Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif



Yüklə 326,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix10.06.2023
ölçüsü326,93 Kb.
#128225
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Xulosa 
Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat 
xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish 
munosabatlarini ifodalaydi. Pul o’z taraqqiyotida quyidagi 4 bosqich va 4 
shaklga ega bo’lgan ekan: 
1.
Tovar shaklida - “qo’yma” asrimizdan oldingi VII – asrgacha 
2.
Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX - asrlar 
3.
qog’oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar 
4.
Elektron pullar – “kartochka” XX – asr o’rtalarida 
5.
Jamiyat taraqqiyoti shunday amalga oshadiki, unda bir tomondan 
ma’lum bir iqtisodiy munosabatlar, aloqalar avvalgi tizim bilan 
vorislikni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, jamiyatni olg’a eltuvchi 
yangi munosabatlar, aloqalar vujudga keladi. Uchinchidan, shunday 
iqtisodiy munosabatlar, aloqalar borki, ular jamiyatdagi o’zgarishlarga 
moslashgan xolda tizim rivojlanishiga katta ta’sir etib, ularni bir-biri 
bilan bog’laydi. Ana shunday munosabatlar Tovarpul 
munosabatlaridir. 
Ijtimoiy xo’jalik yuritishning tarixan ikki shakli mavjud. Birinchisi natural 
xo’jalik yuritish bo’lib, u eng uzoq davr (hozirgi paytda ham uchraydi) 
davom etgan. Ikkinchisi Tovar xo’jaligi bo’lib, u iqtisodiyotning rivojlangan 
bosqichiga xos. Ular bir-biridan farq qiladi. Tovar xo’jaligining eng katta 
farqi, mahsulot bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi va tovar deb ataladi. 
Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va 


33 
sotish bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning 
xususiyatlarini, u haqdagi nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. 
Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik 
nazariya, me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – 
Marshallning nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir 
tovarga narx qanday belgilanishininazariy jihatdan asoslab berishdir. 
Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib 
chiqishi haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga 
ko’ra umumiy ravishda ikkiga: ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv 
bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik yondashuv bo’lib, pulning 
kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan fikr 
bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 
mahsuli deb ko’rsatishadi. 
Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, 
qiymato’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda 
pullar naqd pullardan iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida 
kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli naqd bo’lmagan pullar ham 
ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va naqd 
bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi. 

Yüklə 326,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin