Mavzuli kartada geografik landshaftning ayrim elementlari boshqa elementlarga nisbatan aniq va mukammal tasvirlanadi. Masalan,
relyef kartasida asosiy element relyef bo‘lib, u aholi punktlari, yo‘llar
va boshqalarga qaraganda ancha aniq va mukammal ko‘rsatiladi.
Kartada biron tabiiy yoki ijtimoiy hodisa tasvirlansa ham u mavzuli
karta deyiladi. Bundav kartalarga aholi va mchnat rcsurslari iqlim,
tuproq kartalari va boshqa kartalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Mavzuli kartalar dastlab ikkita katta sinfga, sinflar o ‘z navbatida
tur larga, turlar esa xillarga bo‘linadi.
Masalan, mavzuli kartalar eng avvalo ikkita katta sinfga, ya’ni
tabiiy (tabiiy-geografik) hodisalar kartalari sinfiga va ijtimoiy (ijtimoiyiqtisodiy)
hodisalar kartalari sinfigabo‘linadi. Mazkurtasnifni quyidagi
sxemada yaqqoJ tasavvur etish mumkin:
Umumgeografik kartalar: — topografik;
— obzor-topografik;
— obzor. Mavzuli kartalar. Tabiiy hodisalar kartalari: — umumiy tabiiy-geografik;
— geologik;
— gcofizik;
— geokimyoviy;
— geornorfologik;
— meteorologik va iqlim;
— okeanologik (okean va dengiz suvlari);
— gidrologik (quruqlik usti suvlari);
— tuproq;
— geobotanik;
— zoogeografik va boshqa shu kabi tabiiy-geografik obyckt yoki
xodisalarni tasvirlaydigan kartalar;
Ijtimoiy hodisalar kartalari: — aholi va mehnat resurslari;
— iqtisodiy (xalq xo‘jaligi va uni tarmoqlari);
— sotsiaJ-infrastruktura;
— siyosiy-ma’muriy;
— tarixiy va boshqa shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy obyekt yoki hodisalar
tasvirlangan kartalar.
Soingra yuqoridagi turlar xillarga bo4inadi} masalan, geologik kartalar quyidagi xillarga boilinadi: — stratigrafik;
— tektonik;
— litologik;
— to ‘rtlamchi davr yotqiziqlari;
— gidrogeologik;
— geokimyoviy;
— foydali qazilmaiar;
— seysmik;
— vulkanii va boshqalar.
Sotsial-infrastruktura kartalari quyidagi xillarga boilinadi: — ta’lirn: — fan;
— m a d a n iy a t;
— sog‘liqni saqlash;
— iizkuliura va sport;
— turizm;
— aholiga maishiy va kommunal xizmat ko'rsatish va boshqalar.
1.3. Foydalanish maqsadlariga
ko‘ra kartalarni tasniilash
Foydalanish maqsadlariga ko'ra kartalar quyidagilarga b o iin a d i:
o'quv kartalari, ilmiy-ma’lumotnoma kartalar, targ‘ibot va tashviqot,
opcrativ xoljalik, navigasiya, kadastr, yo‘l, loyiha, turistik va boshqalar.
Kartalarni foydalanish maqsadlariga k o ‘ra tasnifiga maxsus k a rta larni
ham kiruishadi. Maxsus karta lar m a ’lum doiradagi foydalanuvchilarga
va m a ’ium vazifalar yechimiga mo‘ljallangan b o ‘ladi.
Masalan, dengiz va daryo navigasiya kartalari, aeronavigasiya kartalari,
loyiha kartalari va boshqalar.