Kvadrat 2-sinf
Darsning maqsadlari:
ta’limiy: o‘quvchilarga kvadrat haqida tushuncha berish, fikrlash qobiliyati, qiziqishi va mantiqiy tafakkurini o‘stirish, aqlini charxlash;
tarbiyaviy: har bir matematik muammoni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: aralash.
Dars metodi: klaster, «zanjir» mashqi.
Dars jihozi: darslik, elektron vositalar, rasmlar, tarqatma kartochkalar.
Kutilayotgan natija: o‘quvchilar dars yakunida kvadrat haqida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Darsning borishi
Tashkiliy qism.
a) O‘quvchilarning darsga hozirligi tekshiriladi, navbatchi axboroti tinglanadi.
O‘qituvchi: — Bir yilda nechta fasl bor? (Bir yilda 4ta fasl bor: bahor, yoz, kuz, qish).
— O‘lkamizda hozir qanday fasl hukm surmoqda? (Kuz fasli hukm surmoqda).
— Fasllar nomini ingliz tilida aytib bering (Spring, summer, autumn, winter).
— Vatanimizning nomini ayting. (Bizning Vatanimiz O‘zbekiston!)
— Davlatimiz ramzlarini aytib bera olasizmi? (Bayroq, gerb va madhiyamiz).
— 2014- yil qanday nomlandi? (2014- yil — «Sog‘lom bola yili»)
Spring is green. Summer is bright.
Autumn is yellow. Winter is white.
Uy vazifasini tekshirish va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uy vazifasi bajarilgan daftarlar yig‘ib olinib, ikkinchisi tarqatiladi. O‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishda kartochkalar tarqatiladi. Uni qanday bajarish kerakligi tushuntiriladi. (Misolning to‘g‘ri javobidagi to‘rtburchak bo‘yaladi).
O‘qituvchi: — Demak, biz javoblarni katakchalarni bo‘yab topdik, o‘sha katakchalar «Kvadratlar» deb nomlanadi.
Yangi mavzu bayoni.
Bugun o‘tadigan yangi mavzumiz ham «Kvadrat». Kvadratning to‘rtta uchi, to‘rtta burchagi, to‘rtta tomoni bor. Barcha tomonlari bir-biriga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat deyiladi.
E’tiborimizni 1- misolga qaratamiz. Bu yerda geometrik shakllar berilgan. Barchasining 4ta tomoni, 4ta burchagi bor. Lekin faqat uchinchisigina kvadrat deyiladi.
Sinfxonadagi narsalardan kvadrat shakliga mos keladiganlarini ayting.
Geometrik shakllardan nimalar yasash mumkin? (O‘quvchilar geometrik shakllardan turli xil predmetlarni yasashadi).
2- misol. Shunday kvadrat chizing va uning perimetrini toping.
Kvadratning burchaklari to‘g‘ri burchaklardan iborat. Keling, birgalashib daftarimizga kvadrat rasmini chizamiz. Kvadratni qizil rangga bo‘yaymiz va perimetrini topamiz.
P = 2 sm + 2 sm + 2 sm + 2 sm = 8 sm
Kvadratning perimetri 8 sm.ga teng.
O‘quvchilar 3- misolni «Zanjir mashqi» ko‘rinishida ketma-ketlikda doskaga chiqib bajaradilar.
39+1=40 86-34=52 9+4=13
40-6=34 52+8=60 13+3=16
34+7=41 60+6=66 16+5=21
4- masala.
Hovuzda 9ta o‘rdak suzib yurgan edi. Yana bir nechta o‘rdak kelib qo‘shilgandan keyin hovuzdagi o‘rdaklar 14ta bo‘ldi. Nechta o‘rdak kelib qo‘shilgan?
Yurgan edi — 9ta o‘rdak
Bo‘ldi — 14ta o‘rdak
Qo‘shilgan —?
Yechim:
14-9=5
Javob: 5ta o‘rdak kelib qo‘shilgan.
Dam olish daqiqasi
O‘ng qo‘limda besh barmoq,
Chap qo‘limda besh barmoq.
Ikkalasi do‘st barmoq
Ikkalasi o‘n barmoq.
5- misol. Shunday sonni qo‘yingki, tenglik to‘g‘ri bo‘lsin.
40 + ... = 45 59 - ... = 50
27 - ... = 20 60 + ... = 64
80 + ... = 83
39 - ... = 30
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz?
Kvadrat deb nimaga aytiladi?
O‘quvchilarni rag‘batlantirish.
Uyga vazifa.
6—7- misollar.
Shohsanam MAVLONOVA,
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 3- maktabning boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi, «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2014» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi ishtirokchisi.
Dostları ilə paylaş: |