2.2.O’zbekiston Respublikasining nogironlarni ijtimoiy himoya qilishga oid xalqaro shartnomalari.
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surgan milliy, mintaqaviy va xalqaro tashabbuslar keng jamoatchiligimiz hamda oʻ hamjamiyati tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda.Bunday ijobiy munosabat, bir tomondan,Oʻzbekistonning davlatimiz rahbari belgilab bergan milliy taraqqiyot yoʻlidan ogʻishmay, dadil odimlayotganini tasdiqlasa, ikkinchi tomondan, xalqaro maydonda oʻrni va nufuzi tobora mustahkamlanib borayotganiga yana bir yorqin dalildir.
Birinchidan, 2021-yil 18-may kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi, deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilinganini taʼkidlash lozim.Dunyoning turli mintaqalaridagi 60 ga yaqin davlat mazkur rezolyutsiyada ham muallif sifatida ishtirok etgani eʼtirofga sazovor.
Ikkinchidan, Oliy Majlis Senatining 2021-yil 29-may kuni boʻlib oʻtgan majlisida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonuni loyihasi muhokama etildi va tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 22-fevral kuni BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida bu haqda toʻxtalgandi. Davlatimiz rahbari yuksak minbardan turib, imkoniyati cheklangan shaxslarning oʻz qobiliyatini toʻla roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha mintaqaviy kengash tuzish taklifini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etar ekan, Oʻzbekistonda alohida ehtiyojga ega boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlagani bejiz emas.
Oʻzbekiston hukumati BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini 2009-yil 27-fevralda imzolagan. Oʻshanda mamlakatimiz konvensiyani kelgusida ratifikatsiya qilishga ishonch bildirgan. Afsuski, Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ayni ratifikatsiya masalasi choʻzilib ketdi.Shu maʼnoda keyingi yillarda bu boradagi amaliy ishlar shiddatli tus olgani diqqatga loyiq. Oʻzbekiston Respublikasining Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilishiga oid masala davlat rahbarining quyidagi dasturiy hujjatlarida:
Birinchidan, “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida (2017-yil 1-dekabrda qabul qilingan);
Ikkinchidan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturida (2018-yil 5-maydagi farmon bilan tasdiqlangan);
Uchinchidan, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida (2020-yil 22-iyundagi farmon bilan tasdiqlangan);
Toʻrtinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 2021-yil 22-fevralda boʻlib oʻtgan 46-sessiyasidagi nutqida nazarda tutilgan.
BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi va BMT xalqaro shartnomaviy organlari — Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar qoʻmitasining, Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitaning yakuniy tavsiya va mulohazalarida Oʻzbekiston tomonidan Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish va targʻibot-tashviqot faoliyatini amalga oshirish bir necha marta tavsiya etilgan.Bu orada 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan va 2008-yilda yangi tahriri tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunni takomillashtirish boʻyicha ish olib borildi. Oʻzbekiston Prezidentining tashabbusi asosida 2017-yilda “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha 2018-yil 20-iyul kuni umumxalq muhokamasi uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirildi.Bu qonun loyihasida, jumladan, BMT Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasining xalqaro standartlari va talablari, eng muhimi, asosiy falsafasini hisobga olish, shuningdek, “nogiron” soʻzi oʻrniga “nogironligi boʻlgan shaxs” atamasidan foydalanishga eʼtibor qaratildi.Soʻngra 2020-yil 22-iyul kuni “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2020-yil 11-sentyabr kuni Senat tomonidan maʼqullandi. Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 15-oktyabr kuni imzolangach, uning 49-moddasiga muvofiq, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach, yaʼni 2021-yil 15-yanvar kuni kuchga kirdi.Shu tariqa Oʻzbekiston Prezidentining tashabbusi bilan dastavval bu borada alohida qonun qabul qilinishiga muvaffaq boʻlindi. Oʻz navbatida, davlatimiz rahbarining xalqaro tashabbusi doirasida Oʻzbekiston parlamenti Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi.Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekistonda ijtimoiy adolat prinsipiga amal qilish, yordam va qoʻllab-quvvatlashga muhtoj, birinchi navbatda, jismoniy imkoniyati cheklangan odamlarga toʻlaqonli hayot kechirish uchun sharoit yaratish masalasi davlatimiz rahbarining doimiy diqqat markazida turibdi.
Konvensiya quyidagi bayonot va qo‘shimcha shart bilan ratifikatsiya qilindi:
«O‘zbekiston Respublikasi nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z hayotining barcha sohalarida boshqalar bilan teng ravishda huquq layoqatiga ega ekanligini tan oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya tegishli holatlarda va qonunga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarning qo‘llab-quvvatlashdan foydalanishini hamda qarorlar qabul qilish mexanizmlarini almashtirishni ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarning muomala layoqatini cheklashga yo‘l qo‘yadi deb tushunganligini ma’lum qiladi.
Konvensiyaning 12-moddasi nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qarorlar qabul qilishning o‘rnini bosuvchi mexanizmlarning bekor qilinishini talab etadigan modda sifatida talqin etilishi mumkin bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi tegishli sharoitlarda hamda lozim darajadagi va samarali kafolatlarga rioya etish sharti bilan ushbu mexanizmlardan foydalanishni davom ettirish hukuqini o‘zida qoldiradi”.
Konvensiya — dunyodagi nogironligi boʻlgan shaxslar Konstitutsiyasi
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006-yil 13-dekabrda qabul qilingan va 2008-yil 3-mayda kuchga kirgan. 2021-yil fevral holatiga koʻra, BMTga aʼzo 192 davlatdan, 182 tasi ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilgan.BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi inson huquqlari toʻgʻrisida XXI asrda qabul qilingan birinchi shartnomadir.Konvensiyada nogironlarning huquqlari va asosiy erkinliklari, xususan, ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, taʼlim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, boʻsh vaqtni oʻtkazish, dam olish va sport bilan shugʻullanishda ishtirok etish, oʻzlari va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega boʻlish va ijtimoiy yordam huquqlari eʼtirof etilgan. Ushbu huquqlarni amalga oshirishning kafolatlari belgilangan.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, dunyo aholisining 15 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil qiladi, bugungi kunda ularning soni 1 milliardga yetgan.Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya 50 ta moddadan iborat boʻlib, dunyodagi nogironligi boʻlgan shaxslar holatini tahlil etish asosida qabul qilingan. Mazkur xalqaro-huquqiy hujjat insonlarning turli-tumanligi va qadr-qimmati prinsiplarini oʻzida mujassamlashtirgani juda muhimdir.Konvensiyaning asosiy gʻoyasi shundan iboratki, nogironligi boʻlgan shaxslar barcha inson huquqlari va erkinliklaridan kamsitishlarsiz foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.Konvensiyaning maqsadi 1-moddada bayon etilgan hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning tenglik asosida barcha inson huquqlarini toʻliq amalga oshirishlarini ragʻbatlantirish, himoya qilish va taʼminlashdan iboratdir. U foydalanish imkoniyati, shaxsiy harakatlanish, sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, abilitatsiya va reabilitatsiya, siyosiy hayotda ishtirok etish, shuningdek, tenglik va kamsitmaslik kabi bir qator muhim masalalarni qamrab oladi.Konvensiyaning 4-moddasida nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash, ragʻbatlantirish va himoya qilish boʻyicha umumiy majburiyatlar belgilangan. Xususan, konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlar quyidagi majburiyatlarni oladi:
nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, maʼmuriy-tashkiliy va boshqa choralarni koʻrish;
nogironligi boʻlganlarga nisbatan kamsitish xususiyatiga ega mavjud qonunlar, qarorlar, urf-odatlarni oʻzgartirish yoki bekor qilish;
barcha strategiyalar va dasturlarda nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirishni hisobga olish, konvensiyaga toʻgʻri kelmaydigan har qanday harakatlar yoki usullardan tiyilish;
har qanday shaxs, tashkilot yoki xususiy korxona tomonidan nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishni bartaraf etish uchun zarur choralarni koʻrish;
nogironligi boʻlgan shaxslarning aniq ehtiyojlari uchun moslashtirish, tovarlar, xizmatlar, jihozlar va universal dizayn obyektlarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalarini olib borish yoki ragʻbatlantirish;
konvensiyada kafolatlangan yordam va xizmatlarni taqdim etishni takomillashtirish uchun mutaxassislar va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ish olib boradigan personalni ushbu eʼtirof etilgan huquqlarga oʻqitishni ragʻbatlantirish.
Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda ustuvor subyektlar sifatida nogironligi boʻlgan ayollar (6-modda) va nogironligi boʻlgan bolalar (7-modda) ajratib koʻrsatilgan.
Konvensiya qoidalari bajarilishini monitoring qiluvchi, ishtirok etuvchi davlatlarning maʼruzalarini koʻrib chiqishga vakolatli hamda ushbu maʼruzalar boʻyicha takliflar va umumiy tavsiyalar beruvchi organ — BMTning Nogironlar huquqlari boʻyicha qoʻmitasi (18 kishidan iborat) tashkil etilgan.Aʼzo davlatlar dastlabki milliy maʼruzani konvensiya ratifikatsiya qilinganidan soʻng 2 yil ichida, keyinchalik har 4 yilda bir marta taqdim etishi belgilangan.
Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilishning yuridik asoslari
Mamlakatimizning nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri nogironligi boʻlgan shaxslarga Konstitutsiyamizda nazarda tutilgan fuqarolik, iqtisodiy, siyosiy va boshqa huquq va erkinliklarni amalga oshirishda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari hamda prinsiplari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarni taʼminlash hisoblanadi.Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan 760 mingdan ziyod shaxs istiqomat qiladi. Ular ijtimoiy himoya va qoʻllab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olingan.Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi qarori bilan Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Ushbu hujjatga asosan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari 2021-yil 1-avgustdan boshlab koʻrsatiladi.Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi qarori bilan hukumat huzurida doimiy faoliyat yurituvchi Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash tashkil qilindi. Idoralararo kengashning asosiy vazifalari:
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
nogironligi boʻlgan shaxslarning sogʻligʻini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini taʼminlashga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishi, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga koʻmaklashish;
nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida toʻla huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etishdan iborat.
Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida himoya qilish asosida qanday vaziyat boʻlishidan qatʼi nazar, insonni, shu jumladan, nogironligi borligi tufayli kamsitmaslik prinsipi yotadi. Bu borada nafaqat davlat tuzilmalari, balki fuqarolik jamiyati institutlari ham faollik koʻrsatayotgani juda muhim12.
Bugungi kunda mamlakatimizda nogironlik sohasida 600 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ular orasida Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar jamoat fondi, Oʻzbekiston Nogiron ishbilarmon ayollar milliy assotsiatsiyasi, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi,Oʻzbekistondagi falaj nogiron bolalar va oʻsmirlarga yordam berish “Umr” jamoatchilik markazi, “Inklyuziv hayot” nogironlar jamoat birlashmasi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati kabi NNTlar bor. Ushbu nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari konvensiyani ratifikatsiya qilishda faol ishtirok etdi13.
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash hamda himoya qilish masalalari bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasining 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjati bilan tartibga solinmoqda. Bu oʻrinda Konstitutsiya, 40 dan ortiq qonun va 160 dan ortiq qonunosti hujjat koʻzda tutilgan.Jumladan, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari Konstitutsiya, “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi qonunlar va Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini tartibga soluvchi milliy qonunchilik:
Nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi barcha huquqlarini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonuni, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishga qaratilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar;
Sogʻliqni saqlash va tibbiy xizmat koʻrsatish;
Bandlik masalalari;
Jismoniy tarbiya, sport va dam olish; ijtimoiy obyektlar va xizmatlar, transport, aloqa va axborot vositalaridan foydalanish;
Davlat va jamoat ishlarida ishtirok etish;
Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik kabi normalardan tashkil topgan
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston ratifikatsiya qilgan BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi nogironligi boʻlgan shaxslarning tengligi, huquqlari, ayniqsa, ayollar va bolalarning taʼlim olishi, salomatligini saqlashi, mehnat qilishi, oʻzi va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega boʻlishining huquqiy kafolatlarini belgilovchi xalqaro-huquqiy hujjatdir.
Konvensiyani ratifikatsiya qilishda 3 ta manba: milliy qonunchilik, xorijiy, yuridik amaliyot va ushbu konvensiyaning oʻziga tayanildi. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon kabi davlatlar tajribasi chuqur oʻrganildi.Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya kabi yetakchi xorijiy davlatlar Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan holda, tegishli milliy qonunlarini ham qabul qilgan. Bu qonunlarning barchasi mazmunan oʻxshash boʻlib, konvensiya talablari negizida ishlab chiqilgan.
Eʼtiborli tomoni shundaki, GFRda nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan bir qancha qonunlar mavjud. Jumladan, “Jamiyatda, ishda va kasbiy sohada nogironlarning huquqlarini taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonun shular sirasiga kiradi.Oʻzbekistonning bu boradagi huquqiy amaliyotiga kelsak, qonun ijodkorligida ilk bor noyob tajriba qoʻllanildi. Yaʼni xalqaro-huquqiy hujjat dastlab milliy qonunchilikka implementatsiya qilinib, shundan keyin ratifikatsiya qilindi.Eng asosiysi, konvensiyani ratifikatsiya qilish natijasida:
Birinchidan, nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimi xalqaro norma va standartlarga muvofiqlashadi;
Ikkinchidan, nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha xalqaro tashkilotlarning maqsadli resurslarini jalb qilish imkoni kengayadi;
Uchinchidan, aholini ijtimoiy himoya qilishdagi mamlakatimizning ijobiy xalqaro imiji yana-da yaxshilanadi.
XULOSA
Yuqoridagilarga xulosa qilib, dunyoda va bizning vatanimiz Oʻzbekistonda nogironligi bor shaxslar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilgan.Ularning jamiyatdagi oʻrni sogʻlom insonlarnikidan aslo kam emas. Nogironlarni atrof-muhitdga moslashishi , hayotga boʻlgan muhabbatining uygʻonishi ularning yaqinlari va doʻstlariga boʻgʻliq. Dunyo tarixida iz qoldirgan buyuk insonlar orasida nogironligi bor shaxslar ham koʻplab topiladi.Masalan: Lyudvig van Betxoven, Aleksey Maresyev , Oskar Pistorius , Stivi Uonder , Kristi Braun , Delano Ruzvelt , Rey Charlz , Erik Vayxenmayer , Migel de Servantes , Frida Kahlo , Anatoliy Papanov, Aaron Fotheringham . Bu insonlar qilgan ishlaridan faqatgina hayratlanish mumkin. Misol uchun :Lyudvig van Betxoven nemis bastakori, Vena klassik maktabining vakili. 1796 yilda allaqachon taniqli bastakor Betxoven eshitish qobiliyatini yo'qota boshladi: u tinit, ichki quloqning yallig'lanishini rivojlantirdi. 1802 yilga kelib Betxoven butunlay kar edi, lekin o'sha paytdan boshlab bastakor o'zining eng mashhur asarlarini yaratdi. 1803-1804 yillarda Betxoven qahramonlik simfoniyasini, 1803-1805 yillarda Fidelio operasini yozdi. Bundan tashqari, o'sha paytda Betxoven "Yigirma sakkizinchi" dan to oxirgisigacha - "O'ttiz ikkinchi", ikkita violonchel sonatalari, kvartetlar, "Uzoqdagi sevgiliga" vokal siklini pianino sonatalarini yozgan. Betxoven butunlay kar bo'lib, o'zining eng monumental kompozitsiyalaridan ikkitasini yaratdi - "Tantanali massa" va "Xor bilan to'qqizinchi simfoniya" (1824).
Nobel mukofoti sovrindori Stiven Uilyam Xoking koinotni boshqaradigan asosiy qonunlarni o‘rganadi. O’n ikkita faxriy ilmiy unvon sohibi. Uning “Vaqtning ko’p tarixi” va “Qora tuynuklar”, “Yosh olam” va “Boshqa insholar” kitoblari bestsellerga aylandi. Bularning barchasi bilan, hatto 20 yoshida ham Xoking atrofik sklerozning davolab bo’lmaydigan shakli rivojlanishi tufayli deyarli to’liq falaj bo’lgan va umrining oxirigacha shu holatda qoladi. U faqat o’ng qo’lining barmoqlarini harakatga keltiradi, u bilan u harakatlanuvchi stulini va uning uchun gapiradigan maxsus kompyuterni boshqaradi.
Haqiqiy odam haqidagi ertak” tarixi asosida yozilgan uchuvchi Aleksey Maresyev butun umri davomida juda faol bo’lgan va nogironlar huquqlari uchun kurashgan. U amputatsiyadan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tib, protezlar bilan uchishni boshlagan kam sonlilardan biri. Urushdan keyin Maresiev ko’p sayohat qildi, ko’plab shaharlarning faxriy fuqarosi bo’ldi. U vaziyatlarni engib o’tish mumkinligining jonli isbotiga aylandi.
Oskar Pistorius, tug’ilishdan nogiron. Bu odam an’anaviy ravishda nogironlar sog’lom odamlar bilan raqobatlasha olmaydigan sohada ajoyib natijalarga erishdi. Oyog‘i tizzadan past bo‘lmagani uchun u yuguruvchi bo‘ldi va nogironlar o‘rtasidagi
musobaqalarda ko‘plab g‘alabalardan so‘ng butunlay sog‘lom sportchilar bilan bahslashish huquqini qo‘lga kiritdi va katta muvaffaqiyatlarga erishdi. U, shuningdek, nogironlar o’rtasida sportni ommalashtirish, nogironlarni qo’llab-quvvatlash dasturlarida faol ishtirok etish va jismoniy imkoniyati cheklangan odam, hatto sport kabi muayyan sohada ham qanday yuksak muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligining o’ziga xos ramzidir.
Bizning yurtimizda nogironlarni huquqlari , erkinliklari toʻgʻrisida ham koʻplab qunonlar qabul qilingan . Nogironligi bor shaxslar uchun koʻplab imtiyozlar berilmoqda. Lekin nogironligi bor shaxslar harakatlanishi , taʼlim olishi va ishlashlari uchun hamma tashkilot va muassasalards yetarli shart – sharoitlar yaratilmagan. Nogironligi bor shaxslar ayniqsa transport vositalaridan foydalanishda qiynalishadi.Yaratilgan sharoitlar talab darajasida boʻlmaydi . Faqatgina yuqoridagi tashkilotlardan choʻchiganlari uchungina nomigina qilib qoʻyishadi. Jahon bankining hisoboti ko‘ra, Toshkentning 85 foiz infratuzilmasi nafaqat nogironligi bor shaxslar uchun, balki yoshi katta, farzandli insonlar, homilador ayollar uchun ham moslashmagan. Bu yerda faqat nogiron shaxslar emas, butun jamiyatimiz haqida gap ketyapti. Ya’ni Toshkent hatto nogironligi bo‘lmagan inson uchun ham moslashmagan. Va hamon moslashtirilmayapti.Biz ko‘p marotaba takrorlaymiz, qonun-qoida ham bor, qurilish me’yorlari bor, lekin shunga qaramay, yangi qurilgan binolarda ham sharoit yaratilmagan.1991 yilda qabul qilingan “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bo‘lgan, bu – eski qonun. Shu qonunga ko‘ra, har bir ijtimoiy infratuzilma obekti qurilayotganda O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan kelishish kerak edi. Lekin bu tartib amalda ishlamagan. O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, nogironlar jamiyati, karlar jamiyati bor. Obektlar, metro bekatlari qurilishida ularning vakillaridan maslahat olinmagan.Lekin muammo shundaki, nogironlikka hanuzgacha tibbiy prizmadan qaralgani uchun bu boradagi masalalarni faqat tibbiyot, reabilitatsiya xodimlari egallab olishgan. Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga qarasangiz ham, rahbariyatidagi ko‘pchilik odamlar tibbiyot sohasi mutaxassislaridir. Nogironlik ijtimoiy muammo bo‘lishi kerak. Ammo shu nuqtayi nazaridan amalga oshirilgan tadqiqotlar soni juda ham kam. Ya’ni tadqiqotlar deyilganda, ingliz tilida chet elning akademik nashrlarida chop etilgan ilmiy maqolalar soni juda oz.
Nogironlik masalasi yilda bir yoki ikki marta faqat bayramlarda eslanishi… Yaqinda 3 dekabr keladi, Navro‘z keladi, ya’ni bayramlar keladi. So‘ng keyingi yilgacha xayrlashiladi.Muammoni yechishning bitta yo‘li bor. Fikrimcha. Buyuk Britaniya, AQShda nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakati yo‘lga qo‘yilgan. Shu ijtimoiy harakatlarning tarixiga nazar tashlasak, nogironligi bo‘lgan shaxslarning tanqidiy fikrlash qobiliyati shakllanganidan so‘ng ular o‘zlariga savol bera boshlashgan. Ya’ni nima sabab ular nogironligi bois ta’limsiz yoki ishsiz ekani, jamoat transportidan foydalana olmasligiga qiziqa boshlagan. Shunday davlatlarda nogironligi bor shaxslarning tashkilotlari, tashabbuskor guruhlari birlashib, “bizga xayriya emas, bizga huquqlarimiz kerak”, deyishgan.
Ular ham avtobusga chiqish, ta’lim olishni xohlay boshlashgan. Ammo mana shu talab bizda bu darajada kuchli emas. Chunki muammo xayriya modelida. Biz ularni “passiv oluvchilar” sifatida qabul qilyapmiz. Menimcha, bir martalik xayriyadan ko‘ra, kengroq fikrlab, nogironlarni ham jamiyatga qo‘shishga harakat qilishimiz kerak. O‘zimizning ongimizdagi to‘siqlarni olib, jamiyatni o‘zgartirib, ularni ham qo‘shishga harakat qilishimiz kerak. Ana o‘shanda o‘zgarish bo‘ladi. Birinchi navbatda, ularni tinglashni boshlashimiz kerak.
Har qanday rivojlanish inklyuziv bo‘lishi kerak. Inklyuziv deganda, jamiyatdagi har bitta insonning foydasi ko‘zda tutilishi kerak. Va rivojlanish jarayonida har bir odam bundan bahra olishi lozim. “Bu qatlam hozir kutib turadi, ungacha bu qatlamni qilib olaylik” deyish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.Nogiron insonlarning ehtiyojlari hozir inobatga olinishi kerak. Hozirdan biz qo‘ygan avtobusimiz, metrolarimiz qanchalik inklyuziv, sharoitlari bormi yoki yo‘q, shunga e’tibor qaratishimiz lozim. Keyin-keyin ulanib, bora-bora bu ham inklyuzivlashadi.
Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Avtomobil transporti agentligi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining qarori bilan Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalarini to‘xtab turishi uchun bozorlar, savdo majmualari va boshqa obektlar hududlaridagi avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining kirish va chiqish qulay bo‘lgan qismida nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylari to‘xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizini (kamida 2 ta joy) tashkil etishi lozim.Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq «5.15. To‘xtab turish joyi» va «7.17. Nogironlar» yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan «Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil» taniqlik belgisi o‘rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar — nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi hamda 16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) — 16 yoshgacha nogiron bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi bo‘lganda foydalanishi mumkin.Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari namunaviy chizma asosida jihozlanadi.Ko‘p qavatli avtotransport vositalari to‘xtash joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turishi uchun joylar birinchi qavatda va boshqa qavatlarda liftga yaqin joylardan ajratilishi kerak.
Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylariga ko‘k fonda 2x2 metr o‘lchamli sariq chiziqli nogironligi bo‘lgan shaxs avtotransport vositasining to‘xtab turish joyini bildiruvchi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq 1.24 «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joyi» yotiq chizig‘i chiziladi.Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining o‘lchamlari avtomobil harakat yo‘nalishiga burchak ostida qo‘yilganda eni 3,5 metr, uzunligi 5 metr, harakat yo‘nalishiga parallel qo‘yilganda eni 2,5 metr, uzunligi 7,5 metr bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |