Курс лойиҳасини бажаришдан мақсад ва ишланадиган вазифалар



Yüklə 427,6 Kb.
səhifə7/8
tarix05.04.2023
ölçüsü427,6 Kb.
#93503
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi kon geometriya

Kon geometriyasi fanidan
kurs loyihasi uchun


T O P SH I R I Q

Guruh: ____________ Talaba:________________


(Variant- ___)


1. Ishlanadigan loyiha: Muskavit rudasi koni uchastkasidagi batafsil razvedka natijasida to‘plangan ma’lumotlar asosida kon ko‘rsatkichlarini geometrizatsiyalash va metall zaxirasini hisoblash.
2. Boshlang‘ich ma’lumotlar: Burg‘iquduqlar bo‘g‘zining koordinatalari (1-jadval), egrilangan burg‘iquduqlarning joylashish unsurlari (2-jadval), foydali komponentaning o‘rtacha miqdori ko‘rsatkichlari (4-jadval), 2-burg‘iquduq bo‘yicha foydali komponenta ko‘rsatkichlari (3-jadval), burg‘uquduqlarning rudaga kirish va rudadan chiqish nuqtalarigacha bo‘lgan masofalar (5-jadval).
3. Qo‘llanmalar: Kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma, kon geometriyasiga oid adabiyotlar, kon geometriyasidan ma’ruzalar matni, kon geometriyasi fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatmalar 1 va 2 qism, internet ma’lumotlari.
4. Grafik chizmalarning turlari:
1). Razvedka burg‘iquduqlari va razvedka chiziqlarining joylashish plani;
2). Kon ost va ust sirtlarining gipsometrik plani;
3). Ruda qalinligi va foydali komponentasining izochiziqlar plani;
4). Foydali qazilma chiziqli zaxirasining plani.
5.Izohnoma matnining tarkibi: Topshiriq, boshlang‘ich ma’lumotlar, ruda uyumini geometrizatsiyalash metodikasi (tasvir tekisligi, masshtab va gorizontallar kesimini tanlash tartibi, geometrizatsiyani bajarish usuli), qabul qilingan echimlar, foydalanilgan formulalar (adabiyotlarga belgilangan tartibda ilova qilingan holda). Metall zaxirasini hisoblash jadvali, zaxirani hisoblash metodikasi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
6. Qo‘shimcha ma’lumotlar va ko‘rsatmalar: Kon geometriyasidan mustaqil ishlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar, kurs loyihasining kafedrada qabul qilingan namunasi.



Yüklə 427,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin