109
A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan (bir xil
mehnat, toliqish…) Manufakturadagi mehnat taqsimoti va endigina rivojlanib
kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi.
Smit tovar
dunyosida pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini
ko‘rsatib berdi. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan
alohida ta’kidlaydi.
Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo‘lib, iqtisodiy
jarayenlarni yengillashtiradi, uni «muomalaning buyuk g‘ildiragi» deb baholaydi.
A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettining nazariyasiga nisbatan ancha
chuqur va to‘laroq ishlab chiqdi. A.Smit
qiymatni daromad bilan ham
tenglashtirishga uringan. U aytadiki, ish haqi, foyda va renta har qanday
daromadning, xuddi shuningdek har qanday almashuv
qiymatining dastlabki uch
manbaidir.
Demak, Smit kapitalizmiga xos yana bir qiymat- daromad nazariyasini o‘ylab
topdi, bu yerda daromad ish haqi darajasi, foyda, renta bilan aniqlanadi. qiymatni
daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning mehnat nazariyasiga qarama -
qarshidir.
Daromadlar to‘g‘risidagi ta’limot. A.Smit jamiyat a’zolarining
ishlab chiqarish
vositalariga bo‘lgan munosabatlariga ko‘ra uch sinfni ajratib berdi: ishchilar,
kapitalistlar va yer egalari. Har bir sinf o‘zining asosiy daromadini: ishchilar, ish
hakini, kapitalistlar foydani, yer egalari esa rentani oladilar. Ular o‘rtasida
nomuvofiqlik yo‘q.
Ish haqi, ya’ni ishchining daromadi Smitning fikri bo‘yicha
mehnat mahsuloti bo‘lib, mehnat uchun to‘lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy takror
ishlab chiqarishda ham mehnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab chiqaruvchi bilan
yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. U oddiy takror ishlab chiqarishda
«ish haqi» ishchining butun mehnat mahsulotiga teng.
Smit ta’limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo‘q, u kapitalist va ishchi
o‘rtasidagi munosabatda ishchi kuchi sotilishi jarayonini tushunmagan.
Ammo ish
hakining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi kuchining qiymatidan
foydalangan, ish haqining miqdori to‘g‘risida gap borganda esa tirikchilik harajatlari
qiymati hisobga olinishi kerak, deydi. Smit foyda normasi va protsent (foiz)ning past
darajasini iqtisodiy rivojlanish va «Millatning ravnaqi» ko‘rsatkichi deb harakterladi,
ammo foyda normasining pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi.
Dostları ilə paylaş: