30
o
O‘zbekiston Respublikasining “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar
boshqa mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va
rivojlantirishga ko‘maklashish, ularning markaziy va milliy
banklarida, xalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit
tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya
qilish
o
respublikaning oltin zaxirasi va olmos fondini shakllantirish;
o
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta fondini
vujudga keltirish, davlat valyutasini tartibga solib turuvchi va
nazorat qiluvchi bosh ijroiy idora vazifasini bajarish;
o
bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish,
chakana savdo va chet el valyutasida xizmatlar ko‘rsatishga
ruxsatnoma berish;
o
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun tegishli
xizmatlar va muassasalar ochish huquqiga ega.
Pul muomalasini tashkil etish. Milliy valyuta joriy etilgunga qadar
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi “rubl”dir. Bu “rubl” 100
tiyindan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida “rubl” yagona
to‘lov vositasi hisoblanadi. Respublikaning o‘z valyutasi joriy etilishida
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi to‘lovlar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda amalga
oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pulni muomalaga chiqarish va
muomaladan qaytib olish mutlaq huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki pul belgilarini muomalaga chiqaradi, ularni inkassatsiya
qilish, saqlash va tashishni tashkil etadi, o‘zining muassasalarida pul
belgilari rezerv fondlarini vujudga keltiradi.
Respublika inkassatsiya boshqarmasi o‘zining barcha bo‘limlari bilan
birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tasarrufida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: