Ayni paytda, 353—yilda So'g'diyonaga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan o'z hukmdori Grumbat boshchiligida xioniylar nomli ko'chmanchi qabilalar bostirib kiradilar. Xioniylar Kushonlarga zarba berib, Sirdaryodan to Amudaryo havzasigacha bo'lgan hududlarda o'z hukmronligini o'rnatadilar. Baqtriyani Sosoniylar egalladi.

Shu tariqa, janubi-g'arbdan sosoniylar, shimoli-sharqdan xioniylar zarbasiga uchragan Kushonlar saltanati oxir-oqibatda halokatga uchradi.
Kushonlar sulolasi hukmronligi davri ko'hna tariximizda katta iz qoldirgan ekan, buni uning tarkibiga kirgan har bir hudud yoxud elatlar hayoti misolida yaqqol ko'rsa boiadi. Uning dastlabki poytaxti Dalvarzintepa (Surxondaryo), unga tutash Xolchayon (Denov), Zartepa, Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom (Termiz atroflari) va bosh-qalar Kushonlarning eng rivoj topgan savdo-sotiq, hunarmandchilik sohalari o'sgan gavjum shaharlari hisoblangan. O'lkamizda sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati nihoyatda taraqqiy etgan, ko'plab sug'orish inshootlari barpo etilgan. Surxondaryo vohasida Eski Angor, Zang, So'g'ddagi Darg'om kanallari shular jumlasidandir. Vatanimiz hududida shaharsozlik, me'morchilik, haykaltaroshlik, kulolchilik singari hunarmandchilik turlari yuksak darajada taraqqiy etgan.
Buni ko'hna Tuproqqal'a, Ayritom, Termiz, Axsikent shaharlari o'rnida olib borilgan tarixiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Ayni chog'da, Kushonlar davrida moddiy va ma'naviy madaniyat yonma-yon tarzda rivojlanib borgan, deb xulosa chiqarishga to'laasoslarbor.

Kushonlar davri madaniyatining muhim, katta yutuqlaridan biri shundaki, bunda turli qutb va mintaqada yashagan xalqlarning madaniyatlari o'zaro yaqinlashib, bir-birlarini to'ldirib, boyitib borgan. Bu esa ularning bir-birlari bilan turli-tuman sohalarda yaqindan hamkorlik, hamjihatlik qilishlariga keng yo'l ochgan, umumiy yuk-salishiga turtki bergan. Masalan, Hindistondan O'rta Osiyo hududiga Budda dinining kirib kelishi va yoyilishi, o'lkaning turli joylarida hashamatli Budda ibodatxonalarining barpo etilishi, budda haykallari va haykalchalarining yaratilishi - bular ulug' ajdodlarimiz ma'naviy hayotidagi jiddiy o'zgarishlardandir. Ularning timsolida Hind va O'rta Osiyo xalqlarini bir-birlariga ma'nan yaqinlashtirgan muhim omilni ko'rish mumkin. Termiz, Ayritom va boshqa joylardan topilgan buddizmga oid ashyoviy dalillar, budda ibodatxonalari namunalari, haykallar, ularning yuksak mahorat bilan yaratilganligi - bular Kushonlar davrida Vatanimiz hududida moddiy va ma'naviy mada-niyat rivoj topganligining yaqqol ifodasidir.