Raqobatbardoshligini integral ko‘rsatkichini hisoblash
Raqobatbardoshligini integral ko‘rsatkichini hisoblash
Qoniqarli Qoniqa
rsiz
Tovarni ishlab chiqarishga qaror qilish
Raqobatbardoshligini aniqlash tadbirlarini ishlab chiqish
Tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmoqda?
Tovarlarni raqobatdoshligini baholashda 4 ta usul mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat:
Ekspert baholash
Baholashni o‘lchash-hisoblash usuli
Tajriba usuli
Sotsiologik usul
Ekspert baholash – tovarlarni sifatini ekspert baholashda tovarlarni ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Ekspert baholashda 2 xil usul mavjud: 1) xay’at usuli; 2) yetakchi ekspert va guruh usuli.
O‘lchash- hisoblash usuli- bu usul bilan tovar sifatini baholash tajriba natijalari asosida o‘lchanadigan ko‘rsatkichni baholash, qiymatni aniqlash va oldindan ishlab chiqilgan namunaviy hisoblash formulasi, grfik va jadvallarni ishlatib o‘lchashga asoslangan.
Baholashni tajriba usuli – bunda tovarlarni raqobatdoshligini aniqlash tajriba usulida ekspert qiluvchi tovarni sifatini insonlarda sinab ko‘radi.
Baholashni sotsiologik usulida esa – tovarlarni raqobatdoshligini aniqlashni tajriba usulida ekspert qiluvchi tovarni sifati to‘g‘risidagi fikrlari asosida tovarga baho beriladi. Tashqi bozorga chiqish har doim raqobat krashiga tortilishi demakdir.
Haridorlarning ayrim bir ehtiyojlari teng yoki qisman o‘zgaradigan sharoitlarda bir xil yoki har xil usullar bilan qondirish mo‘ljallangan xilma-xil tovarlar ayni bir vaqtda taklif etiladi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘zining qiymat birligi bo‘yicha raqobatchilar tovarlariga qaraganda ehtiyojni ko‘proq va yuqori darajada qondiradigan tovarlarni tanlaydi.