Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Setzen Sie das unpersönliche Pronomen ein



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə118/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   533
Quvonova Word

41. Setzen Sie das unpersönliche Pronomen ein.
Ich lese jetzt ein Buch über Ulughbek, … ist sehr interessant.
A) es B) man C) sie D) er
42. Setzen Sie das Reziprokpronomen ein.
Zu Neujahr wünscht man …. viel Glück.
A) voneinander B) miteinander C) einander D) übereinander
43.Beantworten Sie diese Frage.
Wozu besuchst du einen Tanzkurs?
A) Um neue Leute kennen zu lernen.
B) Ohne neue Leute kennen zu lernen.
C) Statt neue Leute kennen zu lernen.
D) Um neue Leute kennenlernen.
44. Setzen Sie das Adjektiv ein.
Der Rhein ist einer der …Ströme.
A) verkehrsreichste B) verkehrsreichster
C) verkehrsreichstes D) verkehrsreichsten
45. Setzen Sie das Adjektiv ein.
Wir können die ….Kirschen nicht brauchen.
A) wenig B) vielen C) viele D) vieles
9//////////////10 - MAVZU : SON ( DAS NUMERALE )
Predmetning son-sanog‘ini, miqdorini yoki tartibini bildirgan so‘z turkumi son deb ataladi. Masalan: zwei Bücher, drei Bleistifte, das zweite Haus v.b.Son sanaladigan predmet bilan birga qo‘llanmaganda , ya’ni matematik son ma’nosida kelganda u son oti hisoblanadi. Bunday vaqtda sonning ma’nosi mavhum xarakterga ega bo‘ladi.Masalan: drei, fünfzehn, ein Viertel kabi sonlar ot bilan birga qo‘llanmaganda faqat sonlarning nomi hisoblanadi.
Nemis tilida sonlar o‘z ma’nosiga ko‘ra : sanoq sonlar (die Kardinalzahlen - Grundzahlen), tartib sonlar (die Ordinalzahlen - Ordnungszahlen), kasr sonlar (die Bruchzahlen), taqsim sonlar (die Verteilungszahlen), ko‘paytiruvchi sonlar (die Viervielfältigungszahlen) va qaytariluvchi sonlar (die Wiederholungszahlen) ga bo‘linadi.³ Sonlar ikki turga bo‘linadi: 1) Sanoq sonlar ; 2) Tartib sonlar ;3) Kasr sonlar aniq son(eins,zwei,das Vierte) lar turkumiga kiradi.
9.1 Sanoq sonlar
( Die Grundzahlwörter, die Kardinalzahlen )
Sanoq sonlar predmetning sonini, sanog‘ini bildirib,wieviel?-qancha,necha,nechta? so‘rog‘iga javob bo‘lib keladi : zwei, drei, vier Bücher. Sanoq sonlar quyidagi turlarga bo‘linadi: tub son, yasama son, qo‘shma son. Nemis tilida sanoq sonlar quyidagicha yasaladi:
a) Bir o‘zakli sonlar tub son deyiladi, bularga birdan o‘n ikkigacha (1 - 13 ) bo‘lgan sonlar kiradi: eins, zwei, drei v.b.
b) Ikki yoki undan ortiq sonlardan tuzilgan son qo‘shma son deyiladi.Qo‘shma sonlar doim qo‘shib yoziladi.Qo‘shma sonlar ikki yo‘l bilan yasaladi. 13 dan 19 gacha bo‘lgan qo‘shma sonlar tub sonlarga zehn sonini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi,avval birlik son, keyin zehn soni keladi. Ammo sechzehn va siebzehn sonlari noto‘g‘ri yasaladi, chunki sechs sonidan s tovushi, sieben sonidan esa en tovushi tushib qoladi.
13-dreizehn
15-fünfzehn
16-sechzehn
s) Yasama sonlar tub sonlarga -zig qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.-zig qo‘shimchasi bilan o‘nliklar yasaladi, lekin 20, 30, 60, 70 sonlari esa boshqacha yasaladi
20-zwanzig
60-sechzig
30-dreißig
70-siebzig
d) 21 dan 99 gacha bo‘lgan qo‘shma sonlar und bog‘lovchisi yordami bilan quyidagi tartibda yasaladi: birinchi o‘rinda birlik soni, ikkinchi o‘rinda und bog‘lovchisi, uchinchi o‘rinda o‘nlik soni kelib, ular qo‘shib yoziladi.
23 - dreiundzwanzig
41- einundvierzig
51- einundfünfzig
85 - fünfundachtzig
Uch xonali qo‘shma sonlarni talaffuz qilishda va yozishda yuzliklar soni birliklar bilan ifodalanib, hundert soni birlik songa qo‘shilgan holda birinchi o‘rinda , o‘nlikning birligi ikkinchi o‘rinda, und bog‘lovchisi uchinchi o‘rinda va o‘nlikning o‘zi to‘rtinchi o‘rinda bo‘ladi.
748 – siebenhundertachtundvierzig
259 – zweihundertneunundfünfzig
573 – fünfhundertdreiundsiebzig
To‘rt xonali qo‘shma sonlarni talaffuz qilishda va yozishda mingliklar soni birliklar bilan ko‘rsatilib, tausent soni qo‘shiladi va birinchi o‘rinda yoziladi; ikkinchi o‘rinda yuzliklar, uchinchi o‘rinda o‘nlikning birligi, to‘rtinchi o‘rinda und bog‘lovchisi va beshinchi o‘rinda o‘nlikning o‘zi yoziladi.
9841 – neuntausendachthunderteinundvierzig
3584 – dreitausendfünfhundertvierundachtzig
6762 – sechstausentsiebenhundertzweiundsechzig

Eslatma: Agar to‘rt xonali sonlar yilni ifodalab kelgan bo‘lsa va ular tartib ma’nosiga ega bo‘lsa, u holda quyidagicha o‘qiladi va yoziladi.
Ich bin neunzehnhundertachtundneunzig (1998) geboren.
Am 3.Oktober neunzehnhundertneunzig (1990) wurde beide deutsche Staaten wieder vereinigt.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin