Aholini ijtimoiy muxofaza qilish tushunchasining mohiyati va uning xususiyatlari



Yüklə 21,24 Kb.
səhifə1/3
tarix12.07.2023
ölçüsü21,24 Kb.
#136447
  1   2   3
AHOLINI IJTIMOIY MUXOFAZA QILISH TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA UNING


AHOLINI IJTIMOIY MUXOFAZA QILISH TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA UNING XUSUSIYATLARI
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish keksalik, mehnat qobiliyatini yoki boquvchisini yo’qotishdan sug’urta tizimi (pensiya ta‘minoti, shu jumladan, xususiy pensiya ta‘minoti), kam ta‘minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalarga nafaqalar), vaqtincha ishlamayotganlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash (ishsizlik bo’yicha nafaqa), aholining ayrim toifalariga ularning moddiy ta‘minoti va xizmatlarini hisobga olib imtiyoz va afzalliklar berish (patronaj xizmatlar shaklidagi ijtimoiy yordam, oziq-ovqat, yonilg’i berish va boshqalar), onalikni muhofaza qilish (tug’ishdan oldingi va tug’ishdan keyingi ta‘tillarni berish), sog’liqni sug’urta qildirish (tibbiy sug’urta, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasi), o’quvchi yoshlarni moddiy qo’llab-quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash (nogironlarni reabilitatsiya qilish, protez-ortopediya markazlari) orqali ta‘minlanadi.
Davlat aholini ijtimoiy muhofaza qilish darajasini qonunchilik va qonun asosidagi xujjatlar orqali boshqaradi, tirikchilik qilish uchun zarur minimum darajasini belgilaydi va uni nazarda tutib, mehnatga to’lanadigan haqning eng kam miqdorini, ijtimoiy to’lovlarni, sug’urta badallarini va ijtimoiy yordam (imtiyozlar) turlarini belgilaydi, ijtimoiy muhofaza sohasidagi xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ammo, davlatning aholini ijtimoiy muhofaza qilish darajasini boshqarishdagi eng ta‘sirli roli qo’shimcha ish joylarini, shu jumladan, nogironlar uchun ham ish joylarini tashkil etish, aholiga kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malaka darajasini oshirishdagi yordamini rag’batlantirishdadir.
Ijtimoiy muhofaza tizimi turmush darajasining to’la qashshoqlanishigacha pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltirilganligini hisobga olib, *kambag’allik* tushunchasi kiritiladi, kambag’allik chegarasi va undan kelib chiqib, ijtimoiy yordamga *muhtojlik* mezoni aniqlanadi.
Kambag’allik - turmush darajasining jamiyatda umuman ustun bo’lgan standartdan pasayib ketishi sifatida belgilanadi. Kambag’allik chegarasi zamon va makonga ko’ra o’zgarib turadi. Kambag’allikning quyi chegarasi (mutloq kambag’allik) deganda insonning bundan keyin yashay olmaydigan darajasi tushuniladi. Bu chegara boshqarilmaydi.
Kambag’allikning yuqori chegarasi - (nisbatan kambag’allik) umuman muayyan aniq jamiyatdagi o’rtacha turmush darajasidan oshmaydigan daraja hisoblanadi. Bu chegara davlat tomonidan belgilanishi va boshqarilishi mumkin.
Mutloq va nisbatan kambag’allik o’rtasidagi farq aholining ijtimoiy muhofazalanganlik darajasini belgilaydi, ya‘ni bu oraliq qanchalik katta bo’lsa, jamiyat ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ma‘noda shunchalik farovon bo’ladi. Demak, nisbatan kambag’allik davlat tomonidan rasmiy belgilangan minimal turmush kechirish uchun zarur darajani ifodalaydi.
Muhtojlik - bu asosiy ehtiyojlarni qondirishdagi zaruriyatdir. Ijtimoiy muhofaza nuqtai nazaridan muhtojlik aniq bir shaxs daromadlarini kambag’allik darajasidan davlat tomonidan rasmiy belgilanadigan tirikchilik qilish uchun zarur darajaga yetkazish lozimligini nazarda tutadi. Muhtojlikni qondirish ijtimoiy yordamning har xil turlari majmui bilan ta‘minlanadi.
Barcha ijtimoiy yordam turlarining yig’indisi shaxsiy daromadlarni hisobga olgan holda rasmiy belgilangan tirikchilik qilish uchun zarur minimumdan oshib ham ketmasligi, kam ham bo’lmasligi kerak. Bu shartga rioya qilmaslik boqimandalikning avj olishi yoki ijtimoiy muhofaza tushunchasini kamsitishga olib keladi.
Ijtimoiy muhofaza turlari, shuningdek, moddiy madad miqdorlari joydagi ekologik muhit, qishloq xo’jaligi va sanoat bilan aloqani hisobga olib belgilanadi. Bunday madadni berish tartibi va uning miqdori boqimandalikning rivojlanishiga olib kelmasligi kerak.
Aholini ijtimoiy muhofazalash tizimi, uni rivojlantirish istiqbollari va qaror topish bosqichlarini shakllantirishda demografik vaziyatning aholini va mumkin bo’lgan o’zgarishlarni ham nazarda tutish kerak. Masalan, O’zbekistondagi demografik vaziyatning o’ziga xosligi shundan iboratki, bu yerda aholining yarmidan ko’prog’i mehnatga layoqatsiz hisoblanadi. Ammo, sobiq ittifoqning Yevropa qismidagi mamlakatlardan farq qilib, O’zbekistondagi mehnatga layoqatsiz aholining 60 foizga yaqinini bolalar tashkil qiladi, ya‘ni 9,5 millionga yaqin kishi mehnat qilish yoshiga yetmagan va bunda aholining tabiiy o’sishining yuqori sur‘ati saqlanib turibdi.
Mehnatga layoqatli yoshga yetmagan aholini ijtimoiy muhofazalash shaxsning bozor sharoitlariga moslashish imkonini normal jismoniy hamda ma‘naviy rivojlanishini ta‘minlashi kerak.
Ijtimoiy muhofazaning asosiy tamoyili - har bir individga yoki oilaga yordamni faqat ularning daromadi, farovonlik darajasi, ijtimoiy foydali mehnat sifati va davomiyligini baholash asosida ko’rsatishdir. Tizim kambag’allik chegarasidan tashqarida yashovchilarni qo’llab-quvvatlashi, ularga yordam ko’rsatishi va ayni payt fuqarolikning keksayganda va mehnat qobiliyatini yo’qotganda o’z ijmtioiy muhofazalarini ta‘minlashga intilishlarini rag’batlantirishi kerak.
Ijtimoiy muhofazaning asosiy iste‘molchilari O’zbekistonda mehnatga layoqatsiz fuqarolar hisoblanadi. Bu fuqorolar o’z navbatida ikki asosiy guruhni tashkil qiladi - ijmtioiy foydali mehnat qilish qobiliyatini yo’qotgan shaxslar va mehnat qilish yoshiga yetmagan shaxslar. Shunga ko’ra, ijtimoiy yordamni ikki asosiy turga ajratish maqsadga muvofiqdir:
pensiya ko’rinishidagi yordam;
nafaqa ko’rinishidagi yordam.
Katta yoshlilar, nogironlar va boquvchisini yo’qotganlarni ijtimoiy muhofazalash tizimidа pensiya ta‘minoti asosiy bo’g’in hisoblanadi. U bir necha vazifani bajaradi, ularning eng muhimi mehnat qobiliyatini yo’qotganlikdagi kompensatsiyadir.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi jamiyat sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish, savdo sohasi va boshqalardagi davlat, kooperativ va xususiy sektorni rivojlantirishdagi mehnat ulushining bevosita natijasi sifatida pensiya vazifasini asosiy vaziflar qatoriga kiritadi.
Pensiya ta‘minoti tizimi pensiya yoshini oshirish, nogironlikni reabilitatsiya qilishga intilish, shikastlanish va kasbiy kasallanishni kamaytirishga intilishni rag’batlantirishi kerak. Pensiya ta‘minotining miqdori mehnatning davomiyligi va intensivligiga bog’liq bo’lishi kerak. Vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganlik bo’yicha nafaqa kasallanish sabablarini aniqlashi kerak. Qo’shimcha yordam ko’rsatish kasallikning og’irligi va uni davolash xarajatlarini hisobga oladigan mexanizmlar ishlab chiqishni amalga oshirish zarur.
Ijtimoiy muhofazaning sog’liqni muhofaza qilish munosabatidagi islohoti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida amalga oshirilishi va bosqichma-bosqich joriy etiladigan sug’urtali tibbiyotga o’tishni nazarda tutishi kerak. Sug’urtali tibbiyotning joriy etilishi davlat tomonidan mablag’ bilan ta‘minlanadigan hamda mustasnosiz barcha turdagi tibbiy xizmatlar ko’rsatadigan davlat sog’liqni saqlash xizmati mavjud bo’lishini inkor etmasligi kerak. Bu xizmatning mavjud bo’lishi eng nochor aholi qatlamini ma‘lum darajada muhofazalash imkonini beradi.
Kambag’allik butun jamiyatda ustun deb belgilangan standartdan past turmush darajasi sifatida aniqlanadi.
Mutlaq va nisbatan kambag’allik o’rtasidagi farq aholining ijtimoiy muhofazalanganlik darajasini belgilaydi, ya‘ni bu oraliq qancha katta bo’lsa, jamiyatning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayoti shunchalik farovon bo’ladi. Demak, nisbatan kambag’allik bu davlat tomonidan rasmiy belgilangan tirikchilik qilish uchun zarurat darajasini anglatadi.
Muhtojlik-bu asosiy ehtiyojlarni qondirishdagi zaruriylikdir.



Yüklə 21,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin