L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Uinchi gurux uchun tarqatma material.Unumli va unumsiz mehnat



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Uinchi gurux uchun tarqatma material.Unumli va unumsiz mehnat 
to‘g‘risidagi ta’limot. 
Smitda bu masala ancha mukammal tahlil etilgan. 
Fiziokratlarda qiymatning manbai u yoki bu konkret mehnat shakllari emas, qaysi 
sohada bo‘lishining farqi yo‘q, balki umuman mehnat ekanligini ko‘rsatib berdi. 
Smitning fikricha, qiymat foyda umumiy ijtimoiy mehnat bilan yaratiladi.
Avvalo kapitalga almashuvni, ya’ni foyda yaratuvchi mehnat unumli deb e’lon 
qilinadi, maqsadidan qat’iy nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati unumsiz 
mehnat harajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mehnatning farqi shundaki
birinchisi kapitalga almashtiriladi. 
Tovarda o‘z aksini topgan mehnat unumli, xizmat sohalari unumsiz mehnat 
bo‘lib chiqadi (marjinalizmda boshqacha fikr). Smitning tasdiqlashicha davlat 
daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni ta’minlash uchun sarf bo‘ladi, 


 
110 
shu sababli jamiyatda bunday guruhlar imkoni boricha kam bo‘lishi kerak, deydi, 
ya’ni u arzon davlat tarafdori bo‘lgan, bunga qo‘shilish mumkin. 
A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni 
asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik 
ta’minlashni, davlatning iqtisodiy hayetga aralashmasligini ta’rifladi, ammo 
mamlakat xavfsizligi iqtisodiyotdan ustun, deyiladi. 
Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat 
tomonidan cheklashlar, soliq,bojxona va boshqalar), tashqi savdodagi har qanday 
cheklashlarga qarshi edi, demak erkin iqtisodiyotni qo‘llaydi.
Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 
quyidagi uch omilni ko‘rsatib bergan edi: 1. Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik 
bo‘lishi va saqlanishi. 2. Me’yoridagi yengil soliqlar tizimi. 3. Davlat iqtisodiyot 
ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga 
oshaveradi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin