112
Klassik iqtisodiyotning poydevori qiymatning
mehnat nazariyasi asosida
qurilgan. Bu ta’limot daromatlarni taqsimlash nazariyasiga ham asos deb qaralgan.
Bu maktab birinchi marta o‘sha davrdagi ilg‘or burjua jamiyatining sinfiy tuzilishini
to‘g‘ri yoritib berdi, kapitalistlar, yer egalari va yollanma
ishchilarning daromad
manbalari ochib berildi (ish haqi). Daromadlar o‘rtasida qarama-qarshilik yo‘q deb
qaraldi.
A.Smit o‘z asarida iqtisodiyot fanini har tomonlama to‘la tahlil etib, hozirgi
davr tili bilan aytganda bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish tamoyillarini to‘g‘ri
ko‘rsatib berdi. Ular ta’limotining mohiyati qisqacha quyidagilardan iborat: 1. Tanlov
va
tadbirkorlik erkinligi; 2. Baholarning erkinligi (ya’ni bahoning bozorda talab va
taklif asosida shakllanishi); 3. Erkin raqobat; 4. Mulk shakllarining turli
- tumanligi
va ularning qonun oldida baravarligi (ya’ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa
mulklarning hayotiyligi); 5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam
aralashuvi.
Klassik (mumtoz) maktab vakillari inson xohishiga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv
iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunda iqtisod tizimida tabiiy
turg‘unlikni ta’minlashga, o‘z-o‘zini boshqarishga qodir ekanligi tan olinadi. Shu
sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-
sotiq qo‘llaniladi. «Ko‘rinmas qo‘l» yordamida iqtisodiyot avtomatik ravishda erkin
bozor munosabatlari doimo rivojlanish qobiliyatiga egadir (ammo bu fikr J.M.Keyns
tomonidan rad etiladi).
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to‘g‘ri ko‘rib
chiqilgan. Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo‘lgan qiymat, pul, foyda, baho,
ish haqi,renta, kapital va boshqalarga asosan to‘la va to‘g‘ri ta’rif berilgan.
Yangi
jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bekamu-ko‘st
emasligi, uning jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan.
Dars yakunida o‘qituvchi talabalarni mashg‘ulot davomida bergan javoblari,
tartibi, gurux bo‘lib ishlashi, bir-birlarini fikrini xurmat
qilishi va tingay olishlari
hisobga olib qo‘ygan ballarini eshittiradi.
Dostları ilə paylaş: