Termiz Davlat Universiteti Yurisprudensiya yo`n`alishining 1-kurs talabasi Azimov Ozodjon Davlat va Huquq nazariyasi fanidan Assiment 50 ta mantiqiy savolga javob:
1. Davlat funksiyalari – bu davlatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy yo’nalishlari. Davlat funksiyalari davlat maqsadi va vazifalari bilan chambarchas bog’liqdir. Davlatning funksiyalari uning mohiyatini ochib beradi. Davlat o’z oldiga qoýgan maqsadga erishishi uchun ma’lum bir vazifalarni hal qilishi bu o’z navbatida tegishli funksiyalarni amalga oshirishni taqozo etadi.Davlat rivojlanishining keyingi bosqichiga o’tish jarayonida o’z oldiga maqsad qo’yadi, vazifa esa maqsadga erishish uchun hal etilishi kerak bo’lgan masalalar, funksiya vazifalarni yechimiga olib boradigan faoliyat.misol uchun iqtisodiy funksiya davlat iqtisodyotni rivojlantirishi uning asosiy maqsadi bo’lib uni boshqaruvini, yo’nalishlarini shuningdek davlat byujetini shakllantirish esa uning vasifasi .
2. Davlat funksiyalarining ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi. Davlatning ichki funksiyalari – mamlakat ichki hayotini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Ichki funksiyaga quyidagilar kiradi: iqtisodiy funksiya, ijtimoiy funksiya, davlatning huquq-tartibotni muhofaza etish funksiyasi, tabiatni muhofaza qilish funksiyasi. Davlatning tashqi funksiyasi – uning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir.Davlatning tashqi funksiyalariga quyidagilar kiradi:boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, mudofaa funksiyasi.
3.Davlat shakli bu davlat boshqaruvi, davlat tuzilishi shakli va siyosiy rejimni o’z ichiga qamrab oladi. Boshqaruv shakli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining shakllantirilishi va tashkil etilishi tartibi, ularning o‘zaro hamda aholi bilan aloqadorligidir. Boshqaruv shakliga qarab davlatlarning monarxiya va respublika shakllari farqlanadi. Tuzilish shakliga ko‘ra davlatlar oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederatid) turlarga ajraladilar. Siyosiy rejim davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va vositalari yig‘indisidir.
4. Demokratik siyosiy rejimning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: – fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarining mavjudligi; – davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalq ekanligi; – vakillik hokimiyat organlarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi; – siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratining o‘rnatilganligi; – hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud o‘rtasida taqsimlanganligi; – davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralasha olmasligi; – huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatining qonunga to‘la asoslanganligi; – jamoat birlashmalari tizimining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish idoralarning mavjudligi; 75 – siyosiy partiyalarning muholifatda bo‘lish erkinligining ta’minlanganligi; – siyosiy plyuralizm qaror topganligi – turli ijtimoiy guruhlar o‘z manfaat (fikr)larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi; – fuqarolik jamiyatining shakllanganligi
5. . Dispozitsiya huquqiy normaning bir qismi bo‘lib, unda gipotezada ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda huquq subyektlari rioya etishlari lozim bo‘lgan qoida ifodalangan bo‘ladi.yurish turish qoidasining ifodalanishiga ko’ra dispozitsiyalar oddiy, murakkab, va muqobil hamda xulq atvor qoidalarini bayon qilishning yo’laligi bo’yicha tavsiflovchi, blanket, va xavola etuvchi dispozitsiyalarga bo’linadi.
6.Ijtimoiy normalar tizimi bu jamiyatda kishilar xulq atvorini muayyan guruh va jamoalar doirasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar hamda ularning tabiat bilan o’zaro aloqalarni qat’iy belgilovchi ijtimoiy texnik normalar majmuidir.
Huquq normasi esa davlat tomonidan o’rnatiladigan, muayyan shaklda ifodalanadigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yurish turish qoidasi.
7.ijtimoiy tartibga solish ikki xil normative va individual.
Normativ tartibga solish ummumiy xususiyatga ega bo’lib, bunda normalar jamoyatning barcha azolariga yoki uning muayyan qismiga tegishli bo’ladi. Individual tartibga solish esa aniq subyektga taaluqli hisoblanadi, yani tegishli tarzda harakat qilish uchun berilgan individual buyruqdan iborat bo’ladi.
8. Oddiy (unitar) davlat tuzilishida ma’muriy hududiy qismlarga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo‘linib, u yagona oliy organga, yagona boshqaruv organlari tizimiga, bitta Konstitutsiyaga yagona fuqarolikka, muayyan hududga, davlat chegarasiga, yagona armiyaga va qonunchilik tizimiga ega bo‘lgan davlatdir. Masalan, Fransiya, Italiya, Ukraina, Qozog‘iston kabi davlatlar unitar davlatlar hisoblanadi. Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvidan iborat. Federativ davlat tarkibiga kiruvchi subyektlar o‘zining qonun chiqaruvchi organlariga, o‘z hukumatiga, sud organlariga ega bo‘lgan bir necha davlat tuzilmalari ittifoqidan iborat bo‘ladi. Konfederatsiya – bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarning ko‘ngilli ittifoqidir.
9. Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud: 1. Monarx davlatni shaxsiylashtiradi. 69 2. Monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i hisoblanadi; 3. Monarx davlatni o‘zi yakka boshqaradi. 4. Monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi. 5. Hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud. 6. Monarx o‘z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmaydi. Monarx davlatni tanho hokimlik asosida boshqaradi.
10. Parlamentar monarxiya shaklidagi davlatlarda – davlat boshlig‘i monarx, qirol, qirolicha, podsho, imperator bo‘lib, amalda ular davlatni boshqarmaydi, huquqlari cheklangan bo‘ladi, davlatni hukumat boshqaradi. Masalan, Angliya, Yaponiya, Belgiya, Shvetsiya kabi davlatlarda davlat boshlig‘ining davlat ishlarini olib borishda mamlakatda va xalqaro miqyosda o‘rni kattadir.
11.Parlamentar respublikada – hukumat parlament tomonidan tuziladi va u parlament oldida hisobot beradi. Parlament vakillik va qonun chiqaruvchi idora bo‘lib, ijro hokimiyatini amalga oshirishda asosiy o‘rinni hukumat boshlig‘i egallaydi. Hukumat – Vazirlar Kengashi deb nomlanib, u parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi. Germaniya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar parlamentar respublika shaklidagi davlatlar qatoriga kiradi.
12.Aralash respublika. Bunday boshqaruv shaklida davlat boshlig’I president xalq tomobidan saylanadi. U hukumat boshlig’I tayinlashda rasman ishtirok etadi ,lekin hukumat boshlig’I va azolari parlamentdagi ko’pchilik tomonidan shakillantiriladi. Boshqaruvning bunday shaklida president konstitutsiya asosida ijro hokimyati va hukumat o’rtasida xal qilib bo’lmaydigan ziddiyatlar chiqqan holatda parlamentni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo’ladi.
13. Sanksiya – yuridik normaning tarkibiy elementi bo‘lib, u huquqiy norma buzilgan yoki majburiyat bajarilmagan yoxud talab etilgan xatti-harakat sodir etilgan holda huquqni buzgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan davlat ta’sir chorasining turini belgilaydi. Sanksiya huquq normasining bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo‘lgan jazoning yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun rag‘batlantirishning turi va o‘lchovi ifodalangan bo‘ladi.
14. Siyosiy rejim – davlat hokimiyatini amalga oshirishda foydalaniladigan tartib va usullarning yig‘indisi. Siyosiy rejim tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi yondashuvda siyosiy rejim barcha siyosiy hayot, umuman jamiyat siyosiy tizimi hodisalarining namoyon bo‘lishi va tartibi tushuniladi. Tor ma’nodagi yondashuv esa siyosiy rejimni faqat davlat hayoti, davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq hodisalar va usullar namoyon bo‘lishi tarzida talqin etadi. Har bir mamlakatda davlat hokimiyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon bo‘ladi.
15. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
Oʻzbekiston Respublikasida Sud hokimiyati ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligi, qonun ustuvorligini taʼminlashga, inson huquklari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga karatilgan. Mamlakatimizda Sud hokimiyatining konstitutsiyaviyhuquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlanishicha, "Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshka jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
17. Hokimiyat vakolatlarini bo‘linishining bosh ma’nosi – ijtimoiy-siyosiy kuchlar orasidagi hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishidir. Bundan maqsad – hokimiyatni suiiste’mol qilishning imkoniyati bo‘lmasligi, hokimiyatlar bir-birlarini muayyan muvozanatda ushlab va cheklab turishidir.
Ijro etuvchi hokimiyat - davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqa-ruvchi organi hisoblanadi.
. Ijro etuvchi hokimiyat organi umumiy vakolatli organlarga hamda maxsus vakolatli organlarga bo’linadi. Umumiy vakolatli organlar ijro etish.
18.Hokimyatning bo’linish prinsipi bu davlat hokimyatini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatiga taqsimlanishi.Ushbu prinsipning vazifasi davlat xokimyati to’laligicha bir shaxs yoki organ qolida jamlanishiga yo’l qo’ymaslikdN iborat. Hokimyatning taqsimlanish prinsipi hokimyatning suistemol qilinishidan,byurokratizmdam va siyosiy hayotdagi bosh-boshdoqlikdan qutulish, hokimyat organlarining muvozanati va tengligini ta,minlash,ularning o’zaro munosabatlarini tartibga solish imkonyatini beradi.
19. Huquqning prinsiplarida bamisoli, huquq rivojining butun dunyoviy tajribasi, insoniyat ma`rifiy taraqqiyotining hosilasi o`zining mujassam ifodasini topadi. Prinsiplar huquq shakllanishida yo`nalish beruvchi mo`ljal, mezon vazifasini o`taydi. Huquq prinsiplari, odatda, bevosita qonun hujjatlarida (konstitutsiya va joriy qonunlarning muqaddimasida, moddalarida) mustahkamlanadi ba`zan huquq normalarining mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida inson huquqdari va davlat suvereniteti g`oyalariga sodiklik prinsipi, xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan qoidalari ustunligani tan olish prinsipi o`z aksini topgan.
20. Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Huquq funksiyalari – ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta’sir etishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgilanadi. Huquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalariga – iqtisodiyotga, siyosatga, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma’naviy munosabatlarga ta’sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi.
21. Huquqiy ong – jamiyat ongining tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy hayot rivojida katta ahamiyatga egadir. Huquqiy ong huquqni nafaqat yaratadi va takomillashtiradi, balki rivojlantiradi ham. Uni hayotga tatbiq etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Biroq uning chegarasida bo‘lib o‘tadigan huquqiy talablarni anglab olish jarayoni unchalik oddiy bo‘lmay, ancha murakkabdir. Huquqiy talablarga ong munosabatining bir xil bo‘lmasligi shaxsning nafaqat real hayotida, balki ziddiyatli fe’l-atvorida o‘zgaradi.
22. Huquqiy madaniyat serqirra tushunchadir. U huquqiy ong qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo, odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlar va e’tiqodlardan, ularning huquq haqidagi tasavvurlari intilishlari va tuyg‘ularidan iborat. Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab huquqiy ong uch turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy huquqiy ong, odatda, o‘z-o‘zidan vujudga keladi. Odamning shaxsiy tajribasi va huquqiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi.
23. Huquqiy nigilizm - bu ijtimoiy ongning elementi bo`lib, fuqarolar tomonidan huquqqa, qonunga, qonunchilikka,davlat va uning tizimiga bo`lgan e’tiborsizlik, ishonchsizlik yoki ehtiyotsizlik kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladigan munosabatdardir. huquqiy idealizm tushunchasining o'zi ma'lum darajada shartli. "Idealizm" atamasi bu erda faqat falsafiy ma'noda (ma'lum bir dunyoqarash) emas, balki "idealizatsiya", "idealist", "ideal" so'zlarining ma'nosida ishlatiladi, bu odatda haqiqatdan uzilish, soddaligi, amaliy bo'lmaganligini bildiradi. , romantizm, chiroyli orzular, mukammal, lekin haqiqiy emas. Bu shunday holatlarki, ular kimdir haqida: "U tuzatib bo'lmaydigan idealist", deyishadi.
24.Huquqiy mafkura – har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtayi nazar, tushuncha, g‘oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iboratdir. Huquqiy ongning huquqiy mafkura qismida aksini topgan huquqiy hodisalar huquqqa bag‘ishlangan maxsus nazariy izlanishlarda o‘z rivojini topib, ilmiy darajada anglab yetiladi. Huquqiy ong ruhiy tarkibining boyligi, uning odamlar xulqatvoriga, ularning huquqqa munosabatiga ta’siri unga o‘ziga xos kuch bag‘ishlaydi. Huquqiy ruhiyat – ong doirasidagi huquqiy hodisalar bilan bog‘liq holda, ongda yuzaga keladigan va unga singib ketgan his-tuyg‘u, kechinmalar sohasini ifodalaydi. Huquqiy ruhiyat – huquqiy hodisalarni hissiyot bilan tiklash sohasidir.
25. Huquqiy tarbiya – fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchi muhim ijtimoiy faoliyatdir. Tarbiya jarayonlarining yo‘nalishlarini farqlashda qo‘llaniladigan muhim mezonlardan biri – ong shakllarining turlicha ekanligi. Huquqiy tarbiya ongning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan huquqiy ong bilan bog‘liq. Huquqiy tarbiya ikki xil vazifani bajaradi. Birinchisi – tarbiyalanuvchilarga ma’lum miqdordagi huquqiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakaning berilishi. Ikkinchisi – tarbiyalanuvchilarda huquqiy g‘oyalar, hissiyotlar, e’tiqodni shakllantirish.
26. Huquq ta’riflarining ko‘pligiga ijobiy hodisa sifatida qarash kerak, chunki u huquqqa asrlar osha nazar tashlash, uni nafaqat turg‘un holatda, balki (dinamikada) rivojlanish holatida ham ko‘rish imkonini beradi. Huquq – normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi. Boshqa har qanday tizim singari u ham bir tartibli, o‘zaro uzviy bog‘langan va o‘zaro ta’sirga kirishuvchi qismlardan tashkil topadi. Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma’qullangan normalar tizimi. Jahonda turli ijtimoiy normalar tizimlari juda ham ko‘p. Biroq faqat huquqiy normalar tizimigina davlat tomonidan yaratiladi. Huquq normalarini o‘rnatar ekan, davlat bevosita o‘z vakolatli organlari orqali ish ko‘radi.
27. Huquq normasi oʻz ichki tuzilishiga ega boʻlib, 3 qismdan iboratdir: gipoteza, dispozitsiya, sanksiya. Gipotezada Huquq normasida belgilanadigan qoida qanday sharoitda va holatda kim tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatiladi. Dispozitsiyada gipotezada koʻrsatilgan hollardagi munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ifodalanadi. Sanksiya dispozitsiyada koʻrsa-tilgan qoidani buzgan shaxsga nisbatan davlat organi qoʻllashi mumkin boʻlgan taʼsir chorasini belgilaydi.
28. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyati samaradorligini oshirish;
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.
29. Davlat va huquq nazariyasining metodi deganda, davlat va huquq masalalarini o‘rganishning, ularga ilmiy yondashishning usuli, yo‘llari, tamoyillari tushuniladi. Fanning metodi amaliyotni, hayotni o‘rganuvchi nazariyadir. Boshqa fanlarning metodi kabi davlat va huquq nazariyasining metodlari ham umumiy ilmiy, maxsus va xususiy ilmiy usullarga bo‘linadi. Umumiy ilmiy metodlar – tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini o‘rganishda qo‘llaniladigan eng umumiy yondashuvlar, usullar, bilishning umumiy prinsiplaridir. Davlat va huquq nazariyasining umumiy metodlari bilan bir qatorda uning mavzusini yoritishga yordam beruvchi maxsus va xususiy ilmiy metodlari ham mavjud. Bu metodlar quyidagilardan iborat: mantiqiy metod, tarixiy metod, aniq – sotsiologik metod, statistik – matematik metod, sistemali – strukturali o‘rganish metodi, qiyosiy-huquqiy metod, kibernetika metodi, ijtimoiy tajriba metodi va boshqalar.
30. Davlat va huquq nazariyasi fanini har tomonlama va mufassal tavsiflashda uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish muhim ahamiyatga ega. Bu fan barcha ijtimoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Davlat va huquq masalalarini faqat yuridik fanlar o‘rganibgina qolmasdan, balki boshqa ijtimoiy fanlar ham o‘rganadi. Chunki insonlarning serqirra faoliyati turli-tuman bo‘lib, ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat – siyosiy munosabatlarning obyekti sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq hamisha ijtimoiy hayotning muhim masalasidir. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini tadqiq va tahlil qilishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qiladi, ularning yutuqlaridan, ilmiy xulosa va tavsiyalaridan foydalanadi. 31. Fanning funksiyasi uning e’tibori qanday vazifani bajarishga qaratilganligidan va tabiatidan kelib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani ado etish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Nazariy bilish (evristik)1 funksiyasi. Nazariy bilish funksiyasini amalga oshirish tufayli davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq voqeliklarini chuqur va mukammal o‘rganish asosida ularning xarakterli belgi va muhim xususiyatlarini ko‘rsatib beradi. Metodologik funksiya. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fan sohalariga nisbatan metodologik funksiyani bajaradi.
32. Jamiyat – shunchaki odamlar majmui emas. Ularni insonning har xil faoliyat turlari, avvalo, moddiy-ishlab chiqarish faoliyati yagona jamiyatga birlashtiradi. Jamiyat mazkur faoliyatni amalga oshirish shakli bo‘lib xizmat qiladigan va turli ijtimoiy institutlarda mustahkamlab qo‘yiladigan ijtimoiy munosabatlar, eng avvalo, ishlab chiqarish munosabatlari yig‘indisi hisoblanadi. Jamiyat bilan birgalikda uning zaruriy va uzviy qismi bo‘lgan ijtimoiy hokimiyat ham vujudga keladi. Hokimiyat jamiyatga yaxlitlik, barqarorlik, uyushqoqlik, boshqaruv va tartib baxsh etadi. Hokimiyat ijtimoiy munosabatlarni boshqarib, ularni aniq maqsad sari yo‘naltirib turadi. Shunday qilib, ijtimoiy hokimiyat – uyushgan kuch bo‘lib, jamiyat a’zolarining irodasini o‘ziga bo‘ysundiradi. Ijtimoiy hokimiyat ikki turga ajratiladi: nosiyosiy hokimiyat va siyosiy (davlat) hokimiyat. Tarixan birinchi qaror topgan siyosiy tashkilot – bu davlatdir.
33. Davlatning mohiyatini aniqlash deganda, uning ma’no – mantig‘ini, ichki tabiatini, asl mazmunini, jamiyat hayotida o‘ynaydigan roli va ijtimoiy vazifasini ochish, shu xususiyatlarini anglab yetish tushuniladi. Davlatning mohiyati xususida bir qancha ta’limotlar va ularning yondashuvlari mavjud: elitar nazariya, texnokratik nazariya, markscha nazariya, umumfarovonlik davlati nazariyasi, demokratik (huquqiy) davlat nazariyasi.
34.Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda.
Bu jarayonda, ayniqsa, Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YEXHT, SHHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.
35. Ibtidoiy tuzumda amal qilgan xulq-atvor va yurish-turish qoidalari yig‘indisi ijtimoiy normalar bo‘lib, jamoaning turmushdagi, mehnatdagi va oiladagi munosabatlarini tartibga solgan, barcha urug‘ a’zolarining irodasini ifodalagan. Ijtimoiy normalarga – odat, axloq, diniy va boshqa normalar kirgan. Ibtidoiy davrdagi ijtimoiy normalar o‘sha tarixiy davr sharoitining va ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli bo‘lgan.
Odat normasi – kishilarning ko‘p marta takrorlanganligi natijasida munosabatlarni tartibga solish vositasiga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xulqatvor qoidalaridir. Axloq – jamoaning barcha a’zolari uchun ma’qul bo‘lgan, umumiy yurish-turish qoidalariga aytiladi.
36. Davlat apparati bir-biri bilan o’zaro boqliq bo’lgan muayyan tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining yiqindisidir. O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi. Hokimiyatning uchala tarmoqi, faqat ular va albatta ularning uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadilar. Boshqa bironta organ hokimiyatga da`vogarlik qilolmaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zgartirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish konstitusiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo’ladi» deb ko’rsatilgan .
37. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir.
Globallashuv jarayoni yer yuzidagi mamlakat va xalqlarni shu darajada uzviy boglab qoymoqdaki bu ni bashariyat tarixida shu paytga qadar hech qaysi vosita amalga oshira olmagan. Bu jarayon shunchalik kuchayib bormoqdaki hozirdanoq dunyoning biron bir hududi uning tasiridan hali qolayotgani yoq.
39.Davlat apparati bir-biri bilan ozaro bogliq bolgan muayyan tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining yiqindisidir.
Davlat apparati quyidagi bеlgilari bilan boshqa tashkilotlardan ajralib turadi:
Davlat apparati boshharish bilan shugullanuvchi alohida fuqarolar guruhidir;
Davlat apparati davlat funktsiyalarini bajarishga vakolatli bolgan va ozaro boysunish yoki kеlishib olishi asosida boglangan davlat organlari va muassasalari tizimidir;
Davlat apparati xalq irodasini amalga oshirish, oz vazifasini bajarishi uchun zarur vositalar va qurollarga ega bolgan organlardi.
40. Konstitutsiya bashariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega boʻlish, taʼlim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, soʻz hamda eʼtiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga koʻtardi.
Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, taʼlim, sogʻliqni saqlash, kommunal xoʻjalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur. Shuningdek, bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat koʻrsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik nazoratida boʻlishi darkor. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar.
41.Huquq davlat tomonidan o‘rnatiladigan va qo‘riqlanadigan, mamlakat
aholisining umumiy va shaxsiy manfaatlarini ifodalovchi va ijtimoiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida amal qiluvchi umummajburiy xulq-atvor qoidalari tizimidir.
Huquqning normativ nazariyasini yaratuvchilaridan biri Gans Kelzen huquqni huquqning o‘zidan keltirib chiqaradi. Uning ta’kidlashicha, huquq
sababiy bog‘lanish tamoyiliga bo‘ysunmaydi, o‘z kuchi va harakatini o‘zidan
oladi. Kelzen uchun huquqni keltirib chiqaruvchi sabablar masalasi kun tartibida turmagan. Huquqning psixologik (ruhiy) nazariyasi (L. Petrajitskiy va boshqalar). Mazkur ta’limot vakillari huquqning kelib chiqishi sababini insonlarning
ruhiyatidan, huquqiy hayajon, ehtiros va kechinmalarning imperativ xususiyatlaridan izlaydilar. Huquq – bu o‘ziga xos «murakkab emotsional-aqliy ruhiy
jarayon bo‘lib, u individning ruhiy sohasida namoyon bo‘ladi»
42. Ijtimoiy tarbiya tizimida tarbiyaning boshqa turlari singari huquqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning axloqiy, estetik, ma’naviy va boshqa shu kabi turlari negizida shakllanadi va rivoj topadi. Ya’ni, huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning barcha turlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, yuksak rivojlangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan har bir davlatning vazifasi o‘z aholisining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishdir. Har qanday davlatning ijtimoiy rivojlanishi o‘sha davlat fuqarolarining huquqiy madaniyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Zero, yuksak darajada rivojlangan huquqiy ong va huquqiy madaniyat huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ajralmas belgisidir. Yuksak darajadagi huquqiy ong va huquqiy madaniyat esa, huquqiy tarbiyaning mahsuli. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda huquqiy tarbiya asosiy o‘rinni egallaydi.
43. . Huquq normasi masalalarini
ilmiy tadqiq etishning muhimligi shundaki, u huquqiy tizimning barcha elementlari bilan chambarchas bog‘liq: bir tomondan, huquq normasi huquq ijodkorligi, shu jumladan qonunchilik jarayonining mahsuli (hosilasi) bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u huquqni qo‘llash jarayoni orqali amalga oshirilib, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish vositasiga aylanadi, uchinchidan, huquq normasi huquqiy munosabatlarning andozasi, modeli sifatida maydonga chiqadi.
Jamiyatda amal qiluvchi huquq obyektiv voqelik bo‘lib, u huquqiy normalar yig‘indisidan iborat. Huquq normasi milliy huquq tizimining boshlang‘ich elementi, uning mazmunini tashkil qiluvchi substansiya (asos) dir.
44. Huquq normasi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, huquq manbaining boshqa turlari shaklida namoyon boʻladi. Huquq tarmoqlariga bogʻliq holda maʼmuriyhuquqiy, jinoiy-HUQUQIY huquq normalari, mehnat, ekologiya, xalqaro, konstitutsiyaviy, xoʻjalik va huquqning boshqa tarmoqlariga oid huquq normalari farqlanadi. Amal qilish vaqtiga koʻra, doimiy (rasmiy bekor qilingunga qadar amal qiladigan) va vaqtinchalik (faqat muayyan vaqt oraligʻida amalda boʻluvchi) Huquq normasi boʻladi. Huquq normasi amal qilish hududiga qarab, umumiy va mahalliy normalarga boʻlinadi, bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa, ikkinchisiga kiradigan normalar maʼlum hududlarda amal qilishi mumkin. Huquq normasi subʼyektlariga qarab, umumiy va maxsus normalarga ajraladi, bunda birinchisi hamma huquq subʼyektlari uchun, ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi yoki aniq belgilangan doiradagi subʼyektlar (pensionerlar, nogironlar, ichki ishlar xodimlari va shahrik.) uchun taalluqli boʻladi. Bulardan tashqari, Huquq normasini boshqa qator mezonlar asosida tasniflashlar ham mavjud.
45. Huquqiy madaniyat deganda, jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lishi tushuniladi. Huquqiy madaniyat shartli ravishda jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatiga ajratiladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy ongning, qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratgan butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko‘riladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati shaxs erkinligi va xavfsizligi, inson huquqlarini ta’minlash, uning huquqiy himoya etilishi va ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun zamin bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat huquq sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxs va jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir bo‘ladi. Shubhasiz, shaxsning yuksak huquqiy madaniyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi.
46. Davlat organlarining turlari. Davlat organlari xilma-xil bo‘lib, ular turli vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi. Ular faoliyati mazmuni va mezonlariga ko‘ra turlicha tasniflanadi. Davlat faoliyatini amalga oshirish shakli bo‘yicha: vakillik, ijroiya, sud organlari va prokuratura organlariga ajratiladi. Davlat organlarini tasniflashning dastlabki asosi – ularning konstitutsiyaviy bo‘linishidir. Yagona davlat hokimiyati Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi va demokratizm prinsiplari asosida tarkibiy-funksional belgiga ko‘ra alohida organlarga bo‘linadi.
Vakillik organlari. O‘zbekiston Respublikasida markaziy va mahalliy vakillik organlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi davlatning oliy vakillik organidir. Ikki palatali Oliy Majlis (Qonunchilik palatasi va Senat) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq o‘z vakolatiga kiradigan har qanday masalani o‘z muhokamasiga qabul qilish va hal etish huquqiga ega.
47. Davlat mexanizmi faoliyati va uni tashkil etishning asosiy prinsiplari:
Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlat hokimiyatining uch asosiy tarmog‘idir.
Davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv tamoyillar asosida amalga oshadi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora etishning samaradorligini ta’minlash kafolati hisoblanadi. Qonun chiqarish va ijro etish vakolatlari ayni bir shaxs qo‘lida yoki ayni bir idora ixtiyorida jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjud bo‘lmaydi, zero, monarx yoki senat noto‘g‘ri qonunlar qabul qilishi va ulardan johillarcha foydalanishi mumkin. . Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo‘lda birlashtirilishi qonunning ustun bo‘lishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin2.
48. Davlatning funksiyalari – uning
jamiyat ichki hayotini boshqarish bo‘yicha faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Ichki
funksiyalarni tasniflash davlat faoliyatining sohalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Boshqaruv shakllari yoki davlat qurilishidan qat’i nazar, har bir davlat bir qator asosiy iqtisodiy, ijtimoiy, muhofaza va nazorat qilish vazifalarini hal etadi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda atrof-muhitni muhofaza qilish barcha davlatlarning eng muhim vazifasidir. Davlat faoliyatining mazkur sohalariga muvofiq uning ichki funksiyalari iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy nazorat, huquqiy tartibotni ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish funksiyalariga bo‘linadi.Davlatning tashqi funksiyalari xalqaro maydonga olib chiqadigan faoliyatidir. Bunday faoli-
yat boshqa davlatlar bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatish va ularni saqlash hamda ehtimol tutilgan tashqi tajovuzdan mamlakatni mudofaa qilishni ta’minlashdan iborat davlatning tashqi vazifalarini hal etishga qaratilgan. Shunga ko‘ra davlatning tashqi funksiyalari: jahon hamjamiyatining barcha davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va tashqi hujumlardan mamlakatni mudofaa qilish kabi ikki asosiy funksiyaga bo‘linadi.
49. Demokratik siyosiy rejim. Demokratiya (yunoncha demokratia «demos – xalq, kratos – hokimiyat» – «xalq hokimiyati») siyosiy rejimi barcha insonlarning tengligi va erkinligini tan olishga, aholini turli jamoat tashkilotlariga birlashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, davlat hokimiyatining taqsimlanishi va xalqning davlatni boshqarishda ishtirok etishiga asoslanganligida aks etadi. Demokratik davlat o‘z fuqarolarining huquq va erkinliklarini rasmiy ravishda konstitutsiya va qonunlarda e’lon qiladi, ayni paytda, ularning iqtisodiy zaminini ta’minlaydi hamda kafolatlaydi. Demokratik tartib ikki shaklda amalga oshiriladi: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.
50. Ijtimoiy normalar - odamlarning uzoq davom etgan amaliy faoliyati natijasida jamiyatda shakllangan umumiy qoidalar va odatlar odatlari, ular davomida to'g'ri xulq-atvorning maqbul standartlari va modellari ishlab chiqilganUshbu normalar jamiyatda o'zini tutish qoidalarini o'rnatadi, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Jamiyat hayotini tartibga solib, ular uning faoliyatining barqarorligini, zarur bo'lgan ijtimoiy jarayonlarning saqlanishini va ijtimoiy munosabatlarning tartibga solinishini ta'minlaydi. Bir so'z bilan aytganda, ijtimoiy normalar jamiyatning ma'lum bir tizimli tabiatini, uning yagona organizm sifatida mavjud bo'lish shartlarini qo'llab-quvvatlaydi.
20 ta kazusga javob:
Huquq normasida jamiyatning, xalqning, ular hayotining moddiy shart-sharoitlari bilan belgilanadigan erki, irodasi, manfaatlari ifodalanadi. Huquq normasi shaxslarning bir-biri bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida qanday xatti-harakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, ya’ni qaysi harakatlarni sodir etish mumkin yoki qanday xatti-harakatlarni sodir etmaslik kerakligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda huquq normasi insonlar xulqatvorining huquqiy mezoni sifatida maydonga chiqadi. Uning tartibga soluvchi vosita sifatidagi ahamiyati shundaki, muayyan huquq subyekti (xususan shaxs, organ, muassasa) o‘z harakatida huquq normasida mustahkamlangan qoidaga rioya etadi yoki boshqa huquq subyektidan huquq normasida belgilangan tegishli xatti-harakatni sodir etishni talab qiladi. Basharti, belgilangan huquqiy qoida bajarilmasa, huquqbuzarga nisbatan davlat ta’sir chorasi qo‘llaniladi. Huquq normasi yalpi umumiy xususiyatga ega. U ijtimoiy munosabat qatnashchilarining barchasiga, ularning xohish-istagiga bog‘liq bo‘lmagan holda, tegishli bo‘ladi. Ya’ni, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir toifasiga, turiga tegishlidir (masalan, bitimlar tuzish, pensiyaga chiqish tartibi, nikohdan o‘tish va hokazo). Huquqiy normaning umumiy xarakterga ega ekanligi, avvalambor, shunda ko‘rinadiki, huquqiy normada ko‘zda tutilgan analogik holatlar yuzaga kelaverar ekan, bu norma ham qo‘llanilaveradi va aslo o‘z yuridik kuchini yo‘qotmaydi. Boshqacha aytganda, go‘yo normadagi holatlar o‘zining yuzaga kelishini «kutib yotadi» va vaziyat vujudga kelganda ishga tushadi.
Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o‘rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo‘linadi: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ).
Oddiy (unitar) davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo‘linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo‘ladi. Bunda har bir ma’muriy-hududiy birlik davlat tuzilmasi maqomiga ega bo‘ladi. Unitar davlatlar (lotincha «unitas» so‘zidan olingan bo‘lib – «yagona», «bir butun» degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi.
Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar, mamlakat tarkibida davlat belgilariga ega alohida hududiy tuzilmalar, ya’ni, «davlat ichidagi davlatlar» bo‘lmaydi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini, yurisdiksiyasini tanho o‘tkazadi. Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliyakredit va soliq siyosati amal qiladi.o’zbekiston respublikasi unitary tuzilishiga ega chunki federativ davlatda ikki yoki undan ortiq davlatlarning bo’lishini talab etadi.
Mazkur prinsipning qo‘llanilishi hokimyat prinsipining suiiste’mol qilinishiga to‘siq qo‘yadi,
fuqarolarni mansabdor shaxslarning tazyiqidan himoya qiladi, davlat idoralari faoliyatining samarali bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi. Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasining vujudga kelishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi – davlat tuzilmalarining samarali faoliyat yuritishi, suiiste’molliklarning bartaraf etilishi, inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishi, umuman qonunchilikni ta’minlashning garovidir. Shuning uchun ham hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining davlatchiligimiz hayotiga real singdirilishi masalasi katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi mamlakatning aniq tarixiy shartsharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlarining muvozanati va tengligini ta’minlash mumkin. Mazkur prinsip hokimiyat egasi bo‘lgan subyektlarning o‘zaro munosabatlarini tartib (muayyan qolip, andaza)ga solish imkoniyatini beradi. Zero, ularning har biri o‘z sohasi doirasida mustaqil bo‘lib, boshqa hokimiyatga itoat etmaydi va so‘zsiz ijro etilishi mo‘ljallangan qarorlar (aktlar) qabul qiladi.
Davlatning asosiy belgilari. Davlatning belgilari toʻgʻrisidagi masalani huquqshunoslar turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda aholining hududiy boʻlinishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat, soliqlar ti-zimi alohida ajratib koʻrsatilgan. Hoz. vaqtda Davlatning umumiy eʼtirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini koʻrsatish mumkin: Davlat oʻz chegaralari doirasida fuqarolik belgisi boʻyicha birlashgan butun jamiyat, aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; Davlat — suveren hokimiyatning yagona egasidir; Davlat — yuridik kuchga ega boʻlgan va huquq normalarini aks et-tirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul kidali; Davlat — oʻz funksiyalarini bajarish uchun zarur Davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari — sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, oʻz mudofaasi, su-vereniteti, hududiy yaxlitligini va xavfsizligini taʼminlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega boʻladi.
Huquqiy tarbiya – murakkab va ko‘p qirrali hodisadir, ya’ni uni bir ma’noli qilib ta’riflab bo‘lmaydi. Huquqiy tarbiyaning ta’rifi bu jarayonning qaysi tomonini, jumladan, umum-ijtimoiy jihatini, huquqning ijtimoiy amal qilish tizimi sifatida yoki davlatning ijtimoiy boshqarish, huquqbuzarlikning oldini olish elementi sifatidagi vazifasi va shu kabilarni tadqiq qilishga bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy tarbiya deganda shaxsning ongiga tashkiliy suratda va aniq maqsadni ko‘zlab ta’sir ko‘rsatishning maxsus yuridik turi tushuniladi.
Ma’lumki, «huquqiy tarbiya» kategoriyasi olimlar tomonidan turlicha talqin qilingan va izohlar berilgan. Huquqiy tarbiya – shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga ko‘rsatiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan va maxsus huquqiy tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladigan pedagogik ta’sir jarayonidir. Davlat va huquq nazariyasi bo‘yicha darsliklarda huquqiy tarbiyaga keng ta’rif berish uchraydi, ya’ni «huquqiy tarbiya fuqarolarning ongi va ruhiyatiga ta’sir qilishga qaratilgan, huquqiy tarbiya shakllari, vositalari va uslublaridan foydalanib, fuqarolar ongida chuqur va barqaror huquqiy bilimlar, e’tiqodlar, ehtiyojlar, qadriyatlar, qonunga mos fe’latvor, odatlarni shakllantirish jarayonidir» .
Huquqiy qoidalarni boshqarishhuquq sub'ektiga ularni qondirish uchun muayyan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini ta'minlaydigan qoidalarni o'z ichiga oladi.
Majburiy huquqiy qoidalarhuquq sub'ektlari uchun muayyan ijobiy harakatlarni bajarish majburiyatini belgilaydi, faol qonuniy xatti-harakatlarni belgilaydi.
Taqiqlovchi huquqiy normalarqonun sub'ektlari uchun ayrim noqonuniy xatti-harakatlarni (noto'g'ri xatti-harakatlar va jinoyatlar) sodir etishni taqiqlashni belgilaydi.
Huquq tamoyillari muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqning umumiy tamoyillari - bu huquqiy normalarning amal qilishi to'g'risida ma'lumot beradigan bir qator bayonotlar. Ular konstitutsiya yoki qonunlarga aniq kiritilmagan bo'lsa-da, ular mamlakat huquqiy tizimining bir qismidir. Huquqning umumiy tamoyillarining vazifasi - bu huquqiy tizim qanday ishlashini, uni qo'llab-quvvatlovchi qadriyatlarda ham, texnik jihatlarda ham tasvirlash. Ular yangi standartlarni yaratish yoki amaldagi standartlarni talqin qilish zarur bo'lganda ma'lumot bazasiga ega bo'lish uchun ishlatiladi.
Hokimiyat taqsimlanishi serqirra hodisa bo‘lib, u tuzilma hosil qiluvchi va funksional prinsipdir. U alohida tarkibiy qismlarning qotib qolgan yig‘indisi emas, balki amal qiluvchi, harakatlanuvchi mexanizmdir. Bu mexanizm murakkab kelishtiruv va maxsus huquqiy jarayonlarni (shu jumladan, ixtilof va favqulodda holatlarga mo‘ljallangan jarayonlarni) birlashtirish vositasidir. Hokimiyatlarning yagonaligi (hamjihatligi) va taqsimlanishi davlat hokimiyati tarmoqlarining dialektik holatidir. Yagonalikka dialektik muvozanat orqali, hokimiyatlarni mutanosiblashtirish yordamida erishiladi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasining tarixiy va umuminsoniy qadrqimmatiga tan berish bilan bir qatorda shuni ta’kidlash kerakki, u ma’muriybuyruqbozlik tizimining barcha ofatlari va betayin davlat boshqaruvi oqibatlaridan xalos bo‘lishning yagona vositasi emas. Buning uchun hali yana bir qator omillar kerak. Ya’ni, ilg‘or taraqqiy etgan demokratiya, tegishli siyosiy madaniyat darajasi, «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etishning» konstitutsiyaviy rasmiylashtirilgan sistemasi va hokazo. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini aslida to‘la hajmda joriy etish mumkin emas. Hatto, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham hokimiyatlar taqsimlanishi sof ko‘rinishda amalga oshmagan. Shuning uchun o‘zga davlat-huquqiy andazasini muayyan mamlakatga mexanik tarzda ko‘chirib o‘tkazish to‘g‘ri emas. Chunki, barcha xalqlar va davlatlar uchun yagona namuna, qolip, andaza bo‘lishi mumkin emas.
Unitar davlat — davlat tuzilishi shakli; bunda davlat hududi tarkibida, federatsiyadan farqli ravishda, federativ birliklar (shtatlar, yerlar) boʻlmaydi, balki u maʼmuriy-hududiy birliklar (tumanlar, viloyatlar, kantonlar va hokazo)ga boʻlingan boʻladi. Mazkur mustaqil qismlar davlat suvereniteta alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy organlarning yagona tizimi hamda yagona qonunchilik (Konstitutsiya, fuqarolik, oliy davlat xrkimiyati) buladi. Barcha unitar davlatlarga xos bulgan markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada namoyon bulishi mumkin. Baʼzi mamlakatlarda mahalliy organlar umuman boʻlmaydi va maʼmuriyhududiy boʻlinmalar markaziy hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. Boshqa davlatlarda mahalliy organlar tashkil etiladi-yu, lekin ular (bevosita yoki bilvosita) markaziy hokimiyat nazorati ostida buladi. Markaziy hokimiyat mahalliy organlar ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, Unitar davlatlar markazlashgan va markazlashmaganga bulinadi. Markazlashgan Unitar davlatda mahalliy organlarning markazga buysunishi markazdan tayinlanadigan mansabdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Markazlashmagan Unitar davlatda mahalliy organlar markaziy organlardan mustaqil ravishda shakllantiriladi, shuning uchun ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar markazlashmagan asoslarda oʻrnatiladi. Unitar davlat tarkibida davlat belgilari mavjud milliy hududiy tuzilmalar ham boʻlishi mumkin, masalan, muxtor viloyat, muxtor respublika. Oʻzbekiston unitar davlat xisoblanadi, chunki tarkibida davlat belgilari mavjud va alohida parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan suveren Qoraqalpogʻiston respublikasi bor.
Davlatning shakllari muayyan tarixiy sharoitlarga, jamiyatning ijtimoiy tuzumiga, jug‘rofiy, iqlim va boshqa sharoitlariga, aholining ijtimoiy tarkibiga, siyosiy kuchlar nisbatiga bog‘liq ravishda turli-tuman bo‘lishi mumkin. Zero, «har bir davlat betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilasidir, uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir».
Davlat shakli haqidagi masala muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Davlat shakli tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti sifatida, huquqshunoslikning eng muhim, sermazmun mavzularidan biri bo‘lib, uning ma’nosini anglash va izohlashga jiddiy yondashuv talab etiladi davlat boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy rejimni o‘z ichiga oladi.
Davlat boshqaruv shakli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining shakllantirilishi va tashkil etilishi tartibi, ularning o‘zaro hamda aholi bilan aloqadorligidir. Bu tushuncha orqali mamlakatda kim hukmron va u hokimiyatni qanday boshqaradi, degan savollarga javob olinadi. Boshqaruv shakliga qarab davlatlarning monarxiya va respublika shakllari farqlanadi.
Davlat tuzilishi shakli orqali davlatning hududiy tarkibi, markaziy va mahalliy hokimiyat idoralarining o‘zaro munosabati (nisbati) ifodalanadi. Davlatlar tuzilishi shakliga ko‘ra, oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) turlarga ajratiladi.
Siyosiy (davlat – huquqiy) rejim davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari (metodlari) va vositalari yig‘indisidir.
Mantiqiy usul – tafakkur jarayoni bo‘lib, huquqni talqin etayotgan shaxs sharhlashning boshqa usullariga murojaat etmasdan faqat mantiq
usullari yordamida huquq normasini izohlash usulidir. Bunda huquqiy normaning matnidagi ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki mutanosibligi va mantiqiy jihatdan uzviy bog‘langanligiga e’tibor berilib, huquqiy normaning mazmuni aniqlanadi. Mantiqiy usul huquqiy holatlarni bilishda formal va dialektik mantiq vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Bunda sharhlashning obyekti normativ-huquqiy hujjat ichki qismlarining o‘zaro aloqadorligi hisoblanadi. Mantiqiy usulning maqsadi huquq normalarining mazmunini mantiq qonuniyatlari va prinsiplariga tayangan holda tushuntirishdan iborat bo‘ladi.
Dispozitsiyada gipotezada koʻrsatilgan hollardagi munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ifodalanadi.Huquqiy normalarini tasniflash uchun asosan, huquq normasi elementi bo‘lgan dispozitsiyaning mazmuni bilan bog‘liq holdagi o‘zgarishlar nazarda tutiladi. Umuman olganda, huquq normasining tasniflanishiga dispozitsiyadagi o‘zgarish ta’sir etadi hamda turli mezonlar orqali o‘z ifodasini topadi. Huquq normasini tasniflashda usul va mezonlar ko‘p bo‘lganligi uchun uni tasniflashning umumiy tomonlarini inobatga olgan holda, guruhlarga bo‘lish qulay hisoblanadi.Bajarilishi shart bo‘lgan yoki aksincha, man etilgan xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning to‘laligi bo‘yicha dispozitsiyalar – oddiy, tavsif etuvchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo‘linadi. Oddiy dispozitsiyada xatti-harakat tavsiflab berilmaydi, balki barchaga ma’lum tushuncha, ibora.
Hokimiyatni ajratishning ma'nosi davlat mexanizmining turli tuzilmalari (qismlari) - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud va boshqalarning, masalan, nazorat organlarining nisbiy mustaqilligi va mustaqilligidadir.Bunday kuch qurish tizimining maqsadlari:
1) o'zboshimchalik, bir kishining yoki biron bir organning, organlar guruhining qo'lida to'planishiga qarshi kafolatlar yaratadi;
2) hukumatning turli va o'ziga xos funktsiyalarini bajarishda yuqori professionallik va samaradorlikni ta'minlash;
3) hukumat tarkibida aholining turli qatlamlari va guruhlari manfaatlarini eng keng himoya qiladi.
Hokimiyatni ajratish tizimida davlat hokimiyatining bir tarmog'i cheklangan va boshqalarning nazorati ostida, o'zaro muvozanatlashib, o'zaro muvozanatlashib, tiyib turish va muvozanatlashish mexanizmi sifatida hokimiyatni o'zlashtirishni, uning monopoliyalashuvini oldini oladi
Oʻzbekiston Respublikasi — suveren demokratik respublika boʻlib, mamlakatimizda prezidentlik Respublika boshqaruv shakli amal qiladi.
O’zbekiston o’zining davlat shaklini aniqlashda respublikamizning o’ziga xos sharoitlari tarixiy a’nanalarini milliy mentaliteti , ya’ni xalqimizning fikr yuritish jamiyat hayotini anglash va talqin qilish sohasidagi hamda davlat qurilishi borasidagi jahon amaliyoti yutuqlari inobatga olinish , davlat tuzilishining Respublikasiga davlat tuzilishining unitary shakli xosdir. Prezidentlik boshqaruv shaklida «kuchli prezident» qoidasiga asoslaniladi. Prezident hukumat boshlig‘i hisoblanib, uni tuzadi va hukumat prezident oldida hisobot beradi. Prezident ham rasman, ham amalda davlat boshlig‘i hisoblanib, maxsus tartibda xalq yoki saylovchilar hay’ati tomonidan saylanadi, shu bois u parlamentdan mustaqil holda faoliyat yuritadi. Prezident mustaqil holda normativ va normativ bo‘lmagan hujjatlar qabul qilish hamda parlament qabul qilgan qonunlarga veto qo‘yish huquqiga ega.Davlat boshlig‘i keng vakolatlarga va mamlakatda hokimiyatni amalga oshirishda muhim nufuzga ega bo‘lib, shaxsan o‘zi yoxud parlament roziligi bilan hukumat a’zolarini tayinlaydi hamda vazifasidan ozod qiladi, shuningdek ba’zi hollarda parlamentni ham tarqatib yuborish huquqiga ega.
Siyosiy yo‘nalish (ichki va tashqi siyosat) sohalari bo‘yicha davlat funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi. Ichki funksiyalar davlatning mamlakat ichidagi faoliyatini, muayyan jamiyat hayotidagi yetakchilik rolini anglatadi. Tashqi funksiyalar esa, mamlakat tashqarisida olib boriladigan faoliyatni anglatadi, unda boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda davlatning roli namoyon bo‘ladi. Har qanday davlatning ichki va tashqi funksiyalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlar yo‘lini belgilovchi tashqi siyosat ham ko‘p jihatdan muayyan davlat amal qilishining ichki shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha davlat funksiyalari iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda ma’naviy sohada amalga oshiriladigan funksiyalarga bo‘linishi mumkin.
Ijtimoiy normalarni tartibga solishda huquqning ahamoyati muhim.
Ijtimoiy norma amalda hayotda shakllanib borgan faoliyatni o'z ichiga oladi. Binobarin, sodir etilgan xatti-harakatlar oshkor qilinmaydigan qoidaga aylanadi. Ijtimoiy norma ob'ektiv omillar bilan belgilanadigan har bir shaxsning yo'naltirilgan faoliyatining shakllanishini belgilaydi. Ushbu omillar "normativ hokimiyat" deb nomlanadigan ijtimoiy normalarni beradi. Ijtimoiy me'yorlar, shuningdek, har bir kishi ijtimoiy qoidalarga muvofiq harakat qilganda his etadigan inson xatti-harakatlarining nisbiy erkinligini ham nazarda tutadi, garchi u ularni e'tiborsiz qoldirishi mumkin edi. Shu bilan birga, inson o'zini tutish qoidalarini buzganda, u muayyan jazo choralarini ko'rishga tayyor bo'lishi kerak, ular qo'llanilishi bilan jamiyat shaxslarning jamoat qoidalariga hurmatini ta'minlaydi. Ijtimoiy me'yorlar yordamida jamiyat muayyan ijtimoiy funktsiyalarning bajarilishini ta'minlashga intiladi. Ushbu funktsiyalarni amalga oshirish jamoat manfaatlariga ega.
Davlat funksiyalari – davlat organlari butun tizimining jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan barqaror rivojlantirishga qaratilgan yaxlit, o‘zaro bog‘liq faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ular ayni vaqtda, boshqa davlatlar bilan birga aloqadorlikda va hamkorlikda amalga oshiriladi.
Davlat organlarining teng huquqli sherikchiligi, jamiyat oldida turgan umumiy muammolarni hal etish borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlari ayrim individlar, turli davlat va jamoat birlashmalari hamda umuman hamjamiyatning mo‘tadil turmush faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. Hozirgi zamonda davlat tarzida uyushgan jamiyat o‘z tarkibidagi davlat va nodavlat institutlarining ish faoliyatini uyg‘unlashtirgan taqdirdagina izchil hamda jadal rivojlanishi mumkin.
Davlat funksiyalari – davlatning yaxlit, siyosiy, institutsional, hududiy jihatdan yagona va ayni vaqtda, differensiatsiyalashgan faoliyati yo‘nalishidir. Shuning uchun davlat nazariyasida davlat funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga ajratish, ya’ni davlatning jamiyatga (davlatning o‘zi ham jamiyatning alohida tashkiloti hisoblanadi) munosabati bo‘yicha (ichki funksiyalar) va davlat shaklida tashkil topgan boshqa jamiyatlarga, boshqa davlatlarga nisbatan munosabati (tashqi funksiyalar) bo‘yicha faoliyatini aniqlash funksiyalarni taqsimlashning g‘oyat keng tarqalgan va e’tirof etilgan usulidir.
Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o‘rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo‘linadi: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ).
Oddiy (unitar) davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo‘linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo‘ladi. Bunda har bir ma’muriy-hududiy birlik davlat tuzilmasi maqomiga ega bo‘ladi. Unitar davlatlar (lotincha «unitas» so‘zidan olingan bo‘lib – «yagona», «bir butun» degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi. Federativ davlat (lotincha «foederare» so‘zidan olinib, «ittifoq bilan mustahkamlash» ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir. Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi. Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar ixtiyoriy ravishda birlashib markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyada barcha a’zo subyektlar nomidan markaziy idoralar ish olib boradi va uning manfaatlarini ifoda etadi. Konfederatsiya bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim asosida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga erishganidan so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o‘tishi, yoxud qo‘shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham mumkin.
Siyosiy rejim dan biri siyosiy rejim (tartib)dir. Yurisprudensiyada siyosiy rejim iborasi «siyosiy tartib», «davlat rejimi» yoki «davlat tartibi» kabi shaklan har xil, ammo mazmunan bir xil bo‘lgan tushunchalar bilan ifodalanadi. Siyosiy rejim – davlat hokimiyatini amalga oshirishda foydalaniladigan tartib va usullar yig‘indisi. Davlat hokimiyati har bir mamlakatda o‘ziga xos xususiyatga ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon bo‘ladi. Muayyan davlatning siyosiy rejimi mohiyati va mazmuni o‘ziga xos mezonlar, ya’ni, davlat hokimiyatining aholi bilan munosabati qaysi yo‘llar va qanday usullar orqali amalga oshirilishi, siyosiy sohada turli kuchlarning o‘zaro munosabatlari, jamoat tashkilotlarining jamiyat siyosiy tizimidagi mavqei qay darajadaligi bilan belgilanadi. Shuningdek, davlat o‘z hokimiyatini amalga oshirish jarayonida aholining manfatlari uchun xizmat qilishiga qarab siyosiy rejim nodemokratik va demokratik turlarga bo‘linadi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, uning majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oddida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilad.
1
2 Монтескье Ш.Л. Избранные произведения. – М., 1955. – 290-bet.