19
qiymati bilan ifodalangan. Ma’lum bir tovarning pul o‘rnida
foydalanishda
uning iste’mol qiymati muhim ahamiyat kasb etgan.
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin.
1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan
tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak va
boshqalar.
2. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va
metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin.
Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar.
3. O‘simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o‘simliklar va ularning mevalari
kiradi. Masalan, bu
g‘doy, mevalar, tamaki va boshqalar.
Natural pullarning paydo bo‘lishi va ulardan foydalanish
tarixi juda chuqur
va qiziqarlidir. Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha
kishilar topgani o‘rtada bo‘lgan, birgalikda iste’mol qilgan, keyinchalik
bir
urug‘ga mansub kishilar qabila
-
qabila bo‘lib yashay boshlagan. Qabila
ichida odamlar bir
–
biriga yordam berishi, oziq
–ovqatlarni baham ko‘rishi
ker
ak bo‘lgan. Bu beg‘araz tartibda
amalga oshirilib, buning o‘rniga ular
bir
–
biridan hech narsa umid qilmagan
, hamma narsa o‘rtada bo‘lgan.
Keyinchalik ib
tidoiy urug‘chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila
qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti
–vaqti bilan ular o‘rtasida dahshatli
qonli
to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Ushbu to‘qnashuvlar natijasida bir qabila
ikkinchisi ustidan g‘alaba
qozongandan keyin, ular
ning barcha narsalarini
talon taroj qilgan. Shu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida
kuchli qabilalarga
narsalar, asosan iste’mol qilinadigan narsalarni bergan.
Aynan shu jarayon ham kishilar o‘rtasida bir tomonlama ayirboshalash
munosabatlarini vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Tosh asri davrida kishilar yerlarni o‘zlashtirib
ekin eka boshlagan,
keyinchalik dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan
narsalar barchasi bir yo‘la iste’mol qilingan bo‘lsa, endi ma’lum miqdorda
zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u
yerda ortiqchalik vujudga
kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda
tasarruf qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana
boshlagan. Shuningdek, keyinchalik hunarmandchilik
vujudga kelgan,
bularning barchasi kishilar o‘rtasidagi bir tomonlama ayirboshlashdan ikki
tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqargan.
Odamlar o‘rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng
tarqalgani mehnat qurollari hisoblanadi. Mehnat qurollariga dehqonda,
20
c
horvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo‘lib, ular o‘z
mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga intilar edi.
Mehnat qurollari eng qadimiy tovar- pullar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: