Kuzatish metodi



Yüklə 138,04 Kb.
səhifə20/33
tarix29.12.2021
ölçüsü138,04 Kb.
#48873
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Barcha fanlar kabi psixologiya fani ham o

So’rov metodi
Odamlarni so’roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni so’rab o’rganish insonga xos xislat. Ko’cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni yoki ko’chalar nomini so’rovchilar bo’ladi. Katta tadbirlar arafasida, mustaqillik, “Navro’z” bayramlari arafasida odamlar kayfiyatlarini bilish uchun ham oddiy odatiy so’roqlar o’tkazilishi rasm bo’lgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada ham fikr-o’ylarni o’rganish orqali qimmatli ilmiy ma’lumotlar to’plash vositasi sifatida qadrlanadi. Shuning uchun so’roq metodlari psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi.

Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni to’plash imkoniga ega bo’ladi.

Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi.

So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi. So’rovlar o’tkazilishida hal qilinishi lozim bo’lgan eng muhim masalalardan biri so’raluvchilarni tanlashdir. Chunki agar saylovoldi kompaniyalarida yoki talaba-yoshlarning o’z ijtimoiy harakatini tuzish borasidagi fikrlari o’rganilganda, tabiiy bir muammo paydo bo’ladi : necha kishini va qayerlardan so’rash lozim, degan. Tanlov obyektini tanlashda uning tarkibiga kiruvchilarning u yoki bu ijtimoiy qatlamga mansubligi muim rol o’ynaydi. Masalan, talaba yoshlarning fikrini o’rganish uchun barcha talabalar fikrini mutloq o’rganish shart emas. Tanlov agar 10% deb belgilansa, O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan barcha talabalar sonidan kelib chiqib, o’shaning 10 foizi o’rtasida, bir necha oliygohlarda so’roq o’tkazilishi kifoya qiladi. Barcha nafaqaho’rlarning ijtimoiy himoya borasidagi fikrlarini o’rganish kerak bo’lganda ham shu tamoyil nazarda tutiladi. Demak, tarkiban monand guruhlar ajratib olingach, tadqiqotchi o’sha guruhning tushunish darajasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, so’roq o’tkazadi yoki intervyular uyushtiriladi.

Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega. Yoshlarga “Siz vatanparvarmisiz?” yoki jamoatchilikka “Siz tinchlik tarafdorimizsiz?” kabi savollar oldindan javobi aniq bo’lgani uchun ham odatda respondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtai nazardan o’sha vatanparvarlik belgilarining namoyon bo’lishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik bo’lishi uchun har bir insondan nimalar talab qilinishini o’rganish birinchidan, turli xil fikrlarni to’plashga yordam beradi, ikkinchidan, ijtimoiy xulqning turli qirralarini aniqlashga imkon beradi. Yanada sodda qilib aytilsa, odamga “Siz aqllimisiz?” degan savolni intellektual darajani aniqlashga imkon beruvchi savollar, topshiriqlar yoki testlar bilan almashtirishni nazarda tutadi.

Ko’pincha psixologik so’rovlarda odam o’z fikrini ochiq va erkin bayon etishi uchun ismi-sharifini aytmasligi tavsiya etiladi, bu anonim so’rov deyiladi. Ba’zi bir so’rovnomalarda esa “Ismingiz” deyish o’rniga “O’zingiz o’ylab topgan ism-sharifingiz?” deb ham qator ajratiladi. Bu ham anonim so’rov o’tkazish usuli sifatida oxirgi yillarda qo’llanib kelinmoqda. Xulosa qilinadigan bo’lsa, shuni aytish kerakki, so’rov metodlari inson psixologiyasini o’rganish, uning dunyoqarashi, saviyasini aniqlashning qimmatli usulidir. Lekin uni professional tarzda to’g’ri ishlatish va natijalarni to’g’ri tahlil qilish juda katta amaliy ahamiyatga egadir.





Yüklə 138,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin