116
F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to‘g‘risidagi g‘oyalar
katta o‘rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bosqichga: badaviylik, cho‘ponlik,
dehqonchilik,
dehqonchilik-manufaktura, dehqonchilik - manufaktura — savdo
bosqichlarig‘a bo‘ladi. Bunday bo‘lishdan kuzatilgan
maqsad Germaniyada
sanoatning o‘sishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan
— qishloq xo‘jaligining
ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan
iborat edi.
F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy
rivojlanishi va savdo
siyosati atrofidag‘i qizg‘in tortishuvlarda alohida o‘rin egallab, nemis iqtisodiy
fikriga katta ta’sir ko‘rsatdi. F.List o‘zining g‘oyalarini
rivojlantirar ekan,
Germaniyaning gullab-yashnashi sanoat taraqqiyoti orqali bo‘lishi mumkinligini va
shuning uchun uni chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini ko‘rsatadi.
Ushbu asar o‘z davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizg‘in
qabul qilinib, katta
qiziqish bilan o‘qildi.
U faqatgina qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan millat bir qo‘l
bilan mehnat
qiladigan kishi kabidir, deydi. Davlat sistemasidagi
tadbirlar milliy ish-lab
chiqarishni chet el raqobatidan to o‘zini tiklab olguncha va teng raqobatdosh
bo‘lguncha himoya qilishi kerak deyiladi. Er-kin savdoni
amalga oshirishni esa u
keyinroq, ya’ni hamma millatlar bir xil rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni
tavsiya qiladi. Hozirgi. davrga kelib Listning bunday qarashlarining ayrimlari dolzarb
bo‘lib, hayotda o‘z o‘rnini topmoqda. Chunki ularning oldida jahon bozorida
hukmronlik qilayotgan rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi sharoitida o‘z
sanoatlarini himoya qilish vazifasi turibdi.
14
Dostları ilə paylaş: