Kurs ishi tuzilishi Kurs ishining tuzilishi umumiy qoida sifatida o’rnat ilgan kirish, asosiy bo’lim, xulosa,
statistic ma’lumotlar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan tashkil topadi. Kurs ishining
barcha qismlari bir biri bilan o’zaro bog’langan va mavzuni ochib berishga xizmat qilishi talab
etiladi.
Mavzuga tegishli amaliy ma’lumotlarni to’plash, tartibga keltirish, tasniflash, tahlil kilish
va umumlashtirish jarayonida kurs ishining rejasi takomillashtirilishi yoki uning yo’nalishi
o’zgartirilishi mumkin.
KURS ISHIGA QO’YILGAN ASOSIY TALABLAR Kurs ishining hajmi va formati
Kurs ishining umumiy hajmi kompyuterda yozilgan matnda o’rtacha 32-36 bet, qo’l
yozmada 45-50 bet bo’lishi kerak.
Kurs ishi tuzilgan rejaga muvofiq alohida bandlarga, ya’ni paragraflarga bo’linadi. Bu
bandlarning nomi qisqacha bo’lib, mavzuning mazmuniga mos tushishi va matnga muvofiq
tarzda bosh harflar bilan yozilishi lozim. Betlar arab raqamlari bilan pastki qismning o’rtasida
qo’yilishi kerak.
Kurs ishi A4 (210x297) formatli oq varaqning bir tomoniga 1,5 interval oraliqda, 14
shriftda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi hoshiyalar o’lchamiga rioya qilinishi lozim:
Chap hoshiya – 30 mm. O’ng hoshiya – 15 mm. Pastki hoshiya -20 mm. Yuqori hoshiya – 20
mm. Kurs ishi tezt ikkichga (skoroshivatelga) tikiladi yoki oddiy muqova qilinadi va titul varag’i
(1-ilova) uning ustiga yelimlanadi.
Kurs ishini raqamlash reja yozilgan varog’idan boshlanib, oxirgi betgacha hamma
varag’larni qamrab olishi lozim. Reja yozilgan varaq birinchi bet hisoblanadi va unga raqam qo’
yilmaydi.
Kurs ishidagi barcha grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar va boshqalarning nomi
aniq qilib ustiga yozilishi va raqamlab chiqilishi lozim.
Rejada kurs ishining barcha bandlari, ya’ni kirish, asosiy qism, paragraflar, xulosa va
takliflar kelt iriladi.