻzni ixcham ifodalanishining koʻrsatkichi, nutq yordami bilan tez oʻqish adisini 
egallanganligi; 
- ogʻzaki ma’lumotlarni toʻla idrok qilish yoki idrok qilingan soʻzlarni tushunish, anglash; 
5
Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – Blackwell Publishing Ltd, 2003. 49-
bet.


- fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyati 
(uquvchanligi); 
- xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi; 
- fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik; 
- shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati. 
Fransuz psixologi T.Ribo idrok koʻlamining kengayishi, bilimlarning koʻpayishi, diqqatni 
bir vaqtning oʻzida bir necha ob’yektga qarata olish – intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch 
bosqichdan iborat boʻlishi mumkin ekanligini ta’kidlaydi: 
- shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi; 

inson 
identifikatsiyasi 
(oʻquvchining 
bilimlarini 
oʻziga 
singdirish 
jarayoni, uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini oʻzlashtirib borish va boshqalar); 
- refleksiya (inson oʻzini – oʻzi anglash hamda boʻlgʻusi faoliyatni amalga oshirish, 
muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari 
tugʻilishi kabilar). 
Sh. Byuller intellektual taraqqiyot quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi shart deb 
hisoblaydi: 
- sinkretizm (tushunchalarni bir – biridan ajrata olmaslik holati); 
- agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi, vaqtni 
noadekvat, notoʻgʻri idrok qilish, gʻar bir obrazlarni muayyan boʻlaklariga binoan bir umumiyatga 
yaxlitlash, birlashtirish); 
- hayolot (ijodiy hayol) yordamida inson oʻzi tugʻilib oʻsgan Vataniga biror-bir jihatdan 
yordam berishi; 
- realiya (realiz, ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol tuzilmani 
yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan iborat fikrlashning koʻrinishi 
singari). 
Jahon psixologlari toʻplagan ilmiy materiallarni umumlashtirib intellect muammosini 
tadqiq qilishda diqqat – e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim deb hisoblaymiz: 
- intellektning yosh davr xususiyatlariga bogʻliqligi; 
- jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi; 
- millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi; 
- oilaning ijtimoiy – iqtisodiy statusi bilan uygʻunlashuvi; 
- ota – onalarning ma’lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi; 
- biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, hislatlari qanchalik rol oʻynashi va 
hokazolar. 
Uzluksiz ravishda oʻtkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir qator ilmiy 
nazariyalar (konsepsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi intellekt muammosini oʻziga xos 
tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib keladi: 
- muammo еchimi uslubi va strategiyasi; 
- intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi; 
- vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki mahsuldorligi 
(ma’naviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funksional tomonlari, yoʻnalishlari; 

alohida, 
yakkahol 
yondashish, 
bilish 
jarayonining 
shaxsdan 
faollikni 
taqozo etish xususiyati, holati; 
- kognitv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar. 
Shaxsiy kuzatishlarimizga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday omillar bilan 
uzviy bogʻliq ekanligi koʻzga yaqqol tashlanadi: 


- bilish, oʻqish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ darajalarining 
mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi; 

yangilikni 
qidirish, 
muammo 
еchimini 
topish, 
muayyan 
vositalar 
tanlash hamda tadqiqiy ijodiy faollik namoyon boʻlishi; 
- mustaqil echishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi; 
- ilgarilab ketib echig imkonining mavjudligi va “aytib berish”, luqma tashlash jarayonida 
erkinlik, qoʻrqinch hissining yoʻqligi; - yuksak nafosat va ma’naviy did timsoli hamda namunasini 
yaratishga nisbatan qobiliyatlilik, ularni baholash va oʻlchash funksiyasining tugʻilishi, 
uning boshqaruvchanligi. 
Insoniyatning tarxiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish fenomenni oʻrganish 
borasida koʻpgina ishlar qilingan. Shulardan biri intellektni oʻrganish testlaridir. Koʻpgina mumtoz 
testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim rol oʻynab kelmoqda. Bular qatoriga 
Stenford – Bine shkalasini keltirib oʻtish mumkin. Stenford – Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va 
masalalardan tuzilgan boʻlib, ular tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida 
ana shu intellekt test soʻrovnomalardan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab 
berishga xarakat qilamiz. 
1) 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy): 
- har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash; 
- turli tipdagi shakllar oʻrtasidagi farqlarni aniqlash; 
- 4 ta tanga pulni sanab chiqish; 
- kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir; 
- berilgan savollarga toʻgʻri, aniq, va tushunarli qilib javob qaytarish talab etiladi, 
tashqaridan yordam berish man qilinadi; 
- 4 ta raqamni toʻgʻri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi. 
2) 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida): 
- bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish; 
- 5 ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab); 
- xariddan keyin qaytim berilishini izohlash; 
- 4 ta raqamni teskarisiga takrorlash; 
- berilgan 3 ta soʻzdan gap tuzish (bola, daryo, koptok); 
- 3 ta har xil soʻzga qofiya tanlash; 
- ma’lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir qancha umumiy
talablarini qoniqtirishga bogʻliqdir, jumladan, standartlashtirish, ishonchlilik, validlik. Ana shu 
talablarga suyangan holda Stenford – Bine shkalasini ham tahlil qilib chiqamiz. 
Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun har tomonlama qulay, yaxshi va ixcham 
qilibtayyorlangan. U barcha uchun tushunarli boʻlgan koʻrsatmaga va miqdoriy jihatdan natijalarni 
ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega. 
Testlarning har birida uni oʻtkazish yoʻllar, vaqtning taqsimlanishi, tekshiriluvchilarga 
beriladigan ogʻzaki koʻrsatma va tegishli koʻrsatmalar, savollarni izohlash usullari batafsil aytib 
oʻtilgan. Stenford – Bine test kattalar hamda uncha yoshi yuqori boʻlmagan sinaluvchilar uchun 
ishonchlidir. Lekin bolalik davridan tortib to oʻspirinlik yoshigacha oʻzgarib boradi. Masalan, 
2,5yoshidan 5 yoshgacha ishonchlilik koeffitsientlari 0,33 (140-149 ball boʻlganligi uchun)dan 
0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun)gacha; 6 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻquvchilarda 
ishonchlilik koeffitsientlari 0,91 (140-149 ball toʻplaganligi uchun)dan 0,98 (60-69 ball olganligi 
uchun)gacha oʻzgarib turadi. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish joizki, Stenford – Bine testiga 
kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadni ochishga yoʻnaltirilgan 


boʻlib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan koʻzlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi. 
Inson intellektual tarqqiyotidagi tezkorlik kutilmaganlik hodisalari nafaqat moddiy negiz xossalari 
bilan izohlanadi, balki idrok maydonining paydо boʻlishi, “sun’iy” tizimning vujudga kelishi 
fazoviy aloqalar, biologik va psixologik imkoniyatlardan toʻlaroq foydalanish evaziga moddiy 
asosning ikkilanuvchi “tabiiy” va “sun’iy” manbalar bosh omil ekanligini ta’kidlab oʻtish 
maqsadga muvofiq. Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ijobiy va 
salbiy omillar turkumi toʻgʻrisida ma’lumot berib oʻtamiz: 
- bilim maskanlarida zamonaviy texnika vositalarining mavjudligi; 
- turli xildagi toʻgarak, seksiya, bilim uylari faoliyat koʻrsatishi va unda zarur 
sharoitlarning yaratilganligi; 
- oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart–sharoitlar hamda shaxslarni ruhan 
ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilganligi; 
- shaxslar bilan oʻzaro muloqot oʻrnatishning uzluksiz va oiladashaxslararo iliq 
psixologikmuhitning hukm surishi; 
- turli televizion baxslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik boʻyicha musobaqalar 
uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyatiyaratilganligi; 

ortiqcha informatsiya va xabarlar koʻlamini kamaytirish (masalan, vtomat oʻyinlar, 
videolar); 
- zararli odatlar va qiliqlar bilan shugʻullanmaslik muammosining qoʻyilishi, uning 
еchimi (ichish, chekish va boshqalar); 
- bolalar va oʻquvchilarni roʻzgʻor ishlari bilan band qilib qoʻyishlik va oila muhitida 
mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi; 
- hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi tufayli oʻquvchilar va 
talabalar oʻrtasida oʻquv motivlariga kuchli ta’sir oʻtkazayotganligi; 
- kollej va oliy oʻquv yurtlarida ta’lim – tarbiya tizimini yangicha, yangi edagogik 
texnologiya asosida tubdan qurish zaruriyati mavjudligi,
- oʻgʻil va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuygʻulari barqarorligini ta’minlash va 
ularni shakllantirishning eng qulay yoʻllarini izlab topish, loqaydlikning oldini olish; 
- oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo munosabatlarga, 
isrofgarchilikka, fidoiylikka nisbatan qarashlarni keskin ʻzgartirish masalalari vujudga 
kelmoqda. 
Bizningcha, yuqorida ba’zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun intellektual testlar mohiyatiga 
milliy va umubashariy fazilatlar toʻgʻrisidagi gʻoyalarni singdirish yuqori natija beradi. 

Yüklə 267,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin