Yengil sanoat tovarlarning baho strategiyasini amalga oshirish
Marketingda bir necha baho strategiyalari mavjud. Yuqori baho yoki “qaymog‘ini olish” strategiyasi – avvalo tovar bahosini ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o‘rnatib, asta-sekin uni tushirib boradi. Bu usul bilan yangi tovarlar sotiladi va bozorga kirgandan keyin segmentlar guruhini kengaytirish maqsadida arzonlashtirib boriladi. Yuqori baho strategiyasi sotuvchiga tezda sarf-harajatlarni qaytarib olishga yordam beradi. Firma bozorda yangi tovarlar taklif qilishda monopol holatda bo‘lsa, talab takliflar yuqori, baland narx haridorlar tomonidan yuqori sifatli tovar belgisi deb qabul qilingan vaqtlarda bu strategiya o‘zini oqlaydi.
Keyinchalik bozorda o‘xshash tovarlar – raqiblar paydo bo‘lgandan keyin firma o‘z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovar modifikatsiyasini yarata boshlaydi.
Tovar boshlang‘ich bahosi past o‘rnatilib, talab rag‘batlantiriladi, raqobatda yutib chiqiladi, raqiblar tovarini bozordan siqib chiqariladi. Unda asosiy ulushini egallaydi va keyin tovar narxini oshira boshlaydi. Ammo “haridorlar” bozorida bu strategiyani qo‘llash juda qiyin, faqat to‘yinmagan “sotuvchilar” bozorida biror natijaga erishish mumkin.
Agar tovar harakati qatnashchilari o‘z tovari bahosini o‘zgartirmaslikka intilsa, ko‘p vaqt standart narx saqlanib turadi.
“O‘zgaruvchan narxlar bozorda talab ko‘paysa yoki davlat miqyosida biror iqtisodiy tadbir o‘tkazilsa, shunga mos ravishda tovarlar va xizmatlarga yangi baholar o‘rnatishni bildiradi”.11
11 A. Sloliyev, A. Usmonov “Tadbirkor yo‘ldoshi”. Toshkent , Universitet nashriyoti 2009 yil 38-bet
Diskriminatsiya baholari ayrim sotuvchilarga ma’qul kelmagan haridorlar uchun, ayniqsa davlatlar orasidagi munosabatlar, haqiqiy siyosiy muhit buzilgan davrda o‘rnatiladi. Bu narxlar o‘ta yuqori, tovarni sotib oluvchiga bir necha marotaba og‘ir tushadigan qilib o‘rnatiladi.
Yagona narx strategiyasi yoki hamma iste’molchilar uchun bir xil baho o‘rnatish strategiyasi tovarlarni namunalari bo‘yicha kataloglar va aloqa bo‘limlari orqali sotishda ishlatiladi.
Qayishqoq baholar haridorlarning imkoniyatlariga qarab va savdolashish qobiliyatlari asosida o‘rnatiladi. Bu narxlar yakka tartibda shartnomalar tuzishda ishlatiladi.
Tovar narxi va sifati orasidagi bog‘liqlik – bu tamoyil bo‘lib unga asosan iste’molchilar yuqori bahoning manbai yaxshi sifat, aksincha pats narxli mahsulot sifatsiz deb qarashini anglatadi. Demak, bozorda tovar narxining shakllanishiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi, ularning barchasini tovar narxini belgilashda o‘ziga xos holatlada hisobga olish tavsiya etiladi. Firma baho strategiyalarini bir nechasini muvofiqlashtirib, bozorning aniq kon’yunkturasi va umumiy marketing vazifalariga asoslangan ravishda qo‘llaydi.
Mahsulotning yuk sifatida ishlab chiqarish jarayonidan iste’molchiga yetib kelishigacha – tashish, saqlash va qo‘shimcha ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar harakati deyiladi. Tovar harakatini rejalashtirishda korxonalar tanlagan tovar sotish uslublariga asoslaniladi. Ular quyidagi uch uslubdan biri bo‘lishi mumkin:
tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining iste’molchisi bilan bog‘lanish;
tovarlarni mustaqil vositachilar orqali sotish;
aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti sarmoyalari qatnashishi orqali.
Tovar harakatini shaklini tanlashda uning harajatlari quy idagi formula bilan aniqlanadi:
Tx = T + O1 + O2 + Kx.
Bu yerda. Tx – tovar harakati harajatlari summasi; T – transport harajatlari;
O1 – ombor harajatlarining doimiy qismi;
O2 – ombor harajatlarining o‘zgaruvchan qismi; Kx – qolgan harajatlar.
Tovar harakatlari harajatlari uning sotish bahosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Uning ahamiyati quyidagilar:
chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarining tor assortimentini kengaytirib taklif etadi;
katta xajmda tovar sotib olib, muomala harajatlarini kamaytiradi;
yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur o‘rganadi;
tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi;
ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va b.
Diler – mustaqil kichik vositachi – tadbirkor bo‘lib, oldi-sotdi ishlarini bajaradi va moddiy javobgarlikka ega.
Savdo madaniyati – keng tushuncha bo‘lib, iste’molchi to‘g‘risida chinakam, chuqur, har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish uning asosi hisoblanadi.
Savdo madaniyati deyilganda haridorga xushmuomalada bo‘lishni, xizmat ko‘rsatishni ilg‘or usullarini joriy etishni, savdo maydonini bezash, did bilan jixozlashni, do‘konlarning aholi uchun qulay ish vaqtlari kabilarni tushunmoq kerak.
Chakana savdo madaniyati do‘konning texnologiya jarayoni tashkil etilishidan boshlanadi.
Tovar sotish – har qanday do‘konning asosiy vazifasidir. Shu sababli tovar sotish aossiy texnologiya jarayoni hisoblanadi. Boshqa xizmatlarning hammasi yordamchi jarayonlarga kiradi.
Asosiy texnologiya jarayoni, ya’ni tovar sotish quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
tovarni tavsiya qilish;
haridorlarga maslahat berish;
tovarni uning qo‘liga topshirish;
hisob-kitob qilish.
Yordamchi texnologiya jarayonining quyidagi tarkibiy qismlari bor:
tovar qabul qilish;
tovarni tashib olish va saqlash uchun joylash;
tovarlarni sotishga tayyorlash.
Do‘konning texnologiya jarayonini tashkil etishda quyidagi talablar hisobga olinishi zarur:
tovarlarning iste’mol qiymati to‘la saqlanishi;
tanlab olingan texnologiya variantining fan-texnika taraqqiyoti hozirgi zamon darajasiga mos kelishi;
texnologiya jarayonini tashkil etish uchun qilingan sarflarning iqtisodiy samaradorligi;
jonli mehnatni tejash, xodimlarning yuksak mehnat unumdorligini ta’minlash va og‘ir jismoniy mehnatni tugatish.
Tovar sotishning ilg‘or texnologiyasini joriy etishni nazarda tutib, do‘konlar savdo maydonlarini quyidagi talablar asosida rejalashtirish lozim:
savdo maydonini harakat qilishda, tovarlarni ko‘rish va tanlab olish chog‘ida haridorlar uchun eng ko‘p qulaylik yaratish;
hisob-kitob qilishda navbat kutib qolishga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
xodimlarning mehnat qilishi uchun qulay sharoit yaratish va savdo maydonidagi tovarlarni yordamchi xonalardagi tovarlar bilan to‘ldirib turish;
savdo maydonidan yanada samarali foydalanish;
yuqori darajada ishlash qobiliyatiga erishish.
Haridorlar navbat kutib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hisob-kitob bo‘g‘ini quyidagi tartibda rejalashtiriladi:
kassalar savdo maydonidan chiqadigan joyga o‘rnatiladi;
kassalar yonidagi yo‘laklar haridorlarning bir tomonlama harakat qilishini ta’minlaydi;
kassalar odatda kontrolyor – kassirlarning savdo maydoniga qarab o‘tirishini hamda savdo maydonini yaxshi kuzatishni ta’minlaydigan darajada joylashtiriladi;
haridorlar oqimi kontrolyor – kassirning chap tomonidan o‘tadi. Bunda kassir o‘ng qo‘li bilan kasa apparatida chek bosadi, chap qo‘li bilan esa tanlab olingan tovarlarni tekshiradi va pul qabul qilib oladi.
hisob-kitob bo‘g‘ini maydoni taxminan savdo maydonining 8-12 fozini egallaydi.
Chakana savdo jarayoni – aholining tovar harid qilishini ta’minlaydigan usullar yig‘indisidan iborat. Tovar sotish chakana savdodagi asosiy texnologiya jarayoni hisoblanadi. hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari qo‘llanilmoqda:
tovarni peshtaxta orqali sotish;
tovarni haridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish;
tovarni ochiq, yoyib qo‘yib sotish;
tovar namunalarini ko‘rsatib sotish;
tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish.
Dostları ilə paylaş: |