Ilovaga ishning asosiy qismida qandaydir sabablarga kо‘ra taqdim etilmay qolgan ma’lumotlar kiritiladi.
Jumladan, ilovada:
yordamchi va raqamli ma’lumotlar iborat jadvallar (jadval, diagramma;)
qо‘shimcha kо‘rgazmali materiallar (rasm, surat va fotohujjatlar);
ilmiy ishni bajarish jarayonida ishlab chiqilgan metodikalar va yо‘riqnomalar joylashtiriladi.
Kurs ishining rasmiylashtirilishi
Ilmiy ishning zarur elementlaridan biri bayon etilayotgan ma’lumotlarni savodxonlik bilan (grammatik va stilistik jihatdan tо‘g‘ri) ifodalanishi, adabiy uslub, pishiq va puxta ishlanishi, tashqi tomondan yaxshi rasmiylashtirilishi va uning mohirona tasvirlanishidir.
Asosiy ma’lumotlarni bayon etish jarayonida u yoki bu holatlar kо‘chirib olingan bо‘lsa, manbalar havola etilishi lozim. Manbalar haqidagi ma’lumotlarga quyidagilar kiritilishi kerak: muallifning F.I.SH., kitob nomi, nashriyot nomi, chop qilingan joyi va yili, betlar soni.
Havolalar matn parchasi keltirilgan varaqning pastki qismida rasmiylashtiriladi. Shuningdek, foydalaniladigan adabiyotlar rо‘yxatida qо‘llanilgan manbalar sifatida ham keltiriladi. Ushbu rо‘yxat manbalarni bibliografik ifodalash qoidalari bо‘yicha tuzilgan bо‘lishi shart.
Kurs ishining matni A4 formatli oq yozuv qog‘oziga 14 hajmli Times New Roman shrifti bilan, sо‘zlar oralig‘idagi qator 1,5 intervalda
kompyuter yordamida teriladi. Kompyuterdagi qо‘lyozmaning bitta varag‘ida
sо‘zlar 30 ta qatordan oshmasligi lozim. Varaqning chap tomoni – 25 mm, yuqori qismi – 20 mm, о‘ng tomoni – 10 mm, pastki qismi – 25 mm.
Matn qat’iy izchil tartibda nashr qilinishi talab etiladi. Har xil turdagi matnga, ya’ni boshqa bir varaqlarda yoki qog‘ozning orqa tomoniga yoki bо‘lmasa boshqa bir о‘ringa matn bо‘lagini kо‘chirish kabi qо‘shimcha kiritishlarga yо‘l qо‘yilmaydi. Barcha havola va satr ostidagi izohlar matnlarga taalluqli bо‘lgan varaqlarda (mayda intervalda) beriladi.
Ish tarkibiy qismlarining (mundarija, kirish, boblarning nomi va xulosa) sarlavhasi katta harflar bilan teriladi, bо‘limlar sarlavhasi esa abzatsdan bosh harf katta harf bilan, qolganlari kichik harflarda maydonning chap qirrasi buyicha yoziladi. Shuningdek, sarlavha sо‘ngida nuqta qо‘yilmaydi va ostiga ham hech qanday chiziq tortilmaydi, faqat qora harflar bilan ajratiladi.
Bob va bо‘limlar sarlavhasi imkon qadar qisqa bо‘lishi lozim. Sarlavhada sо‘zni bо‘lib keyingi satrga kо‘chirish mumkin emas. Agar sarlavha ikkita murakkab gap bо‘lagidan iborat bо‘lsa, bunda ularni nuqta bilan ajratib yozish lozim.
Sarlavhalar va keyingi matn orasidagi masofa ikki intervaldagi satrda bо‘lishi kerak. Bunday masofa bob va bо‘limlar sarlavhasidagi oraliqni ushlab turadi.
Matnda sо‘zlarni qisqartishga yо‘l qо‘yilmaydi.
Ishda bayon etilayotgan matnlar 15 mmda rasmiylashtiriladigan abzats bilan ajratib boradi. Agar sо‘zlar bir-biriga chambarchas bog‘liq yoki matn qismining mazmuniga biriktirilgan bо‘lsa, bunda ularni abzats bilan ajratish mumkin. Bu bir nechta gapdan iborat, umumiy mazmun-mohiyatga ega bо‘lgan sо‘zlar bо‘lishi ham mumkin. Adabiyotlarni tanlash – bu talabaning burchidir. Kurs ishi raxbari faqat talabaga ishning asosiy yо‘nalishini aniqlashda kо‘maklashadi hamda ishni yozish jarayonida qо‘llash uchun kо‘proq muhim bо‘ladigan ilmiy manbalarni kо‘rsatadi va ularni qayerdan topish mumkinligi tо‘g‘risida tushuntirib boradi.
Dostları ilə paylaş: |