Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Wenn….auch, auch wenn, wenn…schon



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə383/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   533
Quvonova Word

Wenn….auch, auch wenn, wenn…schon bog‘lovchilari bilan ishlatilgan to‘siqsiz ergash gaplar mazmuniga ko‘ra shart ergash gaplarga yaqin turadi. Bu bog‘lovchilardan wenn…auch bog‘lovchisi qolgan ikki bog‘lovchilarga nisbatan ko‘proq qo‘llanadi.
Wenn er auch jung ist, spielt er schon gut Klavier.
U yosh bo‘lsa ham,pianinoni yaxshi chaladi.
2. To‘siqsiz ergash gaplar bosh gapga was, wer, wie, wo,wohin, da, so,welcher, was für ein nisbiy olmosh va ravishlar hamda so ravishi orqali birikadi.Bunda ergash gap tarkibida auch, noch, immer yuklamaridan biri bo‘ladi. To‘siqsiz ergash gapning bunday turini nisbiy to‘siqsiz ergash gap deb yuritiladi.
Ich folge ihm, wohin er auch gehe. (B.Kellermenn)
Bog‘lovchisiz to‘siqsiz ergash gaplarda kesimning tuslanuvchi qismi birinchi o‘rinda keladi. Bunday holatda bosh gap sostavida ko‘p vatqda korrelat sifatida doch yoki so qo‘llansa ergash gap sostavida auch yuklamasi ishlatiladi. To‘siqsiz ergash gap bosh gapdan oldin, uning o‘rtasida, undan keyin ham qo‘llanaveradi.
Trotzdem es spät war, gingen wir spazieren.
Kech bo‘lishiga qaramasdan biz sayr qildik.
Nemis tilida to‘siqsiz ergash gaplar asosan aniqlik maylida qo‘llanadi. Agar to‘siqsiz ergash gap bosh gapga auch wenn, wenn…auch, wenn…schon bog‘lovchilari orqali biriksa, xuddi shunday bog‘lovchisiz qo‘llangan to‘siqsiz ergash gaplar mazmunidan noreal ma’no anglashilgan konyunktiv ishlatiladi. Konyunktiv absolyut zamon ma’nosini ifoda etsa, hozirgi va kelasi zamon uchun preterit, o‘tgan zamon uchun esa plyuskvamperfekt ishlatiladi.
Wenn er zu seiner Musik auch zurückgekehrt wäre, sie hätte daran nicht teilnehmen können. (H.Mann)
Demak, to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapdan anglashilgan ish harakatning ro‘yobga chiqishiga biror to‘siqning bo‘lishi, ammo shunga qaramasdan ish harakat bajariladi.
Obwohl ich schon seit vier Wochen nicht mehr geschrieben habe, gibt es doch noch immer zu tun.(Marie Luise Kaschnitz.Der Schriftsteller)
To‘rt haftadan buyon yozmay qo‘yganimga qaramasdan ish baribir ko‘p.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin