Kursishi mavzu: bozor iqtisodiyotiga ótish davri uning xususiyatlari va davomiyligi


Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə5/13
tarix25.07.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#137433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
BOZOR IQTISODIYOTIGA ÓTISH DAVR0000

1.3. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo « bozor » va « bozor iqtisodiyoti » tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda ifodalasb, ba’zi adabiyotlarda sinonim sozlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollan uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo’lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo’lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat koisatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo’lib, mazmuni o‘zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan. Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlaming paydo boiishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldisotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko‘rinishida, ya’ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bo’lgan. Bunday ayirboshlashda vaqt va masofa bo’lmay, bir vaqtning ozida o'shajoyda almashuv jarayoni sodir boigan. Kcyinchalik tovarlami bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T-P-T ko'rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshiab, o‘ziga kerakli tovarni boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlami ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo’ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovarpul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bogiaydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham birbirlari bilan uchrashishi shart bo’lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim tovar - ishchi kuchining paydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o‘tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘gridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita- bozor orqali sodir bo’la boshladi. Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilaming ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bog‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
Bozoming asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • sotuvchi va xaridorlaming o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayirboshlash;

  • sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi;

  • to’lovga layoqatli bo’lgan xaridorlaming talabini qondirish va raqobatchilik. Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha boiib, hozirgi davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.

Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo’lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo'yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlami uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin