O‘zbek terminologiyasi [Matn]: o‘quv qo‘llanma /
H. Dadaboyev.
- Toshkent: Nodirabegim, 2020. - 144 b.
Mazkur o‘quv qo‘llanma “O‘zbek terminologiyasi” fanining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida tuzilgan bo‘lib, u o‘zbek
tili terminlar tizimi, taraqqiyot bosqichlari va hozirgi takomillashish davridagi fonetik, leksik-semantik va grammatik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan. Qo‘llanma terminologiyaga
oid adabiyotlar, lug‘atlar va o‘zbek adabiy tili rivojlanish dinamikasini o‘zida mujassam etgan ilmiy, tarixiy va badiiy asarlarda qayd etilgan ashyoviy materiallar bazasida tuzilgan bo‘lib, fanning asosiy masalalarini qamrab olgan.
O‘quv qo‘llanma matni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilidagi o‘quv adabiyotlarini yaratish to‘g‘risida”gi 2004-yil 23-yanvar 20-sonli buyrug‘iga asosan tayyorlandi.
O‘quv qo‘llanma
talabalar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va o‘zbek tili terminologiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
Mas’ul muharrir:
Sirojiddinov Sh. – filologiya fanlari doktori, professor.