O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə2/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Taqrizchilar:


Mamatov A. – filologiya fanlari doktori, professor. Abdushukurov B. – filologiya fanlari doktori, dotsent
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 27-dakabrdagi 1186-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
© Dadaboyev H.
© “Nodirabegim” nashriyoti, 2020.

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish” va “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda o‘zbek terminologiyasi sohasining predmeti, maqsadi va vazifasini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan bosh masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, talabalarda terminologiyaning maxsus ilmiy-texnikaviy ma’nolarni ifodalovchi termin yoki so‘z birikmalari tizimi, uning muayyan adabiy til so‘z boyligida albatta mavjudligi, leksikaning ajralmas bir qismi ekanligi, terminlar bilan leksika orasida farq borligi xususida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, terminlar shakllanishida intralingvistik va ekstralingvistik omillarning roli, terminlarning struktur-grammatik qurilishi qatlamlari, hosil bo‘lish yo‘llari, terminlar tarkibidagi leksik-semantik jarayonlar, terminlarni tartibga solish, muvofiqlashtirish, terminologik tadqiqotlar, terminologik lug‘atlar borasida ma’lumot berish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Fanning maqsad va vazifalari. “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonda ta’kidlanganidek: “Eng avvalo, ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish va ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish bugungi kunda o‘ta dolzarb masalaga aylanmoqda. Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda, fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi o‘ta muhim tarmoqlarda o‘zbek tili o‘zining haqiqiy o‘rnini egallashiga erishish, shu maqsadda zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lug‘atlar yaratish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish oldimizda muhim vazifa bo‘lib turganini qayd etish lozim”. Mazkur vazifalardan kelib chiqqan holda fanni o‘qitishning maqsadi terminologiya sohasining predmeti, obyekti va vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, o‘zbek terminologiyasining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari, qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili, hozirgi o‘zbek adabiy tili va mustaqillik davri o‘zbek tili terminologiyasining shakllanish va rivojlanishiga turtki bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoit va omillar, terminlar
sistemasining taraqqiy etishida o‘zbek tili qatori boshqa tillarning salmoqli o‘rni, terminlarning yasalish qoliplari, terminologik izlanishlar, istiqlol yillari o‘zbek terminologiyasida yuz bergan jarayonlar haqida ma’lumot berishdan iborat.
Fanni o‘qitishda “O‘zbek terminologiyasi” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash, talabalarda o‘zbek terminologiyasi bo‘yicha boshlang‘ich bilim ko‘nikmalarini hosil qilish, jamiyatda ro‘y beradigan har qanday o‘zgarishlarning terminologiyada yaqqol ifodasini topishi, o‘zbek terminologiyasi sistemasining dastlab qadimgi turkiy til bitiklarida ko‘zga tashlanishi, uning eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tilida miqdor va sifat jihatdan o‘sib borishi, hozirgi o‘zbek adabiy tilida tub o‘zgarishlarga uchragani, uning sof turkiy (o‘zbekcha) hamda o‘zlashma qatlamlardan iboratligi, terminlarning struktur-grammatik qurilishi haqida bilim berish singari vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ushbu qo‘llanma terminologiya sohasida nafaqat respublika, balki chet el tilshunoslari tomonidan yaratilgan lug‘atlar, monografiyalar, qo‘llanmalar, yoqlangan dissertatsiyalar asosida tayyorlangan bo‘lib, terminshunoslikka oid bilim, xususiyat va ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan. Mavzularni xronologik izchillik va tartib bilan joylashtirishda talabalarning malakasi hamda fikrlash qobiliyatlari e’tiborga olingan.
Qo‘llanmada berilgan savol va topshiriqlar, testlar mavzularni interfaol metodlar hamda innovatsion texnologiyalar yordamida mustahkamlash uchun mo‘ljallangan.

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin