Fotorezistorlarning asosiy tavsiflari va parametrlari.
Volt-amper tavsifi yorug‘lik oqimining turli qiymatlarida fotorezistor orqali oqib o‘tayotgan I tokni, uning chiqishlariga qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liqligi (3.1, c –rasmga muvofiq). =0 dagi tokni qorong‘ulik toki Iq ataladi, >0 dagi tokni Ium umumiy tok deb ataladi. Mazkur toklarning farqi fototokka teng bo‘ladi.
(2.6)
Energetik tavsif – U=const da fototokning yorug‘lik oqimiga bog‘liqligidir, u 3.1,d – rasmda keltirilgan. Kichik sohasida bog‘liqlik chiziqli bo‘lsa, oshishida fototokning o‘sishi zaryad tashuvchilarning tutqichlar orqali rekombinatsiya ehtimolligini oshishi va ularning yashash vaqti kamayishi hisobiga sekinlashadi. Energetik tavsifni, ba’zida lyuks-amper tavsifi deb ham atashadi. U holda abssissa o‘qiga yorug‘lik oqimi emas, balki lyukslarda ifodalangan E yoritilganlik qo‘yiladi.
Sezgirlik. Fotorezistorlarda ko‘pincha tokli sezgirlik S ishlatiladi. Uni fototokni (yoki uning ortirmasini) nurlanishni (yoki uning ortirmasini) tavsiflovchi kattalikka nisbati tushuniladi. Ortirmalarning nisbati bo‘lganda, sezgirlik differensial sezgirlik deb ataladi.
Nurlanishni qaysi kattalik tavsiflashiga bog‘liq ravishda yorug‘lik oqimiga tokli sezgirlik
va E yoritilganlik tokli sezgirlik mavjuddir:
, (2.7)
Nurlangan yorug‘likning spektral tarkibiga bog‘liq ravishda sezgirlik yoki integral Sint (nomonoxromatik nurlanishda) yoki monoxromatik Sλ (monoxromatik nurlanishda) bo‘lishi mumkin.
Fotorezistorlarning asosiy parametrlaridan biri sifatida solishtirma integral sezgirlik ishlatilib, u fotorezistorga bir volt kuchlanish qo‘yilgandagi integral sezgirlikni tavsiflaydi:
(2.8)
Sanoatda ishlab chiqariladigan fotorezistor solishtirma integral sezgirligi yoritilganlik E=200 lk bo‘lganda o‘nlar-yuzlar mA/(vlk) oralig‘ida yotadi.
Mutloq Smut.() va nisbiy S(λ) spektral tavsif. Mutloq spektral tavsif mutloq birlikda ifodalanuvchi monoxromatik sezgirlikni qayd qilinayotgan nurlanish oqimining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini ifodalaydi:
. (2.9)
Spektral tavsif fotorezistor materiali va unga kiritilgan kirishma bilan aniqlanadi. 3.1,d – rasmda CdS, CdSe, CdTe materiali asosida tayyorlangan fotorezistorning spektral tavsifi keltirilgan. Spektral tavsifi ko‘rinishidan, ayrim turdagi fotorezistorlar uchun “nur tarqatgich –foto qabul qilgich” juftligini sinchkovlik bilan tanlash kerakligi kelib chiqadi.