1.Pulning kelib chiqishi va mohiyati
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk
kashfiyotlaridan hisoblanadi.
”Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo
bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va
«ehtiyojlarning bir
–
biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi.
Pulning vujudga kelishi, uning evolyutsion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati
va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar,
mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari
yaratgan.
Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda
pulning
vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona
yondashuv mavjud emas. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun
qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash munosabatlarini
amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chu
nki, aynan mana shu
tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va
hisob
–
kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin
yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo‘lib
xizmat qiladi:
-
qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari
turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga
yaqin yoki tanish odamlarga bergan
, bu o‘z–o‘zidan odamlar o‘rtasida
stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga
kelishiga sabab bo‘lgan;
- odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi
natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela
boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga
nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar.
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning
kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq–
ovqatlar, kiyim
–
kechaklar va
boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab
chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib taqaladi.
Ma’lumki, natural xo‘jalik
tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik
ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan
(yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj
mavjud bo‘lmagan. Yuqorida
qayd etilgan ikki omil
, kishilar o‘rtasida
ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada
odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa
mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi.
Ayirboshlash
–
bu kishilarning istak
–
xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida
amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini
qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan voz kechib,
zarur bo‘lgan
narsaning o‘rniga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji bo‘lgan
5
buyumga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan jarayondir.
Demak, ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv
natijasida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, “A” o‘
ziga tegishli tovar yoki
xizmatini “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki,
ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib,
“A” tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘rniga o‘zi uchun zarur
bo‘lgan, undan ham
foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi. Shuningdek,
natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini
shakllanishiga olib kelgan.
Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash
jarayoni
rivojlanib
, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan.
Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib
chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat
kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o‘rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash
jarayoni boshlandi. O‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini
faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
•
ishlab c
hiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish
davriga o‘tishi;
•
ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning bir–biriga o‘zaro bog‘liqligining
vujudga kelishi;
•
ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi.
K.Marks pulni pul - bu tovarlarning tovari deb ifodalangan va uning
quyidagi xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste’mol
qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z ifodasini topadi. Ikkinchidan,
pulda ifodalanadigan aniq mehnatning asosini abstrakt mehnat tashkil
qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat
sifatida namoyon bo’ladi. Shunga
asoslangan holda pul ham tovar, lekin
boshqa tovarl
ardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo’lgan, maxsus
tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida
xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o’ziga ifoda qiluvchi,
umumiy ekvivalent hisoblanadi.
Umumiy ekvivalent rolini uz
oq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsa
-
da, tovar xo’jaligining va pul muomalasining rivojlanishi qog’oz pullar,
boshqa kredit vositalari yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining
6
bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga
olib kelgan.
Pul qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar
-
u pul bo’lib qoladi.
Yuqoridalarga asoslangan holda pulning mohiyatini quyidagicha
ta’riflashimiz mumkin. Pul
-
bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib,
abstrakt mehnat xarajatlar
ini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi
ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o’zida to’liq ifodalaydi deb aytishimiz
mumkin. Bular:
Birinchidan, pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi;
Ikkinchidan, pul bu umumiy ekvivalent -
yagona tovar bo’lib, qolgan
tovarlarning qiymatini o’zida ifoda qilishi (boshqa xohlagan bir tovar bu
xususiyatga ega bo’la olmaydi);
Uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat
va boshqa xarajatlarini o’zida ifoda qilishi;
To’rtinchidan, pulning
har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda
kishilar o’rtasida yuzaga
keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va
boshqalardir. Pul to’g’risidagi evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va
muomala vositasi ekanligini ochib beradi.
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari
qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha
tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda
boshqa tovarlar.
Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini bajarib iqtisodiyot
mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida).
Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati,
ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi.
Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish
xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni
muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko’tarilib,
ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha.
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib
hisoblanadi.
I
nsoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog’liqdir. Inson
faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo’lib kelgan
va shunday bo’lib qoladi.
Taniqli davlat arboblaridan biri ta’kidlaganidek, «Davlatni o’rni uni qancha
7
soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning
mustahkamligi bilan belgilanadi. Bunga shuni qo’shimcha qilish mumkinki,
korxonaning mavqi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan
mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan
belgilanadi».
Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va
zarurligiga kam e’tibor berishgan. 18
57 yillarda taniqli ingliz iqtisodchi U.
Djevons Iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana
kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el
iqtisodchilari bu bobni chetlab o’tishgan. 50
- yillardagi darsliklarning
avtorla
ri pulning mohiyatidan ko’ra uning iqtisodga, ishlab chiqarish va
bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta’sirini o’rganish
muhimroqdir deb ta’kidlashgan va ko’p chet el olimlari shu yo’nalishda ish
olib borishgan.
Hozirgi vaqtda pul to’g’risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko’rilgan
masalalar bu fikrimizning isboti bo’lishi mumkin. Haqiqatda ham bozor
iqtisodiga o’tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot qilishdan
ko’ra,
pulning iqtisodga
, ishlab chiqarishga, bandlikka ta’sirini tadqiqot
qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o’ylaymiz.
Ishlab chiqarish resurslari, ya`ni xom-ashyolar, jixozlar va mashinalar
hamda ishchi kuchi bozorda pulga sotib olinadi. Ishlab chiqarish natijasida
yaratilgan tovarlar yana pulga sotiladi. Pul ko`rinishida olingan daromad
taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Pul bozor iqtisodiyotining «tili» dir. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va
xizmatlar bahosi, to`lovlar, daromad-u harajatlar, moliyaviy talablar va
majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar faqat pulda ifodalanadi.
Har bir korxona, tashkilot, muassasa, tadbirkorlar, alohida - alohida
fuqarolar faoliyati natijasi ham pul bilan hisoblanadi.
Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy
ekvivalent vazifasini bajaradi va barcha tovarlarni sotib olish vositasi bo`lib
xizmat qiladi. Pul har qanday buyumga aylanish sehriga qodir.
Kishilar har doim pul topishga harakat qiladilar, pul esa ular uchun xizmat
qiladi.
Hozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari elektron pullar va kredit
kartochkalardan foydalanilmoqda. Banklar faoliyatida EYoM lardan
foydalanish, elektron pullar yordamida qarzlarni to’lashni tezlashtiradi.
AQSh da pul mablag’larini elektron o’tkazish tizimi
- EFTS (Electronie Funds
8
Transfeht Sustem) oborotning samarali bo’lishini ta’minlamoqda.
Hozirgi zamon amaliyotida qo’llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar
o’rniga hisob
-
kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo’lib, ular juda qulay
va afzalliklarga ega. Kredit kartoch
ka bo’yicha barcha turdagi chakana
savdo uchun va xizmatlar uchun to’lash mumkin. Hozirgi vaqtda kredit
kartochkalarning bank, savdo xizmatlarni to’lash uchun mo’ljallangan.
|