Xulosa: Kushonlar davri madaniyatining muhim, katta yutuqlaridan biri shundaki, bunda turli qutb va mintaqada yashagan xalqlarning madaniyatlari o'zaro yaqinlashib, bir-birlarini to'ldirib, boyitib borgan. Bu esa ularning bir-birlari bilan turli-tuman sohalarda yaqindan hamkorlik, hamjihatlik qilishlariga keng yo'l ochgan, umumiy yuk-salishiga turtki bergan. Masalan, Hindistondan O'rta Osiyo hududiga Budda dinining kirib kelishi va yoyilishi, o'lkaning turli joylarida hashamatli Budda ibodatxonalarining barpo etilishi, budda haykallari va haykalchalarining yaratilishi - bular ulug' ajdodlarimiz ma'naviy hayotidagi jiddiy o'zgarishlardandir. Ularning timsolida Hind va O'rta Osiyo xalqlarini bir-birlariga ma'nan yaqinlashtirgan muhim omilni ko'rish mumkin. Termiz, Ayritom va boshqa joylardan topilgan buddizmga oid ashyoviy dalillar, budda ibodatxonalari namunalari, haykallar, ularning yuksak mahorat bilan yaratilganligi - bular Kushonlar davrida Vatanimiz hududida moddiy va ma'naviy mada-niyat rivoj topganligining yaqqol ifodasidir. ADABIYoTLAR 1. Islom Karimov. «Olloh qalbimizda yuragimizda». T. «O’zbekiston», 1999. 2. Islom Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q». T. «O’zbekiston», 1998. 3. Islom Karimov. «Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». «Fidokor». 2000 yil 8 iyun. 4. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999. 5. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b.
Абу Райҳон Беруний. «Танланган асарлар». 1-жилд. Т. «Фан», 1968, 82-бет. 6. Abu Rayhon Beruniy. «Tanlangan asarlar». 1-jild. T., «Fan», 1958. 7. Abu Rayhon Beruniy. «Tanlangan asarlar». 2-jild. T. «Fan», 1965. 8. Ibrohim Mo’minov. «O’zbekistondagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan lavhalar». T. «Fan», 1998. 9. R. Nosirov. «O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy tarixi bo’yicha maxsus kurs». T. 1992. 10. Omonulla Fayzullaev. «Muhammad al-Xorazmiy va uning ilmiy merosi». T. «Fan», 1983.