Kvant mexanikasi de broyl tenglamasi, shredinger tenglamasi mexanikasi jurayeva gulhayo



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə2/6
tarix10.05.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#57072
1   2   3   4   5   6
GULHAYO 1 (3)

Bunday munosabat albatta Shryodingerning nafsoniyatiga tekkan va u o‘z g‘oyalarining haq ekanini isbotlash uchun alamzadalik ustiga yanada kuchli ishtiyoq bilan izlana boshlagan. Uning maqsadi - zarrachalarning kvant mexanikasi doirasidagi to‘lqin tabiatini matematik tenglama vositasida bayon qilib berish edi. Ta'kidlash joizki, olim ushbu vazifani qoyilmaqom qilib uddaladi.

  • Bunday munosabat albatta Shryodingerning nafsoniyatiga tekkan va u o‘z g‘oyalarining haq ekanini isbotlash uchun alamzadalik ustiga yanada kuchli ishtiyoq bilan izlana boshlagan. Uning maqsadi - zarrachalarning kvant mexanikasi doirasidagi to‘lqin tabiatini matematik tenglama vositasida bayon qilib berish edi. Ta'kidlash joizki, olim ushbu vazifani qoyilmaqom qilib uddaladi.
  • Shu o‘rida bir muhim izohni keltirib o‘tish joiz. Siz va biz ko‘nikkan olamda, ya'ni, kundalik hayotda energiya ikki xil usul bilan tashiladi. Birinchisida energiyani materiyaning joydan joyga ko‘chishi orqali tashiladi. Masalan, lokomotiv harakati vositasi butun poyezdni tashiydi; yoki, shamol ham havo oqimini joydan-joyga ko‘chiradi. Energiyaning bunday tashilishida zarralar ishtirok etadi. Ikkinchi xil energiya tashishda - to‘lqinlar vositachilik qiladi. Masalan, kuchli radiouzatkichlar orqali tarqatiladigan radioto‘lqinlarni shunga misol qilib keltirish mumkin. Lo‘ndasini aytganda, siz bilan biz yashayotgan makrodunyoda energiya tashish vositalari qat'iy ikki turga bo‘linadi: korpuskulyar va to‘lqin. (korpuskulyar deganda energiyani zarralar, ya'ni, materiya tomonidan tashilishi nazarda tutiladi.)
  • Energiyaning to‘lqinlar vositasida tashilishi uchun fizikada tenglamalarning alohida turkumi mavjud. Bunday tenglamalar to‘lqin tenglamalari deyiladi. Tabiatdagi to‘lqinlarning hech bir istisnosiz, barcha-barchasi, okean suvlari to‘lqinlaridan tortib zilzilalarning seysmik to‘lqinlarigacha, hamda olis galaktikalardan kelayotgan radioto‘lqinlar ham aynan to‘lqin tenglamalari orqali ifodalanadi.
  • Biz bu izohni keltirishimizdan maqsad, subatom olamiga taalluqli fizik hodisalarni, shu jumladan, kvant dunyosidagi to‘lqinlar tabiatini ifodalamoqchi bo‘lsak, ular uchun ham o‘ziga xos to‘lqin tenglamalari zarur bo‘lishini tushuntirishdir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin