Texnalogik sxemani tanlash va asoslash.
Deyarli barcha yog‘li urug‘larning tarkibida moydan tashqari yana bir qancha yog‘simon yo‘ldosh moddalar ham bor. U moddalar umumiy qilib lipidlar deb ataladi. Lipidlar mag‘izning gel qismida sof korbon kislotalari, qandlar, sterin, pigment, alkaloid, fosfatid va boshqa bir qancha oqsillar bilan murakkab qo‘shilmalar sifatida bo‘lib, ularning yog‘ qismiga o‘tishi yog‘ olish texnologik jarayonining borishiga bog‘liqdir. Yog‘dagi yo‘ldosh moddalarning ba’zi birlari, ya’ni paxta moyidagi gosssipol, loviya moyidagi glyukozidlar, tirik organizmga zararli bo‘lsa, qand va fosfatidlar esa foydalidir. Fosfatidlar tirik organizmdagi modda almashinish jarayonida kata fiziologik rolni o‘ynaydi. Organizmda ularning ma’lum miqdorda bo‘lishi, organizmning turli kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Fosfatidlar inson nerv to‘qimalari tarkibiga kirib, aqliy mehnat qila olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Fosfatidlar yog‘simon modda bo‘lib, yog‘dan o‘z tarkibida fosfor va azot borligi bilan ajraladi. Fosfatidlarning urug‘dagi gel qismidan yog‘ga o‘tib qolishi, hamda yog‘ olish usullariga bog‘liqdir. Yog‘ qanchalik yumshoq rejim Bilan olinsa, unda fosfatidlar shuncha ko‘p va buzulmagan holda bo‘ladi. Yog‘li urug‘larning turiga qarab, ularning tarkibidagi fosfatidlar miqdori ham har xil bo‘ladi, masalan:
Loviya urug‘ida……………. 1,5 - 2%
Paxta chigitida…………… 1,02 - 1,5%
Indov urug‘ida…………….. 1,02 – 1,2 %
Kungaboqarda ……………… 0,44%
No‘xatda …………………….. 1,99%
Moyli xom ashyodan fosfatidlarning moy tarkibiga o‘tishi, moyli xom ashyoni qaysi usul bilan qayta ishlashga bog‘liq. Buni quyidagi jadvaldan ko‘rishimiz mumkin.
Fosfalipidlar tarkibiga glitserofosfatidlar, inozitfosfatidlar va sfingomielinlar kiradi. O‘simlik tarkibida ular asosan glitserofosfatidlar ko‘rinashida bo‘ladi. Glitserofosfatidlarning umumiy formulasi kuyidagi shaklda bo‘ladi.
Yog‘ning gidratatsiyasi. Yog‘ning gidratatsiya jarayoni glitseridlarga hamrox bo‘lgan fofatidlarni ajratib olish maqsadida qo‘llaniladi. Yog‘da fosfatidlar miqdori kam bo‘lishiga qaramay, o‘zining aktivligi hisobiga yog‘ning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Saqlash vaqtida cho‘kma hosil qilib ajraladi, ular emulsiyani stabillashtiradi va natijada fazalar ajralishi qiyinlashadi, oqlash vaqtida fosfatidlar sorbent yuzasida adsorbsiyalanadi, bu esa uning sifatini ko‘paytiradi. Gidratatsiya jarayonida fosfatidlar aktivligini kamaytiradi.By esa fosfatidlarni rafinatsiya qilinmagan yog‘dan ajratib olishni ko‘rsatadi.Gidratatsiya jarayonining asosi shuki, fosfatidlar suv bilan ta’sir qilib, koagulyasiyalanadi va cho‘kmaga tushadi.
Gidratatsiya texnologiyasi quyidagi etaplardan iborat:
1. Yog‘ning gidratatsiyalanuvchi agent bilan aralashtirish.
2. Fosfatidlarning koagulyasiya jarayonini borishi uchun yog‘-suv aralashmasini ushlab turish.
3. Gidratlangan yog‘ va fosfatid emulsiya fazalarini ajratish.
Gidratatsiyalovchi agent miqdori, fosfatidning miqdori, uning tarkibi, strukturasiga bog‘liq va u 0,5 % dan 6 % gacha o‘zgaradi. Suvning kamligi tugallanmagan gidratatsiyaga olib kelsa, suvning ko‘pligi esa emulsiya hosil qiladi. Gidratatsiya jarayonida yog‘ning kislota soni 0,4-0,5 mg KON (nordon fosfatidlarning ajralish xisobiga) kamayadi, fosfatidlar bilan bir katorda oqsillar va shilimshiq moddalar ham ajraladi. Gidratlanmaydigan fosfatidlarni chiqarib tashlash. Gidratatsiya jarayonidan so‘ng yog‘da 0,1-0,2 % fosfatidlar qoladi. Gidratatsiyalanmagan fosfatidlarni yo‘qotish uchun gidratatsiyalangan yog‘ni konsentrlangan fosfor kislotasi bilanishlanadi (yog‘ og‘irligiga nisbatan 0,05-0,2 % miqdorda olinadi. Suv miqdori:
kungaboqar 0,5-3 %
paxta yog‘i 5 % gacha
loviya yog‘i 6 % gacha
1-rasm Paxta chigitining tuzulishi
a)Ishqoriy rafinatsiya jarayonining mohiyati
Ishqorli rafinatsiya. O‘simlik yog‘larida ma’lum miqdorda erkin yog‘ kislotalari bo‘ladi, bular yog‘ning sifatiga bog‘liq. Erkin yog‘ kislotalarining bo‘lishi yog‘ sifatini yomonlashtiradi, ozuqaviy qiymatini kamaytiradi. Oziq- ovqat uchun ishlatiladigan yog‘ning kislota soni 0,2-0,3mg. KON dan oshmasligi kerak. Bundan esa erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish zarurligi kelib chiqadi. Sanoatda quyidagi usullar ishlatiladi:
1) erkin yog‘ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya);
2) yuqori haroratda va vakuum ostida erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish (distillyasiyali rafinatsiya).
Ishqorli rafinatsiya yog‘-moy korxonalarida keng qo‘llaniladi. Bu usul natijasida yog‘ kislotalarining yog‘da erimaydigan tuzi, ya’ni sovun hosil bo‘ladi.
RCOOH + NaOH =RCOONa + H 2 O
Uning suvli eritmasi katta zichlik hisobiga yog‘dan ajraladi. Ajralgan sovunli massa soapstok deyiladi. Sovun o‘zining yuqori adsorbsiyali xususiyatga ko‘ra yog‘dan quydagi aralashmalarni ajratib oladi: fosfatidlar, oqsillar, bo‘yovchi moddalar va xokazo. Shuningdek, sovun parchalari mexanik aralashmalarni ham ushlab qoladi.Ishqor ma’lum miqdorda neytral yog‘ (triglitserid)ni sovunlaydi. Ayrim vaqtda yog‘ni ajratish uchun ishqorni ko‘p miqdorda qo‘shiladi. [11 . 82- bet]
Rafinatsiya usullari. Boshlang‘ich yog‘ning tarkibi, sifati vaqo‘llanilishiga qarab turli rafinatsiya usullari qo‘llaniladi. Asosiy jarayonlarning xarakteri va rafinatsiya jarayoniga reagentlar ta’siriga qarab ular 3 guruhga bo‘linadi.
Gidromexanik
Fizik-kimyoviy
Massa almashinuv
Yog‘larni rafinatsiya qilish usullarining klassifikatsiyasi quyidagi jadvalda berilgan.Gidromexanik jarayonlarga quyidagi rafinatsiya usullari kiradi: cho‘ktirish, sentrafugalash, filtrlash. [10. 72-bet]
Fizik-kimyoviy jarayonlarga esa, gidratatsiya, muzlatish, neytrallash, yuvish, quritish usullari kiradi.Massaalmashuvchi reaksiyalarga oqlash, dezodoratsiyalash, distillyasiyalash, ishqorsiz rafinatsiyalash usullari kiradi.Fosfatidlarni suv va elektrolitlarning suvli eritmasi yordamida moyga ishlov berish bilan ajratib olinadi. Bu usul gidrotatsiyalash deb ataladi.[11. 74-bet]
Erkin yog‘ kislotalari ishqor bilan reaksiyaga kirishib, sovun holida ajratiladi. Bu jarayon neytrallash deyiladi. Shuningdek, bo‘yoq moddalar adsobsion
rafinatsiyalash
– oqlash jarayoni, noxush hidlar va zaharli ximikatlar
–dezadoratsiyalash jarayoni yordamida moydan tozalanadi.
Biroq, yuqorida berilgan rafinatsiya usullarining klassifikatsiyasi
shartlidir. Hamma aralashmalarni bitta usul yordamida yo‘qotish mumkin emas,
shuning uchun amalda bitta texnologik sxemaga birlashuvchi bir nechta usullar
qo‘llaniladi. Masalan, oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog‘larni rafinatsiya
jarayoniga cho‘ktirish, filtrlash, gidratatsiyalash, ishqorli rafinatsiya - oqlash -
dezodoratsiya usullari kiradi.[ 10. 73-bet]
CHo‘ktirish - suyuq muhitda osilgan holdagi bo‘lakchalarning og‘irlik kuchi ta’sirida tabiiy cho‘kish jarayonidir. CHo‘kish tezligi Stoks formulasi bilan aniqlanadi:
V= d2g(p1-p)\18 μ
bu yerda: d - zarracha diametri, m.
g - og‘irlik kuchining tezlanishi, (9,81 m/s 2 )
ρ 1 - qattiq zarrachalar maydoni, kg/m 3
ρ - yog‘ maydoni, kg/m 3
μ- yog‘ning dinamik qovushqoqligi, PA·s
CHo‘ktirish yog‘ning boshlang‘ich tozalash vaqtida ishlatiladi.Rafinatsiyada cho‘ktirish yordamchi operatsiya sifatida qo‘llaniladi. Cho‘kish tezligini oshirish uchun cho‘kish jarayonini yuqori haroratda olib borish karak. Uzluksiz ishlaydigan cho‘ktirish uskunalari ishlab chiqilgan.Sentrifugalash.Cho‘ktirish jarayoni gravitatsion maydonda kam samara beradi.Ajratish jarayoni sentrafuga uskunalarida (separatorlar) hosil qilinadigan markazdan qochma maydonlarda tez boradi.Zarrachalarning markazdan qochma va gravitatsion maydondagi cho‘kish tezliklarini solishtirib ko‘ramiz.[10. 72- bet]
Yuqoridagi ifoda ajratish faktorini belgilaydi. Ajratish faktori aylanishlar chastotasining kvadratiga va aylanishlar radiusiga to‘g‘ri proporsionaldir. Markazdan qochma kuch ta’sirida ishlovchi uskunalarni yaratishda ajratish faktori muhim ahamiyatga ega.Sanoatda ajratish faktoriga bog‘liq holda me’yoriy, hamda tezlashtirilgan setrifugalar qo‘llaniladi.Me’yoriy sentrifugalarda ajratish koeffitsenti F r < 3500, tezlashtirilgan (ustama) sentrifugalarda esa F r > 3500 bo‘ladi. Birinchi turdagi sentrifugalar har xil suspenziyalarni ajratishda, ikkinchi turdagilari esa mayin dispersli suspenziyalarni ajratishda qo‘llaniladi.Filtrlash. Bu usul moydan suspenziyani mayda teshikli to‘siqdan o‘tkazib ajratib olishga asoslangan.Filtrlanayotgan qora moyning harorati 55-60 0 С dan kam bo‘lmasligi kerak, chunki sovuq moy yomon filtrlanadi. Quruq filtr to‘qimaning teshiklaridan qora moy bir qator o‘tib olgach, to‘qimaning sathida quyqa (shlam) paydo bo‘ladi. Moyni filtrlashda dastlab to‘qimaning sathi filtr vazifasini bajargan bo‘lsa, so‘ngra uning ustida hosil bo‘lgan quyqaning sathi filtr rolini o‘ynaydi. Lekin filtr matoda quyqa miqdori ko‘payib ketsa, ular orasidagi teshiklar kamayib filtrlash jarayoni sustlashadi. Bunda filtr matoni tozalash kerak bo‘ladi.[ 11. 74-bet ]
Dostları ilə paylaş: |